|
Lyuftomer-dinamometrni rul chambaragiga o'rnatish: 1,4-Bog'liq Avtomobil transporti ekspluatatsiyasiLyuftomer-dinamometrni rul chambaragiga o'rnatish: 1,4-
qisqichlar; 2-ko'rsatkich; 3-shkala; 5-shtok
Erkin yurish yo'li o'rta hisobda 10
° dan
oshmasligi kerak. Agarda bundan ortiq bo'lsa,
mexanizmdagi bo'ylama va tishlardagi ilashish
tirqishlari sozlanadi.
Chervyak-rolik, vint-gayka, reyka-tishli sektor
tuzilishidagi rul mexanizmlari uchun ikki turdagi
sozlash mavjud bo'lib, ular val vinti podshipnigining
o'q bo'ylab siljishi va ilashma tirqishini sozlash
hisoblanadi.
O'qning bo'ylama siljishini sozlash uchun rul
chambaragi o'q bo'ylab oldinga tortib ko'riladi. Agar
siljish sezilsa, uni zichlagichlar sonini(2.60a-rasm)
kamaytirish yo'li bilan sozlanadi.
Chervyakning rolik bilan ilashish tirqishini sozlash uchun chegaralovchi gayka
bo'shatiladi va buragich yordamida sozlovchi vint orqali tirqish sozlanadi. Bu, o'z
navbatida rul chambaragining erkin yurish yo'li me'yoriy qiymatga ega bo'lishini
ta'minlaydi.
Reykali rul mexanizmlarida reyka va vint tishlari orasidagi tirqish sozlanadi.
Buning uchun chegaralovchi gayka bo'shatilib, sozlovchi tiqin qotiriladi. So'ngra rul
chambaragining erkin aylanishi va salt yurish yo'li tekshiriladi.
Rul boshqarmasi tortqilarining texnik holatini aniqlash uchun rul chambaragi o'ng
va chapga aylantirib, tortqining sharli barmog'i holati tekshiriladi. Agar barmoq erkin
harakatlansa yoki birikmalarda liqillash sezilsa, yengil avtomobillarda sharli torqilar
rostlanmasdan yangisiga almashtiriladi. Yuk avtomobillari va avtobuslarda hamda tortqini
tuzilishida sharli barmoqning holatini sozlash nazarda tutilgan bo'lsa, sharli barmoqning
erkin harakatlanishi yo'qotiladi(rastlanadi). Buning uchun sozlovchi tiqin shplinti olinadi,
so'ng mahsus buragich bilan tiqin oxirigacha buraladi va shplint to'g'ri kelguncha orqaga
qaytarilib, shplint joyiga tiqiladi.
|
| |