39
avtomobil tekis maydonda turganda, dvigatel ishlashdan to'xagandan keyin 3-5 daqiqa
o'tgandan so'ng tekshiriladi. Dvigateldagi moy sifati mexanik aralashma va yonilg'i
miqdori (me'yori) ga qarab aniqlanadi. Moy iflosligini avvalambor, moy o'lchovchi shup
bilan, rangi va tiniqligiga qarab ham aniqlash mumkin. Agar shunda moyning qoramtir va
qora
rangdaligi aniqlansa, bunday moyni almashtirish zarur. Dvigateldagi moyni
almashtirish (uni ishlash vaqtiga, detallarning yeyilish darajasiga, moy sifatiga, yo'l va
iqlim toifasiga bog'liq bo'lib) 1.5 dan 10 ming
/km gacha masofani yurib o'tgandan keyin
bajariladi. Hozirda xorijiy firmalar (SHELL, MOBIL, KOSTROLL, TEKSAKO va h.k.)
tomonidan ishlab chiqarilayotgan moylarning resurslari 10-50 ming km. ni tashkil etadi.
Moyni dvigatel qizigan vaqtda almashtirish tavsiya etiladi. Ishlatib bo'lingan moy
dvigateldan to'kib yuborilgandan so'ng, moylash tizimi kam qovushqoqligi vereten moyi,
dizel yonilg'isi hamda dizel yonilg'isi bor moy aralashmasi yoki 90%
uayt spirti hamda
10% atsetonli yuvish aralashmasi bilan yuviladi. Dvigatel karteriga (moylash tizimining
sig'imiga bog'liq holda) 2,5-3,5l yuvish suyuqligi quyiladi, dvigatel yurgizilib, uni tirsakli
valning minimal (600-800 ob
/min) aylanishda salt holatda 4 va 5 daqiqa ishlab bo'lgandan
so'ng, yuvish suyuqligi to'kib yuboriladi va yangi moy quyiladi.
Eslatma: YAMZ-236, YAMZ-238, KamAZ-740, NEXIA, DAMAS va boshqa
turdagi dvigatellarining karterlariga 6l dizel moyi va 10l dizel yonilg'isi
konsentratsiyasida aralashma tayyorlanib, bu aralashmasi kerakli miqdorda (karterga
quyiladigan 2
/3 moy xajmida) quyilib, moylash tizimi yuviladi. Maxsus qurilma va yuvish
moyi (industrialnoye-20) yordamida dvigatelning moylash tizimini yuvish yaxshi samara
beradi.
Moylash tizimi, dvigatel salt ishlaganda yuviladi. Bu qurilmada mayin tozalash
filtri mavjuddir. Yuvish moyi bir necha marta (filtrdan o'tkazib) tozalangandan so'ng,
kelgusida foydalanish mumkin. Moylash tizimi 6-10 ming km masofani yurgandan so'ng
(navbatdagi 2-TXK paytida), hamda mavsum almashish paytida, albatta yuviladi. 1-TXK
paytida, mayin moy filtridan (almashuvchi filtrlovchi elementidan) quyqa to'kib
yuboriladi.
Karburatorli dvigatellarda, moy almashtirilganda, filtrlovchi elementlar ham
almashtiriladi. Ma'lum muddatda (5-6 ming km dan so'ng), karterning shamollatish
yo'llarini, detallarining mahkamlanishi, klapanlar va naychalarda quyqaning yo'qligi
tekshiriladi va quyqalar har 10-12 ming km dan so'ng tozalanadi.
Dvigatel karterining
shamollatish yo'llari kirlanib, ifloslanib qolganda, bosim ortib ketadi, natijada karter
salnik (qistirma) laridan moy sizib chiqa boshlaydi.
Dvigatel moyini almashtirishda,
karterning shamollatish tizimidagi havo filtrining korpusi kerosin bilan yuviladi, so'ngra
filtr vannasiga ma'lum ko'rsatilgan sathgacha moy quyiladi.
NEKSIYA turidagi avtomobillarda matordagi moy har 10000 km da yoki 1 yilda 2
marta almashtirib turiladi. TXK davrida doimo moyning satxi nazorat etilib, agarda
moyning satxi "MIN"belgidan pastda bo'lsa, u me'yoriga keltiriladi. Zavod ko'rsatmasiga
muvofiq SG 5W
/30, SAE 10W/30, SAE 10W/40 va SAE 15W/40 turidagi moytor
moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
40
Dvigatelga moy quyishda moy tarqatish moslamasi va jihozlaridan foydalaniladi.
Bunday moslamalar o'rnatilishiga qarab, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas bo'ladi, moy
berish usuliga qarab: pnevmatik va mexanik shuning-dek, uzatmasi turiga qarab, qo'lda va
elektr mexanik, yuritmali va berilayotgan moyning o'lchash turiga qarab, hajmli va tezkor
(skorostnoy) bo'ladi.
Hozirgi paytda, elektr mexanik uzatmali, tezkor, qo'zg'almas
(kolonka) dastgohdan keng foydalanib kelinmoqda.
1-TXK va 2-TXK da moylash ishlari 17 - 30% ni tashkil etib, avtomobilda motor,
transmissiya, industrial, veretyon va surkov moylari, hamda ishchi suyuqliklar ishlatiladi.
Moylash ishlari har bir avtomobil uchun moylash xaritalari asosida bajariladi. Suyuqlik
moylarini taqsimlovchi jihozlarning ishlab chiqarish qobiliyati 10-15 l
/min. ni bosimi
1,5MPa.ni, surkov moylari uchun jihozlarda bosim 10 MPa ni, ishlab chiqarish qobiliyati
200 g
/min. ni tashkil etadi.
Transmissiya, boshqarish va yurish qismlari Litol-24 surkov moyi bilan
(mexanizatsiya va qo'l bilan) moylanadi.
Trasmissiya moylarini almashtirishda 6 - 20 ming km.da karterga 1,5-2
l yuvish
suyuqligi quyiladi va 1,5-2 min ishlatiladi va to'kib tashlanib yangisi quyiladi.
Qaytarish uchun savollar
1. Sovitish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
2. Sovitish tizimini umumiy va sinchkov tashxislash.
3. Sovitish tizimiga TXK ishlari texnologiyasi.
4. Sovitish tizimini JT ishlari texnologiyasi.
5. Moylash tizimini umumiy va sinchkov tashxislash.
6. Avtomobil motori moylash tizimiga TXK ishlari texnologiyasi.
7. Avtomobil motori moylash tizimini JT ishlari texnologiyasi.
8. Motor moyini almashtirish texnologiyasi.
9. Moylash tizimida uchraydigan buzuqlik va nosozliklar ularning alomatlari, kelib chiqish
sabablari
.
10
. Moylash tizimini JT ishlari texnologiyasi.