Tayanch iboralar
1.Avtomobillarni ishonchliligi
2.Avtomobillarni texnik holati
3.Texnik holatni o'zgarish sabablari
4.Avtomobildan foydalanish sharoitlari
5.Texnik xolatga ishqalanishning ta'siri
6.Yo'l sharoiti
7.Iqlim sharoiti
13
3-MAVZU
AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
VA TA'MIRLASH TIZIMI
REJA
1. Rejali-ogohlantiruvchi tizimning vazifalari va asoslari.
2."Avtomobillarga TXK va ta'mirlash xaqida nizom".
3. Avtomobillarga servis kitobchasi bo'yicha xizmat ko'rsatish.
Adabiyotlar
1.Автомобиллар техник эксплуатацияси. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус
таълим вазирлиги автотранспорт олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик сифатида тавсия
этган. Проф. Сидиқназаров Қ.М. умумий таҳрири остида, Тошкент “VORIS-NASHRIYOT”, 2008.
– 560 б.
2. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.
3. Ўзбекистон Республикаси автомобил транспорти ҳаракат таркибига техник хизмат
кўрсатиш ва таъмирлаш тўғрисидаги низом. Тошкент,1999 й.
4. Руководство по ремонту и обслуживанию. Инструкция по эксплуатации автомобилей
ДЭУ. НЕКСИЯ (все модели). Ташкент, 2000 г.
1.Avtomobillarni ishga yaroqli holda ushlab turish, ishdan chiqishini oldini olish va
bartaraf etish asosiy vazifa hisoblanadi.
Shuning uchun TXK ning asosiy vazifasi avtomobillarni ishdan chiqishini oldini
olish, JT ning vazifasi esa, ishlash davrida kelib chiqqan nosozliklarni bartaraf etish
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtgacha MDX da ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga
TXK va ularni JT reja asosida bajarilib kelgan va bajariladi, bu o'z navbatida TXK va JT
tizimini tashkil etgan holda, bir-biriga bog'liq bo'lgan Nizom va me'yorlar, hamda TXK va
JT ishlarining tartibini aniqlab beradi.
Ko'pgina mamlakatlarda avtomobil transportiga TXK va JT ning rejaviy-
ogohlantiruvchi tizimi qabul qilingan bo'lib, unga quyidagi talablar qo'yiladi:
a) moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda avtomobillarni
ekspluatatsion xususiyatlarini saqlab turish;
b) TXK va JT ni rejalay va tashkil eta oluvchi rejaviy-me'yoriy xarakterga ega
bo'lishi;
v) barcha avtomobil ekspluatatsiyasi korxonalari uchun majburiyligi;
g) barcha muxandis-texnik hodimlar uchun konkret va anglash mumkinligi;
d) ishlash sharoitiga qarab konkret me'yorlarni bir maromdaligi va egiluvchanligi;
ye) avtomobillarni har xil sharoitda ekspluatatsiyasini hisobga oluvchanligi.
2.TXK va JT ishlarini tashkil etish va uning me'yoriy asoslari "O'zbekiston
Respublikasi avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to'g'risida Nizom"
bo'yicha bajariladi.
14
Xarakatdagi tarkibga TXK va T to'g'risidagi NIZOM asosiy xujjat hisoblanib, unga
asosan barcha ishlar rejalashtiriladi va tashkil etiladi hamda, qo'shimcha me'yoriy
texnologik xujjatlar ishlab chiqiladi.
Nizom ikki qismdan iborat:
1-qism -harakatdagi qismga TXK va JT asoslaridan iborat bo'lib, u tizim va texnik
siyosatni aniqlaydi. Bunda TXK va JT ning turlari, boshlang'ich me'yoriy ko'rsatgichlar,
ekspluatatsiya sharoitlari va korrektirovka turlari, TXK va JT ni tashkil etish usullari va
bajariladigan operatsiyalarning nomlari keltirilgan,
2-chi qismda har bir turdagi avtomobillar uchun alohida me'yoriy ko'rsatgichlar
keltirilgan.
Avtomobillarga TXK va JT tizimining asosiy negizi, ularning texnik ekspluatatsiya,
ekspluatatsiyaon sharoiti, ishonchliligi va sifat darajasi, tashkiliy texnik chegaralovlar
hisoblanadi.
TX o'z ichiga 8-10 tudagi ishlarni oladi (moylash, qotirish, sozlash, nazorat etish va
h.k.) va 150-280 dan ortiq agregat va mexanizm detallariga ogohlantiruvchi ta'sir
ko'rsatadi.
