34
qarab, tayanch bo'yin bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish 0,026
¼0,12 mm, shatun
bo'yin bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish esa 0,026
¼0,11 mm oralig'ida bo'ladi.
Porshen yig'masini silindrga o'rnatish: 1-silindr blokidagi gilza; 2-moslama; 3-porshenning
shatun va halqalar bilan birgalikdagi yig'masi.
O'zak podshipniklarining diametral tirqishini tekshirish: 1-podshipnik qopqog'i, 2-nazorat plastinkasi
Tirsakli val podshipniklaridagi tirqish nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida
aniqlanadi. Moylangan plastinka ichqo'yma va val bo'yni orasiga qo'yiladi hamda
dinamometrik buragich yordamida qopqoq boltlari har bir
dvigatel uchun belgilangan
me'yoriy burovchi moment bilan tortiladi. Agar 0,025 mm li plastinka qo'yilganda tirsakli
val juda bo'sh aylansa, bu holat tirqishning katta ekanligini ko'rsatadi. U holda tirsakli val
bo'yni orasiga qalinligi 0,025 mm bo'lgan moylangan plastinkalar qo'yib borilib, tirsakli
val his qiluvchi kuch bilan aylanadigan bo'lguncha davom
ettiriladi va plastinkaning
qalinligiga qarab, kerakli o'lchamdagi ichqo'yma tanlanadi.
Tirsakli val bo'yinlarining holati tekshirilgach (yuzada yeyilish va tirnalish izlari
bo'lmasligi kerak), tanlangan ichqo'ymalar yuviladi, artiladi va motor moyi bilan moylanib
joyiga o'rnatiladi.
Tirsakli valning o'q bo'yicha siljishini sozlash ishlari ko'p
dvigatellarda tayanch
shaybalarini tanlash yo'li bilan amalga oshiriladi. ZMZ-53 dvigatellarida orqa tayanch
shaybasi va tirsakli val orasidagi tirqish 0,075
¼0,175 mm, ZIL-130
dvigatellarida esa
35
0,075
¼0,245 mm ni tashkil etadi. VAZ dvigatellarida esa, siljish (0,08¼0,23 mm) yarim
shaybalar yordamida sozlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida o'q bo'yicha siljish kattalashib
boradi, shuning uchun JT da shayba va yarim shaybalarning qalinrog'i, ya'ni
keyingi
ta'mirlash o'lchamdagisi qo'yiladi.
Hozirgi vaqtda ko'pgina ATK va TXKS larda maxsus ustaxonalar bo'lib, u yerda
tirsakli va gaz taqsimlovchi vallar ta'mirlanadi. Tirsakli
valning yeyilgan tayanch va
shatun o'rnatuvchi bo'yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo'yinlari silliqlash
jihozlari yordamida ta'mirlash o'lchamlariga keltiriladi. Silliqlashdan so'ng tirsakli va gaz
taqsimlash valining bo'yinlari abraziv lentasi yoki GOI pastasi yordamida tozalanadi. Gaz
taqsimlash valining yeyilgan mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov
beriladi.
Qaytarish uchun savollar
1. Motorni nazorat-qarov va umumiy diagnostika ishlari texnologiyasi.
2. Porshenni yuqori qismi germetikligi bo'yicha diagnozlash
3. KSHM va GTM da
uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish
sabablari.
4. KSHM va GTM bo'yicha bajariladigan TXK ishlarining mazmuni.
5. KSHM va GTM bo'yicha bajariladigan JT ishlarining mazmuni.