9
2-MAVZU
Avtomobillarning texnik holati va ishlash qobiliyatini
ekspluatatsiya jarayonida o'zgarishi
Reja
1.Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o'zgarishi tasnifi.
2. Avtomobilning texnik holatni ishlash davriga qarab o'zgarishi
va ularning
ishonchlilik ko'rsatkichlari.
Adabiyotlar
1.Автомобиллар техник эксплуатацияси. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус
таълим вазирлиги автотранспорт олий ўқув юртлари талабалари учун
дарслик сифатида тавсия
этган. Проф. Сидиқназаров Қ.М. умумий таҳрири остида, Тошкент “VORIS-NASHRIYOT”, 2008.
– 560 б.
2. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.
3.О.Хамракулов, Ш.Магдиев. Автомобилларнинг техник эксплуатацияси. Тошкент. 2005 й.
4. Magdiyev Sh.P. Rasulov H.A. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash.
Toshkent, “ILM ZIYO” -2006 yil.
1.Ekspluatatsiya jarayonida, avtomobilning texnik holatini yomonlashishi va uning
ishga yaroqsiz holatga kelishiga
detallarini yuklanishi, yeyilishi, qizishi,
ximik va fizik
xossalarini o'zgarishi sabab bo'ladi.
Avtomobil va uning agregatlalari texnik xolatini o'zgarishining asosiy sababi
ishqalanish natijasida detallarni yeyilishidir. Ishqalanish bu mexanik qarshilik bo'lib, bir-
biri bilan o'zaro birikkan detallar sirtini o'zaro harakatlanishidan, kuch hosil bo'lib, bu bir
detalni ikkinchisiga nisbatan siqish jarayoni deb tushiniladi.
Ishqalanish ikki turga bo'linadi:
1.Tebranib ishqalanish - bir jism sirtida ikkinchisining siljib
tebranishi natijasida
vujudga keladi.
2.Sirpanib
ishqalanish
-
bir
jismning
ikkinchisiga
nisbatan
sirpanib
harakatlanishidan hosil bo'ladi.
Mexanizmlarning yeyilish jarayonini anglash uchun, mavjud qonuniyatlar asosida,
yeyilishlarning turli ko'rinishlarga ajratishga to'g'ri keladi. O'zaro bog'langan
juftlar
uchun, mavjud turkumlash, yeyilishlarning quyidagi turlarini o'rgatadi: mexanik,
molekular mexanik, zangli-mexanik, charchashdan yeyilish.