Har bir uzel va mexanizmga TXK o'ziga xos davrni tashkil etadi va bu davrni bir
necha usullar bilan aniqlanadi:
a) texnik iqtisodiy usul - bunda biron bir guruh uchun TXK va JT ishlarini
bajarishda eng kam harajatlar sarflash asosiy maqsad hisoblanadi,
b) TXK operatsiyalarini o'zaklari bo'yicha guruhlash - ma'lum bir optimal davr
ichida bir guruh obyektlarning asosiy o'zaklariga quyidagi alomatlari bo'yicha texnik
xizmat ko'rsatiladi:
- harakat havfsizligiga ta'sir etuvchi,
- ularga texnikxizmat ko'rsatmaslik, avtomobilning buzilmasdan ishlashiga, iqtisod
va ishlay bilish qobiliyatiga ta'sir etuvchi,
- maxsus jihozlar va katta ish hajmini talab etuvchi,
- doimiy qaytariluvchi(bunga dvigatel va avtomobil uzellarini moylab turish misol
bo'la oladi).
v) iqtisodiy ehtimollik usuli - bu usulda bajariladigan ishlarning maqsadga
muvofiqligini optimal aniqlash emas, balki belgilangan oraliqda o'tkazish nazarda tutiladi.
Bunda, avtomobil agregatlari ishdan chiqmasdan turib, qanday oraliqda TX ko'rsatilsa
kamroq harajat sarflanishi aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan, harakatdagi qismlarga TXK va JT
Nizomiga ko'ra, SNG davlatlarida chiqarilgan ko'pgina avtomobillarga TXK ishlari
quyida keltirilgan me'yoriy davriylikda o'tkaziladi.
Avtomobillarga TXK juda ko'p texnologik operatsiyalardan iborat bo'lib, o'zining
maqsadi, xarakteri, bajarilish sharoiti, ishlatiladigan jihozlar, moslamalar va
bajaruvchining kvalifikatsiyasi bo'yicha jamlashib, KXK, TXK-1, TXK-2, MXK turlariga
bo'linadi.
15
1 va 2-TXK davrlar
Avtomobillar turi
TXK - 1
TXK - 2
Yengil avtomobillar
Avtobuslar
Yuk avtomobillari
4000 km
3500 km
3000 km
16000 km
14000 km
12000 km
KXK da umumiy tekshiruv, tozalash, yuvish, quritish va yoqilg'i, moy, maxsus
suyuqliklarni me'yoriga keltirish ishlari bajariladi.
TXK-1, TXK-2 va MXK da asosan tozalash, yuvish, quritish, tekshiruv
diagnostika, qotirish, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulator, moylash va agregat,
mexanizmlardagi moylarni me'yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi.
Harakatdagi tarkibning muhim bo'g'ini diagnostikadir. Diagnostikaning vazifasi
texnik xolati harakat havfsizligi talablariga javob bermaydigan avtomobillarni aniqlash,
TXK dan so'ng yoki avval nosozliklarni aniqlash, joriy ta'mirlashdan oldin buzilish va
nosozliklarni aniqlashdan iborat.
Tekshiruv-diagnostika ishlari avtomobil yoki uning agregatlari va mexanizmlarini
bo'laklarga ajratmasdan turib texnik holatini aniqlashni o'z ichiga olib, u avtomobillarga
TXK va JT ishlari texnologik jarayonining boshqarish elementlaridan biri hisoblanadi.
Tekshiruv-diagnoz qo'yish ishlarining hajmi barcha TXK va JT dagi ish
hajmlarining 30% ni tashkil qiladi.
Tekshiruv-diagnoz qo'yish ishlari davrida avtomobilning harakat havfsizligini
ta'minlovchi agregatlarni holati aniqlanadi, TXK dan avval diagnoz qo'yilib ish hajmlari
aniqlanadi, TXK va JT dan so'ng bajarilgan ishlarning sifati tekshiriladi.
Bajariladigan ish hajmi, davriyligi, ish turlari, mo'ljal-langanligi va TXK, JT
texnologik jarayonida tutgan o'rniga qarab, diagnoz qo'yish ishlari D-1 va D-2 ga
bo'linadi.
D-1: dan asosiy maqsad harakat havsizligini ta'minlovchi agregat va mexanizmlarni
texnik holatini, (tormoz, boshqarish mexanizmi, oldingi g'ildiraklarni o'rnatish
burchaklari, yoritish asboblari) chiqindi gazlar zararligini va yoqilg'i sarfini aniqlashdan
iborat.
D-2: dan asosiy maqsad avtomobilni tortish-iqtisodiy ko'rsatkichlari bo'yicha to'liq
texnik holatini aniqlash va asosiy agregat, sistema va mexanizmlarning nosozligini
aniqlashdan iboratdir. D-2,TX-2 dan avval o'tkazilib, ish hajmi aniqlab olinadi, hamda
ishlar tugagach uning sifati nazorat qilinadi. D-2 buyurtma bo'yicha JT dan avval ish
hajmini aniqlab olish uchun ham bajarilishi mumkin.
