• Aytib o‘tilganidek ishlab chiqarish zaxiralari ham joriy, eh
  • Zaxiralarning asosiy turlari




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/55
    Sana24.01.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #144782
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    7.3. Zaxiralarning asosiy turlari 
    Ta'kidlab o‘tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha 
    sohalariga tegishlidir. Chunki moddiy oqim xom-ashyo manbaidan so‘nggi iste'molchigacha 
    bo‘lgan «zanjirni» istalgan bo‘g‘inida zaxira ko‘rinishida to‘planishi mumkin. Har bir 
    bo‘g‘indagi zaxiralarni boshqarish esa o‘z xususiyatlariga egadir. 
    Yuqorida tilga olingan «zanjir» bo‘ylab harakatlanish chog‘ida zaxiralarning 2ta asosiy 


    turi yaratiladi (7.1-rasm): 

    ishlab chiqarish zaxiralari

    tovar zaxiralari; 
    O‘z navbatida ularning har biri ham uchta turga bo‘linadi: 

    joriy zaxiralar; 

    ehtiyot zaxiralar; 

    mavsumiy zaxiralar; 
    Ishlab chiqarish zaxiralari - bu ishlab chiqarish iste'moli uchun mo‘ljallangan, moddiy 
    ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari korxonalarida mavjud bo‘lgan zaxiralardir. Bu zaxirani 
    yaratishdan maqsad - ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta'minlashdir. Misol tariqasida 
    qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonasidagi ushbu mahsulotlar zaxirasini 
    keltirish mumkin. 
    Tovar zaxiralari - bu ishlab chiqaruvchi korxonalardagi tayyor mahsulot zaxiralari, va 
    shuningdek yetkazib beruvchidan iste'molchiga qadar bo‘lgan yo‘ldagi zaxiralardir (ulgurji va 
    chakana savdo korxonalaridagi). 
    Tovar zaxiralari o‘z navbatida ishlab chiqarish vositalarining tovar zaxiralari va 
    iste'mol buyumlarining tovar zaxiralariga bo‘linadi. Masalan, traktor ishlab chiqarish uchun 
    lozim bo‘lgan qismlar (shina, motor va x.) zaxirasi bu ishlab chiqarish vositalari tovar 
    zaxirasidir. Turli xil sharbatlar, yog‘, sut mahsulotlarining zaxirasi esa bu iste'mol 
    buyumlarining tovar zaxiralariga kiradi. 
    Aytib o‘tilganidek ishlab chiqarish zaxiralari ham joriy, ehtiyot va mavsumiylarga 
    bo‘linadi. 
    Joriy zaxiralar - ishlab chiqarish va tovar zaxiralarining asosiy qismini tashkil 

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish