10
Molekular mexanik yeyilish - ishqalanuvchi detallar sirtlarining, molekular bir
biriga ilashishi natijasida hosil bo'ladi.
O'zaro bog'langan detallar ishqalanuvchi sirtiga noteks ishlov berilishi natijasida
metallning o'tkir qirrali qismi bir-biri bilan o'zaro to'qnashadi. Bu to'qnashuv natijasida
sirtdagi zarrachalar bir-biridan bo'linib ajraladi, bu esa yeyilish hisoblanadi.
Yuqorida aytib o'tilgan ishqalanib yeyilishlar natijasida avtomobilning texnik holati
o'zgaradi, ya'ni yomonlashadi. Ekspluatatsiya jarayonida texnik holatni o'zgarishiga
avtomobilning tuzilishi, uni ishlab chiqarish texnologiyasi
va foydalanilgan ashyo sifati,
ishlatiladigan yonilg'i va moylash mahsulotlarining sifati, foydalanish sharoitlari hamda
ularga TXK va T ishlarining sifati katta ta'sir ko'rsatadi. Yuqrida ko'rsatilgan omillar
ta'sirida agregat va birikmalar detallarining bir biriga nisbatan ishqalanib ishlash kuchi
ortadi va ularning yeyilishi tezlashadi. Natijada avtomobil texnik holati yomonlashadi.
Avtomobillar tuzilishini takomillashtirish detallarni yeyilishini kamaytiradi,
ishonchliligini va uzoq ishlashini oshiradi. Masalan:
dvigatelga inersion moy
tozalagichining o'rnatilishi 98-99% changni ushlab qolishni ta'minlaydi va xizmat
muddatini 2 barobariga oshiradi.
Ashyo sifati, unga mexanik va issiqlik ta'sirida ishlov berilishi yeyilishning
kamayishiga, avtomobildan foydalanish muddati va davrining uzayishiga sabab bo'ladi.
Masalan: dvigatel silindri devorlarini yeyilishga chidamliligini oshirish uchun ligerlangan
cho'yandan tayyorlangan va yuqori darajadagi zanglashga chidamlilik xassasiga ega
bo'lgan qisqa gilzalardan foydalanilganda, silindrlar devorini 2-2.5 barobarga kamayadi.
Detallarni tayyorlashda ligerlangan po'latlardan foydalanish va sifatli ashyolarni ishlatish
yeyilishga chidamlilikni hamda, dinamik zo'riqib ishlashga
qarshilikni kuchaytiradi va
charchash chegarasini o'zgartiradi.
Yonilg'i, moy va sovutish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga javob
berishi zarur. Bu ashyolarning sifati avtomobillarni ishlatish va iqlim sharoiti,
mexanizmlarning tuzilishlariga bog'liq holda baholanadi va tanlanadi. Yonilg'i va moy
mahsulotlarining sifati ishlatish xossalarini ifodalovchi ko'rsatgichlar bilan baholanadi.
Benzinning asosiy ko'rsatgichlari: mexanik qo'shimchalar borligi, quyqa hosil bo'lish
imkoniyati, zanglashni hosil qiluvchanlik, detonatsiyaga turg'unlik va fraksion tarkibilari
hisoblanadi. Dizel yonilg'ilarining qovushqoqligi, metan soni, mexanik qo'shimchalarning
yo'qligi asosiy ko'rsatgichlar hisoblanadi. Dvigatel va transmissiya uchun qo'llaniladigan
moylarning asosiy ko'rsatgichlari: qovushqoqlik va uning o'zgarish harorati bo'lib, bunga
bog'liq holda ishqalanuvchi sirtlarga moylarning o'z vaqtida kelishi katta ahamiyatga
egadir.
Foydalanish sharoiti-ish tartibi, iqlim va yo'l sharoiti, haydash va TXK sifati bilan
ifodalanuvchi tashqi omillar yig'indisini ifodalaydi.