TXK va JT ishlari o'tkazish uchun ma'lumotlar diagnostikalash jihozlari va ko'chma
asboblar yordamida olinadi.
TXK va JT ishlari bajarish davrida nosozliklarni aniqlash uchun "operativ-
texnologik" diagnoz qo'yish(Dr) usuli qo'llanilib, bunda ko'chma asboblardan
foydalaniladi.
16
Sozlash ishlari deb, agregat, mexanizm va detallarni almashtirmay turib, ularni
texnik holatini tiklash, ya'ni belgilangan oraliq, salt yurish kabi ko'rsatgichlarni me'yoriga
keltirishga aytiladi. Bu ishlar diagnoz qo'yish yoki TXK va JT ishlarini natijalari asosida
bajariladi.
Ta'mirlash ishlari o'zining xarakteri va yo'nalishi bo'yicha qayta tiklash (QT) va
joriy ta'mirlash (JT) kabi turlarga bo'linadi.
QT ishlay bilish qobiliyatini yo'qotgan avtomobil va uning ag-regatlarini keyingi
qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta'minlash uchun
xizmat qiladi. Avtomobil yoki uning agregatini qayta tiklashda bo'laklarga ajratish, tiklash
va detallarni almashtirib qayta yig'ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Agregat KT ga,
uning o'zak va asosiy detallari ta'mirlab bo'lgan taqdirda jo'natiladi.
JT, avtomobil va uning agregatlarida paydo bo'lgan buzuqliklarni bartaraf etish va
qayta tiklashgacha bo'lgan me'yoriy davrni yurishini ta'minlash uchun bajariladi.
ATK da ishlab chiqarish texnik hizmatlarining eng asosiy vazifasi harakatdagi
qismni JT ish hajmini kamaytirish, ishlab chiqarish va materiallar sarf harajatlarini
kamaytirishdan iboratdir.
Ishdan chiqqan detallar, agregat va mexanizmlarni tiklash yoki almashtirish, o'z
navbatida tekshiruv nazorat qilish, ajratish-yig'ish, sozlash va ustaxonalarda bajariladigan
ishlardan tuzilgandir.
Avtomobillarni JT ning eng asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- uning ishonchliligini oshirish;
- JT tannarxini kamaytirish, ya'ni JT dagi va ishdan majburan qaytib kelishdagi
harajatlarni kamaytirishdan iborat.
Avtomobillarni JT, ularni ishlab chiqarish, KT va TXK sifatiga bog'liqdir.
JT dagi harajatlar, ish hajmiga va ish xarakteriga, diagnostika sifatiga, ta'minotga,
ishlash sharoitiga, avtomobil yoshiga, ishlab chiqarish usuli va shakliga, qo'llaniladigan
jihozlarga va ish haqini belgilash tizimiga bog'liqdir.
Avtomobillarni joriy ta'mirlashning quyidagi turlari mavjud
:
- avtomobillarni ishlash davrida JT
- ishdan qaytgan avtomobillarni JT
- xaydovchi buyurtmasiga asosan JT
- TXK davrida JT
(TXK ritmini buzmasdan turib)
JT ishlari kerak bo'lgan hollarda yoki TXK davrida, hamda diagnostikalash davrida
ham bajariladi.
Ishlash sharoiti, iqlim sharoiti, avtomobil turi, yoshi va soni ish hajmiga ta'sir
etishini hisobga olgan holda solishtirma ish hajmi korrektirovka qilinadi.
Bajarilish joyi va ish xarakteri bo'yicha joriy ta'mirlash postlarda bajariladigan
ishlar va ustaxonalarda bajariladigan ishlar
Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv nazorat, sozlash, qotirish, ajratish-yig'ish
kabi ishlar kiradi.
Ustaxonada bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat:
17
Agregat ishlari - avtomobillardan yechilgan agregatlarni (dvigatel, ilashish muftasi,
uzatmalari qutisi, rul boshqarmasi, yetaklovchi ko'prik va h.k.) yuvish, ajratish-yig'ish va
tashxislashdan iboratdir.
Dvigatellarni JT da asosiy ishlarga porshen halqalarini, porshenni, porshen
barmoqlarini, shatun vkladishlari va bo'g'in podshipniklarini, klapanlarni, klapan
o'tiro'ichlarni, itargich va vtulkalarni, prujinalarni almashtirish kiradi. Undan tashqari o'z
holatiga keltiruvchi ta'mirlash, tekshirish va ajratish-yig'ish ishlari, masalan taqsimlash
validagi shesternyani yechish va qo'yish, moy o'tish teshiklarini kengaytirish, klapanlarni
tozalash, germetikligini tekshirish, yoriq va darz ketgan joylarini kavshanlash,
payvandlash yo'li bilan to'g'rilash ishlari bajariladi.
