7
etiladi. Ta'biiyki soxaning bu muammolarini yechishda yuqori malakali mutaxassis
kadrlar asosiy, yetakchi kuch bo'lib xizmat qiladilar.
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan
avtomobillarning salmog'i ko'payishi bilan avtomobillar servisi sohasining ahamiyati
yanada oshib bormoqda.
2.Avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasi avtomobil
transportining asosiy
tizimlaridan biri hisoblanadi va Respublika transport tizimida yetakchi o'rinlardan birini
egallaydi. Avtomobilning ekspluatatsion ishonchliligi, TXK va JT xarajatlarini
kamaytirish, turib qolishini kamaytirish, yuk tashishni samarali bajarish va tashish
tannarxini kamaytirish, ekologiyaga zarar yetkazmaslik, harakatdagi qismni texnik
ekspluatatsiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Bu muammolarni hal etish uchun avtomobil va uning agregatlarini har xil omillar
ta'sirida texnik holatini o'zgarib borishi qonunlarini o'rganish zarur.
Bu qonunlarni
o'rganish, avtomobilni texnik tayyor holatda saqlab turish usullarini ishlab chiqish va
qo'llash imkonini beradi. Bu usullar matematik statistika, ehtimollar nazariyasi,
ishonchlilik nazariyasi, diagnostika va boshqa fanlarga asoslanadi.
«Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi» fani o'z ichiga "Avtomobillarga texnik
xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash texnologiyasi asoslari", avtomobillarga texnik
xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash texnologiyasi, maxsus sharoitlarda avtomobillardan
texnik foydalanish, maxsuslashtirilgan harakatdagi qismga texnik xizmat ko'rsatish va
ularni ta'mirlashning o'ziga xos xususiyatlari, karyer avtomobil-samosvallarning texnik
ekspluatatsiyasi va avtomobil transportini atrof muhitga ta'siri xamda ATK va TXKS larni
texnologik loyihalash va ularning ishlab chiqarish texnik
negizini rivojlantirish
bo'limlarini oladi.
Fanning o'qitishdan maqsad mutaxassisga avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi
sohasida avtomobillar ishchanligini yuqori darajada saqlashni, texnik holatini tiklashni
ta'minlaydigan texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash, transport vositalarining barcha
turlarini mintaqamiz sharoitida ishlatishning o'ziga xos xususiyatlari, ularning atrof
muhitga ta'sirini kamaytirish yo'llarini o'rganish bo'yicha ilmiy va amaliy bilimlar berish
unda fanga, o'z kasbiga qiziqishini orttirishni shakllantirishdir.
Oliy ta'lim davlat standartiga asosan talabalar mazkur fan bo'yicha avtomobillar
texnik ekspluatatsiyasi istiqbollari, texnik xizmat va ta'mirlashda yangi texnologiyalar
joriy qilish yo'nalishlari, avtomobil ishchanligini ta'minlash,
texnik holatini tiklash
tadbirlari, mintaqamiz tabiiy iqlim va transport sharoitlari, xalq xo'jaligida ishlatilayotgan
transport vositalari, shu jumladan maxsuslashtirilgan, karyerlarda ishlaydigan texnologik
transportni ekspluatatsiyasi, avtomobillar texnik holatini aniqlash va ularni tiklash
asoslari, texnik xizmat va joriy ta'mir ishlarini bajarishda qo'llaniladigan jihoz va
qurilmalardan foydalanish, har xil tabiiy iqlim sharoitida avtomobillarni texnik
ekspluatatsiyasini o'ziga xos xususiyatlari, atrof muhitga avtomobil transportining zararli
ta'sirini kamaytirish, avtomobil agregatlari va tizimlari nosozliklarini aniqlash, ularni
sozlash
va ish qobiliyatini tiklash, yangi avtotexnika va texnologiyalarni o'zlashtirish,
dvigatellarni past haroratda o't olishini osonlashtirish, avtomobillarni qishda saqlash
8
usullarini tanlash va asoslash, karburatorli va dizelli dvigatellarni chiqindi gazlarning
zararli ta'sirini kamaytirish kabi masalalar bo'yicha tushunchaga ega bo'lishi, bilishi va
ko'nikma hosil qilishi zarur.
Avtomobillarni texnik holatini boshqarish muammosini hal etishda, ularga TXK va
JT ning rejaviy ogohlantirish va firma usulida xizmat ko'rsatish asosiy o'rin tutadi. Undan
tashqari avtomobillarga TXK va JT texnologik jarayonlarini rivojlantirish, ishchi postlarni
zamonaviy jihozlash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish, hamda
mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash qo'llash yuqoridagi muammoni hal etishga
imkon yaratadi.
Moddiy texnik ta'minot va me'yorlashni ilmiy asoslash o'z ichiga tashish, tarqatish,
ekspluatatsion
materiallar, ehtiyot qismlar, agregatlar sarfini me'yor va iqtisod qilish,
avtomobil parkini kam harajatlar sarflab ushlab turishga imkon beradi.
Avtomobillarni ishdan so'ng saqlash, saqlash usullari va anjomlaridan unumli
foydalanish, hamda saqlashni tashkil etish, uni saqlanuvchanligini oshirishga va o'z
vaqtida ishga tayyorlashga imkon beradi.
Avtomobilning nosozliklarini bartaraf etishning va oldini olishning asosiy usullari,
unga o'z vaqtida texnik xizmat ko'rsatish (TXK) va joriy ta'mirlash(JT)dan iboratdir.
Avtomobillarga TXK va JT ishlari avtotransport korxonalari (ATK)da va texnik
xizmat ko'rsatish stansiyalari(TXKS)da bajariladi.
Avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasining asosiy vazifalaridan yana biri ishlab
chiqarish texnik bazasini loyihalashni rivojlantirish, ya'ni avtomomobillarni texnik tayyor
holda saqlab turish uchun kerakli ATK, garajlar va TXKS larini tashkil etishdan iborat.
Avtomobillarga TXK va JT ishlarini o'tkazish, ATK va TXKS ishchi
xizmatchilarining amalga oshirishi kerak bo'lgan asosiy maqsadi bo'libgina qolmay, balki,
avtomobillarning ishonchliligini oshirishdagi tadbirlarga sarflanadigan mablag' va tashish
tannarxini kamaytirishni ham ko'zda tutuvchi omil hisoblanadi.
Avtomobilda atrof muhitni zararlantiruvchi 3 xil manbaani bo'lib, ular: chiqindi
gazlar, karter gazlari va yonilg'i parlanishi natijasida hosil bo'ladigan zararli moddalar
hisoblanadi. Barcha avtotransport korxonalarida atrof
muhitni zararlantiruvchi
mahsulotlarni kamaytirish ustida amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi zarur.