59
Transmissiyani diagnostika qilishning oddiy usuli K-428
asbobi yordamida
yetaklovchi ko'prik, kardan vali va uzatmalar qutisidagi aylana lyuftlar yig'indisi
hisoblanadi. Asbob qamrovchi skobali dinamometrik qurilmadan(2) va uni tashkil etuvchi
qo'zg'aluvchan(4)
hamda
qo'zg'almas(3)
jag'lardan
iborat.
Qamrovchi
skoba
tekshirilayotgan yarim o'qqa yoki kardan valiga kiydiriladi, so'ng qo'zg'aluvchan jag'ni
chervyak yordamida surib agregat detaliga mahkamlanadi.
Lyuftni aniqlash uchun dasta(1) kuch bilan buraladi va prujinali tovush daraklagich
ovoz chiqargach, o'lchagich strelkasi tomonidan lyuft qayd kilinadi. O'lchagich shkalasini
ixtiyoriy burchakka burish mumkin. Shuning uchun, o'lchash ishlarini bajarishdan avval,
tekshirilayotgan agregatga o'rnatilgan asbob strelkasi no'lga keltirilishi zarur.