Masalan, dvigatelni ta'mirlash jarayonini ko'rib chiqadigan bo'lsak, porshen
halqalarni almashtirish ishlari tirqish 0,08 mm dan va diametr bo'yicha 0,12 mm dan oshiq
bo'lganda bajariladi.
Elektrotexnik ishlar - bu ishlar TXK da, JT postlarida va ustaxonada bajariladi.
Ustaxonalarda avtomobilni yechilgan va uning o'zida yoki TXK da to'g'rilab bo'lmagan
ishlar bajariladi. Elektrotexnik ishlarga: qisqa tutashishlarni to'g'rilash, sim chulg'amlarini
qayta o'rash, generator va starter yakorlarini silliqlash kabi ishlar kiradi.
Akkumulator ishlari - ularga batareyalarni zaradlash va ta'mirlash ishlari kiradi. Bu
ishlarni bajarish uchun ayniqsa texnik xavfsizlik va mehnat muhofazasi keng e'tibor
berish kerak.
Ta'minot tizimi bo'yicha - tekshiruv-nazorat, sozlash va ta'mirlash ishlari bajariladi.
Ta'mirlash po'kaklarni germetikligini, ularning og'irligini aniqlash, diafragmalarni
almashtirish, yonilg'i baklarini kavshanlash yoki yelimlash ishlarini o'z ichiga oladi.
Shina va kamera yamash ishlari - shinalarni ajratish va yig'ish, disklarni ta'mirlash,
kameralarni yamash, g'ildiraklarni muvozanatlash ishlaridan iborat.
Temirchilik ishlari - detallarni qizdirish yo'li bilan tayyorlash, ta'mirlash, ressorlarni
qizdirish, puxtaligini oshirib ta'mirlash.
Payvandlash ishlari - detallarni payvandlash, teshiklarni yo'qotish, kuzovdan ajralib
ketgan qismlarni payvandlashni o'z ichiga oladi.
Misgarlik ishlari - radiator, yonilg'i baki va yonilg'i trubkalarini ta'mirlashdan
iborat.
Chilangar-mexanik ishlari - qotirish detallarini tayyorlash (bolt, gayka, shpilka,
shayba va hakazo), payvandlash va kavshanlashdan so'ng ishlov berish, tormoz
barabanlarini tekslash, vtulkalar yasash, silindrlar blogi va kallagiga ishlov berish
kabilardir.
Kuzov ishlari - o'z ichiga yog'ochsozlik, armatura, qoplamachilik, tunukasozlik va
bo'yoqchilik ishlarini oladi.
Avtomobillarni JT dan tashqari ATK sida jihozlarni ta'mirlash va ularga TXK,
avtomobillarni va binolarni isitish tizimi, suv ta'minoti, shamollatish qurilmalarini, elektr
ta'minlovchilarni JT va qurilish-montaj ishlari ham bajariladi. Bu ishlar bosh mexanik
bo'limi
(BMB ) tomonidan amalga oshiriladi.
18
JT xarakteriga, harajatiga va ish hajmiga avtomobillarni ishlash sharoiti, yoshi,
haydovchi va ishchilar kvalifikatsiyasi, ATK ni texnik qurollanganligi, bundan tashqari
TXK sifati, avtomobillarni saqlash sharoiti, zuriqib ishlashi, ta'mirlashga moyilligi va
boshqa omillar ta'sir etadi.
JT ishlari sonini va hajmini kamayishi haydovchilarni professional-mahorati bilan
chambarchas bog'liqdir.
Avtomobillarni yoshi JT ish xajmi va sonini oshishiga bog'liq bo'lib, yurgan yo'li
ko'payishi bilan ularning qiymati oshib boradi.
TX sifatini oshishi JT ishlarini 2 barobar kamayishiga, sovuq sharoitda
avtomobillarni usti yopiq joyda saqlash JT ishlarini 15-40 % kamayishiga imkon yaratadi.
Avtomobillarni o'z vaqtida diagnostikalash, mayda buzuqliklarni o'z vaqtida
bartaraf etish, katta hajmdagi JT ishlarini kamaytiradi.
Avtomobillarga TXK va JT ishlarini o'z vaqtida olib borish, hamda ularni texnik
tayyor holda ushlab turishda ATKlar va ularning ishlab chiqarish texnik bazalari katta
ahamiyatga egadir.
|