• Manometrli(a) va ozi yozuvchi(b) kompressometrlar
  • KSHM va GTM lar bo'yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

    2.KSHM va GTM lar bo'yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari. 
    Amaliyot shuni ko'rsatadiki, dvigatel bo'yicha nosozliklar va buzilishlarning asosiy qismi 
    GTM va KSHM zimmasiga tushadi hamda bajariladigan ish hajmining yarmidan ortig'i 
    shu nosozlik va buzilishlarni bartaraf etishga sarflanadi. Ko'rsatilgan mexanizmlarni 
    diagnostikalash dvigatelni bo'laklarga ajratmay bajariladi. 
    Porshenning
    yuqori qismini jipslik bo'yicha diagnostikalash uning kompressiyasi, 
    karterga o'tuvchi gazlar miqdori, moyning kamayishi, kiritish taktida havoning 
    siyraklashuvi, silindrga siqilgan havo yuborilganda uning bosimi pasayishini aniqlashdan 
    iboratdir. 
    Dvigatel 
    kompressiyasini 
    tekshirish 
    akkumulator 
    batareyasi tirsakli valni aylantira oladigan chastotada silindrda 
    hosil bo'ladigan bosimni aniqlashdan iborat. Tekshiruv har bir 
    silindr uchun alohida-alohida kompressometrlar yordamida 
    bajariladi. 
    Dvigatellarning turiga qarab bu ko'rsatkich, karburatorli 
    dvigatellar uchun 0.44
    ¼12 MPa ni, dizel dvigatellari uchun 
    kami bilan 2 MPa ni tashkil qiladi. Kompressiya 
    kompressometr yoki kompressograf yordamida, chaqmoq yoki 
    forsunka o'rnidan aniqlanadi (bu ko'rsatkich me'yordan 30
    ¼40 
    % dan kam bo'lmasligi kerak). 
    Manometrli(a) va o'zi yozuvchi(b) kompressometrlar 
    Siqish takti oxiridagi bosimni yoki kompressiyani dvigatel 70
    ¼80°S gacha 
    qizdirilgach aniqlanadi. Kompressometrning rezinkali konussimon kallagini chaqmoq 
    teshigiga o'rnatib, starter yordamida tirsakli val aylantiriladi va jihozning ko'rsatkichi 
    hisoblanadi. Dizel dvigatellaridagi kompressor 80
    °S haroratda, 450¼550 ayl/min 
    tezlikda, salt yurishda, har bir silindr uchun aniqlanadi. Kompressometr tekshirilayotgan 
    dizel dvigatel silindrining forsunkasi o'rniga qo'yiladi.
    Silindrlar yaxshi ishlayotganligini aniqlash uchun, ular navbatma navbat o'chiriladi 
    va har gal tirsakli valning aylanishlar soni o'lchanadi. Agar silindr o'chirilganda 
    aylanishlar soni o'zgarmasa, bu holat silindrning ishlamayotganligini ko'rsatadi. 
    Moyning kamayishini tekshirish uchun avtomobilni ekspluatatsiya qilish davrida 
    moy sathi me'yorigacha to'ldiriladi. Moyning kamayishi porshen halqalar yeyilishi va 
    klapanlar zichligi buzilishidan darak beradi. Moy sathining me'yoridan kamayishi yoki 
    ko'payishi dvigateldan chiqadigan gazlarning rangi o'zgarishiga ham olib keladi. Bu 
    usulning kamchiligi shundan iboratki, u avtomobil ekspulatatsiyasi bilan bog'liq bo'lib, 
    faqat halqalarning yeyilishi bilangina emas, balki klapan vtulkalarining yeyilishi va jipslik 
    buzilishi oqibatida ham sodir bo'lishi mumkin. 
    Gazlarning karterga o'tishi silindr-porshen guruhi (SPG) detallari-ning yeyilishiga 
    bog'liq bo'lib, ish jarayonida ko'payib boradi. Dvigatelning eng katta burovchi 


    29 
    momentida, diagnostikalash jihozi(gaz hisoblagtchi) moy o'lchash tayoqchasi o'rniga 
    ulanadi, ma'lum vaqt ichida karterga o'tgan gaz miqdori aniqlanadi. 
    Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to'ldirish tezligi, kompressiya, havo 
    tozalagich karshiligi, klapanlarning egarida to'liq o'tirmasligi va ish jarayonining notekis 
    borishiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi 
    dvigatelning texnik holatini xarakterlaydi. Havoning siyrakligi vakuummetr yordamida 
    kiritish kollektori orqali aniqlanadi. Dvigatel mexanizmlarining holati, ta'minot va o't 
    oldirish tizimlari sozlangandan so'ng aniqlanadi. Dvigatel soz holida uni starter bilan 
    aylantirganda ko'rsatkich 0.5
    ¼0.57 MPa ni, salt yurishda 0.64¼0.745 MPa ni tashkil 
    etishi va bu ko'rsatkich o'zgarmay turishi kerak. 
    Siqilgan havoning silindrdan chiqib ketishi vaqtida porshen yuqori yoki pastki 
    chekka nuqtada, klapanlar berk holatda bo'ladi, shunda asbob yordamida silindrga 
    yuborilgan siqilgan havoning sarfi aniqlanadi.

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KSHM va GTM lar bo'yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari

    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish