19
Kitobchaning keyingi varaqlari yirtib olinadigan talonlar bo'lib, unda xizmat yurgan
yo'l va va vaqt bo'yicha ko'rsatish tartibi keltirilgan. Har bir talonning oldingi qismida
bajariladigan ishlarning majmuini bajarish uchun yuriladigan yo'l - kilometrda, orqa
qismida esa xizmat ko'rsatishda ishlab chiqargan zavod tamonidan belgilangan majburiy
ishlarning tarkibi ko'rsatiladi. Ko'pgina firmalarning kitobchalaridagi
xamma talonlarda
bajariladigan ishlarning tarkibi o'garmay qolishi yoki belgilangan tartibda qaytarilib
turuvchi bir nechta bo'lishi mumkin.
UzDEU avtomobillari kitobchasida xizmat ko'rsatish ishlari har 10000 km da
bajariladi. Faqatgina foydalanish boshlangandan so'nggi 1000-2000 km bundan mustasno
bo'lib, bunda belgilangan o'ziga xos ishlar bajariladi.
«OREL» (FRG) firmasining servis kitobida avtomobillarga SXK 100
ming km ga
qadar har 5000 km da bajariladi hamda foydalanish boshlangandan keyingi 500, 1000 va
5000 km bundan mustasno bo'lib, bu oraliqlarda o'ziga xos ishlar bajariladi.
«RENAULT» (Fransiya) firmasining servis kitobchasi kafolat katochkalari, 500 va
2000 km uchun kafolat xizmat ko'rsatish talanlari va kafolat davridan keyingi talonlardan
tashkil topgan.
VAZ avtomobillariga xizmat ko'rsatish servis kitobchasidagi 12 ta talon bo'yicha
bajariladi va 100 ming km masofaga mo'ljallangan. Xizmat ko'rsatish ishlari №1 talon
bo'yicha 1500-2000, №2 talon bo'yicha 4000-5000 km dan so'ng, keyin esa har 10000 km
dan so'ng bajariladi.
Qaytarish uchun savollar
1.Avtomobillarga TXK va JT rejali-ogohlantiruvchi tizimi vazifalari
2.Avtomobillarga TXK va ta'mirlash xaqida nizom.
3.Avtomobillarga TXK
turlari
4.Avtomobillarni ta'mirlash turlari
5.JT da bajariladigan ish turlari
6.ATK larning vazifasi
7.TXKS larning vazifasi
8.Servis kitobchasi bo'yicha xizmat ko'rsatish