Avtomobil ish tartibi-uning ishlashini turli harakat tezliklarida va yuklanishlarda
vaqt orqali ifodalaydi. Avtomobil ishida ko'p marotaba qisman
tezlikning oshishi va
sekinlashishi kuzatilib, bu hol o'zgaruvchan rejim deyiladi. Agar belgilangan masofadagi
avtomobil harakatida yetaklovchi g'ildiraklarga qo'yilayotgan tortish kuchi va tezligi
11
o'zgarmas bo'lsa, bunday ish rejimi o'zgarmas deyiladi. Avtomobilning o'zgaruvchan
rejimda ishlashi, detallarni tez yeyilishiga va yonilg'i sarfi ortib ketishiga olib keladi.
Yo'l sharoiti-harakat tezligiga, burilish radiusi, qoplamalarining tekisligini,
balandlik va qiyaliklarning kattaligini, yo'lning qurilish sifatini ifodalaydi.
Avtomobil
asfalt yo'lda yurmay, tuproqli, notekis yo'lda yurganda, tirsak valining aylanishlar soni
ortib, shu bilan bir qatorda ilashish muftasini ulashlar soni, harakat tezligini qo'shib
ajratishlar, harakatni to'xtatish (tormozlash) lar sonining ortishi natijasida yonilg'i sarfi
ham (asfaltli yo'lda yurganga qaraganda) o'n barobar va undan ham oshib ketadi. Buning
natijasida avtomobil (agregat, mexanizm va detal) larning yeyilish jarayoni tezlashadi.
Iqlim
sharoiti- havo harorati, barometrik bosim va namlik bilan ifodalanadi.
Mustaqil davlatlar xamdo'stligi hududini yarmidan ko'prog'i sovuq mintaqali hisoblanib
(yarim yildan ko'proq vaqt mobaynida harorat - 200S bo'lib), bu havoni past harorati,
avtomobilni texnikaviy holatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Avtomobillarni bunday sharoitda
ishlashi hamma agregat mexanizmlarni o'ta sovib ketishga olib keladi. Buning natijasida,
sovuq dvigatelni yurgizish qiyinlashadi, sovutish tizimidagi suyuqlik muzlaydi,
akkumulatorlar batareyasi elektroliti o'ta soviydi.
Muhitdagi havo haroratining oshishi radiatordan ajralib
chiqayotgan issiqlikni
kamaytiradi, dvigatelni qizib ishlashiga olib keladi. Bunday holatda dvigatel siltanish
(detonatsiya) bilan ishlab, uning quvvati, tejamkorligi va uzoq ishlashligi kamayadi.
Dvigatelning qizib ishlash yonilg'i hamda uning chala yonib chiqishi atrof muhitga
zaharli gazlar chiqishini oshiradi.
Avtomobilni haydash sifati - ma'lum yo'l sharoitida haydash usulini ifodalaydi.
Avtomobilni haydashning quyidagi usullari mavjud: beixtiyor yoki harakat inersiyasi
bilan olg'a siljib haydash, (to'siqlaridan o'tib), to'siqlarsiz belgilangan tezlik bilan haydash
va murakkab (kombinirovanno'y). Avtomobil beixtiyor (impulsiv) usul bilan haydalganda,
harakat to'g'ri uzatma (pryamaya peredacha) lar bilan (vaqti-vaqti bilan to'siqlardan o'tib)
tezlatib, inersiya asosida haydash tushuniladi.
Avtomobillarni haydash usullarini kuzatish natijalari shuni ko'rsatadiki, to'siqlardan
o'tib, tezlatish (razgon va nakat) usulida haydashda yonilg'i sarfi 5-6% ga tejaladi, ammo
dvigatel detallarining yeyilishi (boshqa usullardagi haydashlarga qaraganda) jadallashadi.
Bunday usulda ilashish muftasi va uzatmalar qutisi (boshqa agregatlarga qaraganda)
ko'proq ishlaydi. Ikkinchi usulning kamchiligi shundan iboratki, nishab yo'ldan tushishda,
bevosita to'xtash ko'p marta tormozlanishlar natijasida, dvigatelning yeyilishi ortadi.
Tajribalardan ko'rinishicha, haydashda (ularni usuliy afzalliklarini nazarda tutib, haydash)
usullarni almashtirib turish maqsadga muvofiqdir, bu ta'mirlararo bosib o'tiladigan yo'lni -
masofani 60% gacha oshiradi va yonilg'i sarfini 30 % gacha kamaytiradi.