• Neksiya dvigatellarining silindr kallaklari gaykalarini mahkamlash ketma-ketligi
  • Dinamometrik kalit: 1-kallakni ornatgich; 2-korsatkich; 3-egiluvchan sterjen; 4-shkala; 5-dastak
  • KSHM va GTM ga texnik xizmat ko'rsatish




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

     
    3.KSHM va GTM ga texnik xizmat ko'rsatish. Dvigatelning buzilishi va unda 
    yuzaga keluvchi nosozliklarning oldini olish maqsadida avtotransport korxonalarida 
    kompleks profilaktik tadbirlar bajariladi. Bu ishlar diagnostikalash, KXK, 1-TXK, 2-TXK 
    va MXK davridagi dvigatel bo'yicha mahkamlash, sozlash va moylash ishlaridir. Shu 
    jumladan, zamonaviy yengil avtomobillar uchun ham davriy servis xizmati ko'rsatish 
    ishlarini bajarishda yuqorida keltirilgan amallar bajariladi. Xizmat ko'rsatish davrida 
    asosiy e'tibor mahkamlash va nazorat-sozlash ishlariga qaratiladi.
    Mahkamlash ishlarini bajarishdan maqsad – dvigatel birikmalari qotirilganligi va 
    jipsligini tekshirishdan iborat (dvigatelning rama tayanchiga, silindr kallagi va karterning 
    silindrlar blokiga va h.k.). Gaz va sovutish suyuqligi sizib chiqmasligi uchun silindr 
    kallagining blokka mahkamlash momenti tekshiriladi. Bu vazifa avtomobillarni ishlab 
    chiqaruvchi zavod ko'rsatmasiga binoan belgilangan ketma-ketlikda(2.12-rasm) bajariladi. 
     
    Neksiya dvigatellarining silindr kallaklari gaykalarini mahkamlash ketma-ketligi 
    Mahkamlash ishlarini bajarishda dinamometrik kalitdan, avtochilangar asboblari 
    to'plamlaridan foydalaniladi. Cho'yan kallaklar issiq holatda, alyumin kallaklar esa sovuq 
    holatda mahkamlanadi. 
    Dinamometrik kalit: 1-kallakni o'rnatgich; 2-ko'rsatkich; 3-egiluvchan sterjen; 4-shkala; 5-dastak 


    31 
    Dvigatellarda KSHM va GTM bo'yicha sozlash ishlari klapan sterjeni-ning yuqori 
    qismi bilan turtkichlar yoki shayin(koromislo)lar oralig'idagi tirqishni sozlash, dvigatel 
    tayanchining rama bilan birikmasini qotirish, silindrlar kallagi va karterni silindr bloki 
    bilan birgalikda qotirish ishlaridan iborat bo'lib, diagnostikalash ishlari natijasiga ko'ra 
    bajariladi. 
    Klapan tirqishlarini sozlash ishlari 2-TXK da yoki zaruratga ko'ra bajarilib, GTM 
    ning ravon ishlashi va silindrlarning yonilg'i aralashmasi bilan to'lishini ta'minlaydi, gaz 
    taqsimlash jarayonini me'yorlaydi, bular, o'z navbatida, dvigatel quvvati va kompressiya 
    oshishiga imkon yaratadi.
    Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexanizmidagi boshqa 
    detallar dvigatelning qizishiga qarab 80
    ¼150°S gacha, klapanlar esa 300¼600°S gacha 
    kiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik tirqishi kamayadi, bu esa detallar issiqlik 
    ta'sirida deformatsiyalanishiga, klapanlarning o'z uyalariga zich o'tirmasligiga olib keladi. 
    Dvigatel ishlaganda, chiqarish klapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik 
    bo'lsa, tarelka o'ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo'ladi, klapan o'rindig'i(egari) 
    yumshab, gazlar chiqib ketishi oqibatida uning yeyilishi tezlashadi. Ikkinchidan, klapanlar 
    yuqori harorat ta'sirida ishlaganda kuchli taqillashlar paydo bo'ladi va gaz taqsimlash 
    mexanizmi detallari jadallik bilan yeyila boshlaydi. Issiqlik tirqishi, odatda, po'lat shchup 
    yordami bilan 20
    ¼25°S haroratda aniqlanadi. 

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish