104
16-MAVZU
AVTOMOBIL TRANSPORTINI ATROF MUHITGA, AHOLIGA VA
ISHLOVCHILARGA ME'YORIY TA'SIRINI TA'MINLASH
REJA
1. Avtomobil tarsportini ekologikligi haqida tushuncha. Avtomobil transportini
aholiga, ishlovchilarga va atrof muhitga zararli ta'siri.
2. ATK da avtomobillarni chiqindi gazlarini zararligini
kamaytirish borasidagi
ishlarni tashkil qilish.
3. Shovqin. Shovqinning insonga ta'siri. Avtomobillar texnik holatining shovqin
darajasiga ta'siri. Shovqinni me'yorga keltirish usullari.
Adabiyotlar
1.Автомобиллар техник эксплуатацияси. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус
таълим вазирлиги автотранспорт олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик сифатида тавсия
этган. Проф. Сидиқназаров Қ.М. умумий таҳрири остида, Тошкент “VORIS-NASHRIYOT”, 2008.
– 560 б.
2. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.
3. Sidiqnazarov Q.M., Magdiyev SH.P. Transport vositalarining texnik
ekspluatatsiyasi fani
bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo'llanmalar to'plami. TAYI, ATE kafedrasi, 2008 y.
1.Har qanday yonilg'ini yoqqanda, har xil yonish chiqindilari ajralib chiqadi. Bu
chiqindilar kishi salomatligiga va atrof muhitga katta ta'sir ko'rsatadi. Shahardagi
zavodlar, fabrikalar va avtotransport korxonalari atrof muhitni ifloslantiruvchi asosiy
manbalardir. Agarda zavod va fabrikalar bir aniq joyda joylashib, shu yerni ifloslantirsa,
avtomobillar esa qayerda ishlasa o'sha yerda ta'sir ko'rsatadi.
Avtomobil transporti,
hozirgi vaqtda zavod va fabrikalarga qaraganda, atrof muhitni ko'proq ifloslantiruvchi
hisoblanmoqda.
Hozirgi vaqtdagi eng katta muammo avtomobilni ishlatishdan chiqadigan zaharli
chiqindilarni kamaytirishdan iboratdir.
Avtomobil chiqaradigan asosiy zararli chiqindilar, hozirgi vaqtda yonilg'i
yonishidan hosil bo'ladigan gazda 200 dan ortiq zaharli chiqindilar borligi aniqlandi. Eng
zaharlilariga: uglerod oksidi-SO, yonmay qolgan uglevodorodlar - SN, azot oksidi - NOx
lari kiradi.
Bu
chiqindilarga, ko'pgina mamlakatlar tomonidan ruxsat etish me'yorlari joriy
qilingan.
Mamlakatimizda yonilg'ini yonishidan chiqadigan chiqindilarni me'yorlash
BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan chiqarilgan ko'rsatmasiga asosan
1970 yili joriy qilindi. (YEEKOON).
Chiqindi gazlar ichida zararsiz mahsulotlar ham bor: kislorod, karbonat angidrid,
azot, oltingugurt. Ammo azot yuqori haroratda va bosim
ostida oksid hosil qiladi, bu
oksid juda katta zaharli kuchga egadir. Chiqindi gazlarning tarkibidagi zaharli
105
mahsulotlar ko'pgina sablarga ko'ra hamma vaqt ham bir xil hajmda bo'lmaydi. Bu
dvigatellar turiga, ishlash rejimi, qanday sozlanganligi, dvigatelni texnik qarovi va
yonilg'ining sifatiga bog'liq bo'ladi.
Avtomobildan
chiqadigan
zaharli chiqindilar
Yonish mahsulotlari
Karter gazlari
Ta'minlash tizimi
Benzobakdan
Karburatordan
Yonilg'i bilan to'ldirilayotganda
Dizel dvigatel, korbyuratorli dvigatelga qaraganda kamroq zararli bo'ladi. SO, NOx
va SN dizel dvigatellarini ishlashida kamroq ajralib chiqadi, ammo qurumning hajmi
ko'proq bo'ladi. Buni quyidagi jadvalda ko'rish mumkin.
Kompleks ko'rsatgich chiqindi gazlarini neytrallash uchun qancha hajmda toza
havo zarurligini ko'rsatadi. quyidagi jadvalga asosan dizel
dvigatellari korbyuratorli
dvigatellarga qaraganda ancha zararsiz ekanligini ko'rish mumkin (33% kamroq zararli).
Chiqindi gazlar tarkibi quyida ko'rganimizdek 2 xil dvigatel uchun bir xil, ammo biz
karburatorli dvigatellarda qo'rg'oshin birikmasi va dizel dvigatellarda bariy birikmasi
borligini e'tibordan chiqarmasligimiz zarur.
Bu birikmalar quyidagicha hosil bo'ladi:
- benzinlarni antidetanatsion xossasini oshirish uchun etil spirt qo'shish natijasida
(bu spirtda qo'rg'oshin bor),
- dizel yonilg'isini tutashini kamaytirish uchun
tutunga qarshi maxsus bariy
moddasi qo'shiladi va u dvigatelni ishlash sharoitida chiqindi gazlarning zararli bo'lishida
katta rol o'ynaydi.