106
1971 yil 1 yanvardan joriy etilgan GOST 16533-70 benzinli dvigatellarni ishlashi
natijasida ajralib chiqadigan chiqindi gazlarning tarkibidagi SO ni hajmini chegaralaydi.
GOST 21393-75 esa dizel dvigatellaridan chiqadigan gazlarni tu-tashini cheklaydi,
1980 yil GOST 16533-70 o'rniga yangi davlat standarti 17.2.2.03-77 joriy qilindi, bu ham
benzinli dvigatellarni chiqindi gazlaridagi SO ni hajmini cheklaydi. Bu standart benzinda
ishlaydigan yuk tashuvchi avtomobillarga, yengil avtomobillarga va avtobuslarga
ta'luqlidir.
Yangi GOST ga asosan SO ning hajmi hamma avtomobillar uchun 1,5% dan
oshmasligi kerak va chiqindi gazlarning tarkibidagi SO ni tekshirish, aholisi 300 mingdan
oshiq, hamda poytaxt shaharlarda, kurortlarda 2-TXK o'tkazilganda,
avtomobilni
ta'mirlashdan keyin, texnik qarov o'tkazilayotganda DAN hodimlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Chiqindi gazlarni zararliligini tekshirilayotganda avtomobilni qo'zg'alishidan oldin
dvigatelni ko'rsatmaga muvofiq qizdirish kerak. Keyin esa dvigatelni salt yurishida
namuna oluvchi trubkani, avtomobil glushiteli ichiga 300 mm kirgazib, qotirib qo'yilishi
lozim.
O'lchovchi asbob ko'rsatishi 0 dan 5 % gacha yoki 0 dan 10 % gacha bo'lishi,
hatolik esa
±5% dan oshmasligi kerak. O'lchovchi asboblar ma'lum vaqtlardan keyin
davlat nazoratidan o'tishi va shu haqidagi belgiga ega bo'lishi kerak.
Hisob kitoblarga ko'ra agar GOST 17.2.2.03-77 ga amal qilinsa chi-qindi gazlar
tarkibidagi SO 20% ga kamayishi mumkin,hamda benzin sarfi juda ham kamayadi.
Hamma ATK larida chiqindi gazlar
tarkibini aniqlovchi postlar, tashkil qilinishi
kerak. TXKS larda esa shaxsiy avtomobil egalariga talon berilishi lozim. Bu talonda
chiqindi gazlar me'yoridan yuqori emasligi qayd qilinishi zarur.
3.Avtomobillarda ishlashi natijasida chiqadigan zaharli gazlar bilan bir qatorda,
undan chiqadigan shovqin ham kishi organizmiga ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi keltirilgan
jadvalda ko'pincha uchraydigan shovqin balandliklari ko'rsatilgan.
Tovush manbai
Balandligi, db
Samalyot dvigateli, 5m masofada
Zavod
shovqinlari
Orkestr,metroda
Mashinkada yozuvchi tashkilot (mashbyuro)
Shovqinli ko'chalar
Soat ishlashi,50sm masofada
Barglarning shovqini
116
200-100
80
60-80
60-90 va yuqori
30
10
Shovqin balandligi ko'tarilishi bilan, unda odamlarning ishlash muddati keskin
kamayadi. Agar shovqin balandligi 90 DB bo'lsa, unda odam 8 soat ishlashi mumkin.
Shovqin balandligi har 5 DB ga ortishi bilan unda odamlarning ishlashi 2 barobar kamaya
boradi.
107
115 DB shovqinda odam 15 min bo'lishi mumkin. Agarda shovqin 140 DB ga
yetsa, bu inson uchun havfli hisoblanadi va odam qulog'ida og'riq paydo bo'ladi, hamda
jarohatlanishi mumkin va ishlash taqiqlanadi.
Avtomobillarni shovqini natijasida asosan, haydovchining
ish qobiliyati susayadi,
reaksiya vaqti ko'payadi, hamda yo'l transport hodisalari sodir bo'lishi mumkin.
Qattiq shovqin odam organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, boshi og'riydi va aylanadi,
ko'z qorachig'i kengayadi, yurak urishi tezlashadi, nerv sistemasi ishdan chiqadi va
hokazo.
Izlanishlar shuni ko'rsatdiki 88 DB shovqinda (LiAZ-677 avtobusi kabinasida)
haydovchining fikrlash qobiliyati 10% ga, agar 95 DB bo'lsa 20% ga kamayadi.
Avtomobillarning asosiy shovqin chiqarish manbai dvigatel va glushitel
hisoblanadi, keyingi manba shinalarning ishlashi hisoblanadi.
Shinaga tushadigan yuk
oshgan sari shovqin ham balandlashib boradi.
Avtomobillardan chiqadigan shovqinni kamaytirish asosan ularning dvigatellarini
takomillashtirishdan iboratdir. BMTni Yevropa komissiyasi shovqini 82 - 92 dB dan kam
bo'lgan avtomobillarni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishni taklif qiladi.
Masalan, Angliyada shovqini 85 - 92 dB bo'lgan yuk tashish avtomobillaridan
foydalanishga ruxsat berilmagan. Bunda yuqori shkala yuk ko'tarish qobiliyati 12 t
bo'lgan avtomobillarga tegishlidir.
Yaponiyada esa 1971 yildan boshlab yuk tashuvchi avtomobillarga 80dB, yengil
avtomobillarga 70 db me'yor joriy qilingan.
AqSH da yuk tashuvchi avtomobillar uchun 86 dB me'yor qo'yilgan.
Avtomobil ishlab chiqarish zavodlari, keyingi vaqtda
dvigatellardagi yonish
protsessini tokomillashtirgan, chiqarish tizimida 2 - 3 bosqichli glushitellar qo'ygan holda,
yuqoridagi muammolarni yenga boshladilar.
Hozirgi vaqtda, haydovchilar ish qobiliyatiga zarar yetkasmaslik uchun, ko'pgina
avtobuslarning dvigateli orqa tomonga o'rnatila boshlandi. Bu sharoitda haydovchiga 8-
10 DB shovqin kamroq ta'sir ko'rsatadi.
Hammaga ma'lumki shaharda avtomobillar harakati asosiy shovqin mabaidir.
Shuning uchun hozirgi vaqtda binolar qurish, yo'lni bo'laklarga bo'lish ishlari ham davlat
standartlariga muvofiq bajarilmog'i kerak.
Shunday qilib dvigatelni avtomobilda joylashishini ratsional hal qilish, kapot osti
bo'shlig'ini shovqin yutgich materiallar bilan qoplash, hamda
avtomobil agregatlari va
tizimlarini takomillashtirish yo'li bilan shovqinni kamaytirish mumkin ekan.
Tutash darajasini kamaytirish maxsus qo'shimchalar va neytraliza-torlar yordamida
amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda tutash darajasini o'lchash uchun quyidagi dimomerlar
ishlatiladi: UFMD-1P va SIDA-107 MDX da, MK - 3 Angliyada, hamda DRM - 2
Vengriyada ishlab chiqarilgan.