5
Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati mamlakatimiz avtomobillari uchun
ulkan bo'lib, uning xizmatidan yil davomida mamlakat avtomobil parkining asosiy qismi
muntazam foydalanadi.
Bu borada Respublika Hukumati 1993 yildayoq Janubiy Koreyaning "DEU"
kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Asaka shaxrida o'rta hajmli NEXIA, kichik hajmdagi
TICO va DAMAS avtomobillari ishlab chiqarishga mo'ljallangan "UzDEUavto"
avtomobil zavodini, Samarqand shahrida O'zbekiston-Turkiya qo'shma korxonasi
"SamKochAvto" zavodida kichik turkumdagi O'ZOTAYO'L avtobuslarini va
ixtisoslashgan yuk avtomobillarini hamda uning agregatlarini
ishlab chiqarishga
mo'ljallangan korxonalar barpo etdi.
Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab yuqoriligidan
hukumat qarori bilan loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil (ulardan 4 mingtasi
avtobus, 1 mingtasi yuk avtomobillari) ishlab chiqarishga mo'ljallangan zavod
"SamKochavto" o'zbek-turk qushma korxonasi 1999 yilning mart oyida ishga tushirildi.
O'zbekiston mustaqilligining 10 yilligiga sovg'a sifatida zavod 8 tonna yuk ko'tarishga
qodir yangi yuk avtomobilini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yildi va bu zavod 2006
yilda
Yaponiyaning “ISUZU Motors limited” kompaniyasi bilan texnik hamkorlik
sharnomasini tuzib, unga asosan avtobus va kichik yuk mashinalarini ishlab chiqarishni
yo'lga qo'ydi va shu yilning o'zida 1500 ta turli toifadagi avtomobil ishlab chiqardi.
Ustuvor loyihada esa, bu miqdorni yiliga 4 ming donaga yetkazish ko'zda tutilgan.
"UzDEUAvto" XJ - bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqarish
kompaniyasidir. Korxona ishlab chiqarishining texnik va texnologik
saloxiyati yuqori
jahon standartlari talablariga javob bera oladi. Mazkur qo'shma korxonaning qisqa muddat
ichida butun O'zbekiston mashinasozlik sanoatining rivojlanishidagi yetakchi omil
hisoblanishi bejiz emas.
“UzDEUAvto” XJ ga 1993 yil mart oyida asos solingan. XJ ta'sischilari bu Janubiy
Koreya Respublikasi tomonidan DAEWOO korporatsiyasi, O'zbekiston tomonidan esa
"Uzavtosanoat" DXJ bo'lgan edi. Korxonaning qurilish-montaj ishlari 1994 yil aprel oyida
boshlanib, 1995 yil dekabr oyida tugadi va birinchi avtomobil(DAMAS) 1996 yil 25 mart
oyida ishlab chiqarildi. Zavodning rasmiy ochilishi-1996 yil 19 iyulda bo'lib o'tdi va shu
yilning o'zida 25344 ta avtomobillar ishlab chiqarildi.
“UzDEUAvto” kompaniyasi 1996-2003 yillar davomida 350
mingga yaqin
avtomobillar ishlab chiqargan, shulardan 48,7% Neksiya, 24,4% Tiko, 22,5% DAMAS va
4,4% MATIZ larni tashkil etgan.
Asaka shahrida "UZ-DAEWOO" zavodining qurilishi bilan O'zbekiston dunyodagi
o'z avtomobil sanoatiga ega bo'lgan 28-davlatga aylandi va bu korxona 2006 yilda 141
080 ta (74089 ta Nexia, 49375 ta Matis, 1573 ta Damas va 885 ta Lasetti) yengil
avtomobillar ishlab chiqardi va korxona to'la “O'zavtosanoat”
kompaniyasi tasarrufiga
o'tdi.
Respublika
avtomobillar
uchun
butlovchi
qismlar
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida o'nlab qo'shma korxonalar tashkil
etildi. Bunday qo'shma korxonalar Andijon, Namangan, Farg'ona va boshqa viloyatlarda
tashkil qilindi. Bular Janubiy Koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: