-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash shakli; b)Moybenzin aralashmasini ajratish




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

2-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash shakli; b)Moybenzin aralashmasini ajratish. 


24 
2-rasmda keltirilgan moybenzintutgichga tindirilgan suv loytindirgichdan 1-quvur 
orqali 2-qalpoq ostiga quyilib, 3-quduqni to'ldiradi (bu jarayon 4-suv to'kkichning yuqori 
qirrasigacha suv to'lguncha amalga oshiriladi). Suv to'kkichdan suv toshib chiqqandan 
so'ng, 5-quvur orqali (kanalizatsiya) chiqindi tarmog'iga oqib tushadi. Moy va benzinning 
solishtirma og'irligi (aralashma uchun o'rtacha 0,85) kichik bo'lgani uchun, aralashma 2-
qopqoqning ustki qismiga to'planib, quduqdagi suv satxidan toshib chiqadi. qopqoq 
kallagida to'plangan moy va benzin aralashmasi, 6-quvur orqali, 7-idishga quyiladi.
Agar ATK markazlashgan tartibda suv manbai bilan ta'minlanmagan bo'lsa, tashqi 
muhitni muhofaza qilish maqsadida, avtomobilni yuvishdan chiqqan suvni tozalab, qayta 
foydalanish mumkin. Buning uchun suv oqib tushadigan havzalarga, idishlarga, tozalash 
qurilmasi o'rnatiladi. Avtomobillarni yuvishda qaytadan foydalanadigan (zarrachalardan 
tozalangan) suv kimyoviy usulda (loyqatib, to'zitib) tozalanadi. Bunday qurilma chiqindi 
suvini sifatli tozalashni ta'minlamaydi, ammo o'rnatish uchun katta maydon talab qiladi. 
Shuning 
uchun 
bundan 
samaraliroq 
hisoblangan 
"KRISTALL" 
qurilmasidan 
foydalanilgan ma'qul. 
Bu qurilma ishlatilgan suvni turli zarrachalardan, ya'ni qum va neft 
mahsulotlarinidan tozalashga mo'ljallangan bo'lib, u filtrlash jarayonini tebranuvchi filtr 
hisobiga bajaradi. 
"KRISTALL" qurilmasining asosiy afzalliklari chiqindi suvlarini sifatli tozalashi, 
tozalash qurilmalarini ihchamligi va ish unumi bo'yicha ularning turli xillari 
mavjudligidir. 
 
4.Avtomobillarni yuvishdan so'ng mexanizatsiya yoki qo'l kuchi bilan quritish-
artish ishlari bajariladi. Masalan, yengil avtomobillar sovuq (kam hollarda, iliq) havo 
purkovchi qurilma yordamida quritiladi. Bunda havo havotaqsimlovchi quvurlar orqali 
diffuzorga so'riladi, u kuzovning ko'ndalang qismi teksligiga nisbatan 65 grad. qiyalikda 
joylashgan bo'ladi. Diffuzor havo oqimini yelpig'ichsumon purkab turadi. qurilmaga vaqt 
relesi o'rnatilgan bo'lib, u shabadalatgichni o'chirib-yoqib turish uchun xizmat qiladi. 
qurilma ish unumi 30-40 avt
/soat bo'lib, elektromotorning quvvati 22.5 kvt.ni tashkil 
etadi. 
Zanglash, avtomobillar sirtiga havodan nam tushib qolishi, kuzovning ko'rinmas 
bo'shliqlarida tomchilar paydo bo'lishi va ularning yig'ilishi natijasida hosil bo'ladi. qish 
paytlarida sirpanchiqqa qarshi harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida sepiladigan 
tuzlar kuzovning zanglash va chirish jarayonini tezlashtiradi. Kuzov tubi va qanot ostlari 
iflosliklardan tozalanib va yuvilib zanglashga qarshi ishlov beriladi. Zanglashga qarshi 
ishlov berishning bir necha turi bo'lib ular zanglash jarayonini sekinlashtiruvchilar va 
zanglashga qarshi qoplam hosil qiluvchilar kabi turlarga bo'linadilar. 

Download 0,81 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash shakli; b)Moybenzin aralashmasini ajratish

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish