12
Avtomobillarning uzoq ishlashi natijasida miqdoriy ko'rsatgichlari kamayib, uning
xossasini o'zgartiradi, shuningdek, avtomobilning texnikaviy holati yomonlashadi, bu esa,
avtomobilning ishonchliligini qisman yoki butunlay yo'qolishiga sabab bo'ladi.
Avtomobilning ishonchlilik holati deganda, unga topshirilgan vazifani, ma'lum davr
ichida, bajarishga imkon beruvchi ekspluatatsion ko'rsatgichlari tushiniladi.
Avtomobilning texnikaviy holati, ishonchliligini talab darajasida bo'lishi uchun,
uning o'zgarish sabablarini bilish va o'z vaqtida bartaraf etish lozim.
Avtomobil texnik holatini o'zgarishi o'ziga xos qonunlar asosida ro'y beradi, bular
ishlash jarayoni (narabotka) bo'yicha texnik holatini o'zgarishi (1-tur ehtimolligi) va
tasodifiy ehtimollik jarayonlari qonunyatlari (2-tur ehtimolligi) hisoblanadi.
Yuqoridagi qonuniyatlar o'z
navbatida, avtomobil texnik holatini ekspluatatsion
vaqt yoki yurgan yo'li davridagi texnik holat o'zgarishi ko'rsatgichlari variatsiasidir. Bu
qonuniyatlar avtomobil ishonchliligini to'liq xarakterlaydi.
TXK va JT ishlarini ratsional tashkil etish uchun biz smena, kun,
hafta va oy
maboynida nechta ma'lum turdagi "ishdan chiqish" bo'lishi mumkinligini bilish, bizga
kerakli
ishchilar sonini, ishlab chiqarish maydonini, ehtiyot qismlar sarfini me'yorlashga
imkon yaratadi.
Avtomobil ishonchliligi ko'rsatgichlarini bir-biriga bog'liqligini uchinchi
qonuniyat, tiklanish jarayoni-ma'lum vaqt ichidagi " ishdan chiqish " sodir bo'lishi va uni
bartaraf etish xarakterlaydi.
Avtomobilning ishonchlilik ko'rsatgichlari
murakkab hisoblanib, ular buzilmasdan
ishlash (bezotkaznost), uzoq ishlashlik (dolgovechnost), ta'mirlashga moyillik
(remontoprigodnost) va saqlanuvchanlik (soxranyayemost) hisoblanadi.
Buzilmasdan ishlash - bu ma'lum vaqt yoki yurish yo'li davrida o'zining
texnik
holatini saqlab turish demakdir.
Uzoq ishlashlik - bu avtomobillarni ma'lum vaqt kelguncha va TX, JT ishlari
bajarilguncha texnik holatini saqlab turish.
Ta'mirga moyillik - bu
avtomobilni tekshiruv-nazorat, TX va JT davrida
buzilishlarni nazorat va bartaraf etishga qulayligini, imkoniyatini va moyilligini bildiradi.
Saqlanuvchanlik - avtomobilni ishdan bo'sh yoki ishlash davrida o'zining texnik soz
holatini saqlab tura olishi demakdir.
Qaytarish uchun savollar
1.Avtomobil texnik holatining o'zgarishlarini tasnifi.
2.Avtomobil agregatlarining texnik holatini o'zgarishiga ishqalanishning ta'siri
3.Avtomobilning texnik holatini ishlash davriga qarab o'zgarishi.
4.Avtomobillardan foydalanish sharoitining tasnifi.
5.Avtomobillarning texnik xolatini o'zgarishiga yo'l sharoitining ta'siri.
6.Avtomobillarning texnik xolatini o'zgarishiga iqlim sharoitining ta'siri.