• 7.4. Zaxira o‘lchamini aniqlash
  • 7.2- Rasm. Transport-tayyorlov xarajatlarini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi
  • qoldiqlari kiradi. Zaxiralarning ushbu turi hisob davridan keyingi davrdagi




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/55
    Sana24.01.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #144782
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    qoldiqlari kiradi. Zaxiralarning ushbu turi hisob davridan keyingi davrdagi 
    yetkazishgacha bo‘lgan vaqt ichida uzluksizlikni ta'minlash uchun xizmat qiladi. 
    Tayyorgarlikli zaxiralar - bu ishlab chiqarish jarayonida ishlatishdan oldin qo‘shimcha 
    tayyorgarlikni talab qiluvchi ishlab chiqarish zaxiralarining bir qismidir. 
    Nolikvid zaxiralar - bu uzoq vaqt davomida ishlatilmaydigan ishlab chiqarish yoki 
    tovar zaxiralaridir. Ular, saqlash jarayonida tovarlar sifatining yomonlashishi, ma'naviy 
    eskirishi munosabati bilan paydo bo‘ladilar. Shuningdek bu zaxiralarga, endilikda ishlab 
    chiqarilmaydigan mahsulot uchun mo‘ljallangan zaxiralar ham kiradi. 
    Yo‘ldagi zaxiralar - bu hisob vaqtida tashilayotgan, ya'ni yo‘lda bo‘lgan zaxiralardir. 
    Zaxiralarni yo‘ldagi vaqti deganda, transportga ortilganidan to manzilgacha yetib kelishi 
    uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Bu ko‘rsatkich shartnomada kelishilgan, hamda turli 
    transportlar uchun mavjud me'yorlar bo‘yicha belgilanadi. 
    7.4. Zaxira o‘lchamini aniqlash 
    1. 
    Buyurtma qilinadigan partiyaning optimal o‘lchamini aniqlash. 
    Zaxiralarni to‘ldirish tizimi tanlangandan so‘ng, buyurtma kattaligini va takrorlanish 
    vaqtini miqdoran aniqlash lozim bo‘ladi. 
    Buyurtmaning optimal kattaligi va chastotasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 

    talab hajmi; 

    transport-tayyorlov xarajatlari; 

    zaxirani saqlashga bo‘lgan xarajatlar. 
    Buyurtma o‘lchami oshganda transport-tayyorlov xarajatlari kamayadi, chunki 
    tovarlarni sotib olish va tashish katta partiyalarda, va demak kamroq amalga oshiriladi. Bu 
    bog‘liqlikning grafigi 7.2-rasmda tasvirlangan. 
    7.2- 
    Rasm. Transport-tayyorlov xarajatlarini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi 
    Optimallik mezoni sifatida transport-tayyorlov va saqlashga bo‘lgan xarajatlar 
    summasining minimumi olinadi. 
    Ushbu ikkala xarajatlar ham buyurtma o‘lchamiga bog‘liq, ammo ularning bog‘liqlik 


    darajalari turlicha. 
    Saqlashga bo‘lgan xarajatlar esa buyurtma o‘lchamiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bu 
    bog‘liqlikning grafigi 7.3 rasmda keltirilgan. 
    Yuqoridagi ikkita grafikni qo‘shib, transport-tayyorlov va saqlash xarajatlarini 
    buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziqqa ega bo‘lamiz. Ko‘rib 
    turganimizdek bu egri chiziq minimum nuqtasiga ega, aynan shu nuqtada xarajatlar yig‘indisi 
    minimumga teng bo‘ladi. Ushbu nuqtaning abssissasi esa buyurtmaning optimal o‘lchami 
    qiymatini aks ettiradi. 

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    qoldiqlari kiradi. Zaxiralarning ushbu turi hisob davridan keyingi davrdagi

    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish