• 3.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning ananaviy va logistik konsepsiyalari
  • bog‘langan makrodarajadagi logistik jarayon ishtirokchilaridan farqli ravishda)




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/55
    Sana24.01.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #144782
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
    Geometriya, yelpig\'ich, 7 dars Funksiya argumenti oynasi, lmc, Maxmudova Xurshida, Investitsiyalar tahlili sillabus, U.Feruza nazariya1, Shoxida, 15-ma\'ruza.Aniq integral, Badiiy asar tili BMI, Тату низом, Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri beril, 1-Laboratoriya ishi, 946981
    bog‘langan makrodarajadagi logistik jarayon ishtirokchilaridan farqli ravishda). 
    Ishlab chiqarish logistikasida ko‘riladigan logistik tizimlar, ichki ishlab chiqarish 
    logistik tizimlari nomi bilan yuritiladi. Ularga: sanoat korxonalarini, ombor 
    inshootlariga ega ulgurji savdo korxonalarini, xo‘jalik hamda fermer xo‘jaliklarini va 
    boshqalarni kiritish mumkin. 
    Ichki ishlab chiqarish logistik tizimlarini mikro va makro darajalarda ko‘rib 
    chiqish mumkin. 
    Makrodarajada ishlab chiqarish logistik tizimlari makrologistik tizimlarning 
    unsurlari sifatida namoyon bo‘ladilar. Ular moddiy oqimlar manbalari bo‘lib, ushbu 
    tizimlar ishining bir tekis borishini ta'minlaydilar. Makrologistik tizimlarni tashqi muhit 
    o‘zgarishlariga moslashuvi, ularning ichidagi ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari 
    ishlab chiqaradigan mahsulotning assortimenti va miqdorini tez o‘zgartira olish 
    qobiliyatiga bog‘liq. 
    Mikrodarajadagi ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari, bir-biri bilan o‘zaro 
    munosabatda va aloqalarda bo‘lib, ma'lum birlikni, butunlikni vujudga keltirgan 
    tizimchalar qatoridir. Bu tizimchalar: xaridlar, omborlar, zaxiralar, ishlab chiqarishga 
    xizmat ko‘rsatish, transport, axborot, sotish va kadrlardir. Ular moddiy oqimni tizimga kirishi, 
    undan o‘tishi va chiqib ketishini ta'minlaydilar. Logistika konsepsiyasiga muvofiq ichki ishlab 
    chiqarish logistik tizimlarining yaratilishi, korxona ichidagi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish 
    bo‘g‘inlarining rejalari va ishlarini doimiy ravishda o‘zaro kelishilishi va to‘g‘rilanib borishi 


    imkoniyatini ta'minlashi lozim. 
    3.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik konsepsiyalari 
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z 
    ichiga oladi: 
    - ortiqcha zaxiralardan voz kechish; 
    - asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz 
    kechish; 
    - iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish
    - uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish; 
    - sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish; 
    - xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish; 
    - yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish. 
    Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi 
    quyidagilardan iborat: 
    -mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish; 
    -«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish. 
    Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni tashkil 
    etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay bo‘lsa, logistik 
    konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir. 
    Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bozor 
    konyukturasini hisobga olib ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun asosiy 
    ishlab chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab 
    chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tannarxi shuncha kam bo‘ladi. 
    Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi. 
    Bozorga iste'molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat sharoitida 
    ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bozor talabini muntazam 
    emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar yaratish va saqlash maqsadga 
    muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi bitta buyurtmani ham qo‘yib 
    yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob qaytara oladigan, egiluvchan ishlab 
    chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. 

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    bog‘langan makrodarajadagi logistik jarayon ishtirokchilaridan farqli ravishda)

    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish