|
Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc
|
bet | 19/44 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #249215 |
Bog'liq Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)Akustik razvedka vositalari. Umumiy holda akustik razvedka obyektning ishlab chiqarish shovqinlarini yoki nutqli axborotlarni tutib olish bilan amalga oshiriladi.
Foydalanish usuliga ko‘ra akustik axborotlarni tutib olish vositalarini ikki toifaga bo‘lish mumkin:
Himoyalangan obyektga fizik jihatdan kiritilishi talab etiluvchi vositalar:
radioo‘rnashmalar;
IQ-diapazondagi akustik axborotlarni uzatuvchi o‘rnashmalar;
220 voltli tarmoq orqali uzatuvchi o‘rnashmalar;
telefon tarmoqlari orqali axborot uzatuvchi o‘rnashmalar;
diktofonlar;
o‘tkazgichli mikrofonlar;
“telefon quloq”lari.
Himoyalangan obyektga fizik jihatdan kiritilishi talab etilmaydigan vositalar:
“mikrofon effekti”dan foydalanuvchi qurilmalar;
stetoskoplar;
lazerli mikrofonlar;
yo‘naltirilgan mikrofonlar.
Radioo‘rnashmalar. Bunday qurilmalarning vazifasi himoyalangan obyektdan akustik axborotlarni radiokanallar orqali uzatib berishdir. O‘rnashmalar alohida modul sifatida turli kundalik maishiy buyumlar (masalan zajigalka, kalkulator, avtoruchka va boshq.) ko‘rinishida tayyor- lanishi mumkin. Radioo‘rnashmalarning tashqi ko‘rinishlari 8, 9, 10- rasmlarda keltirilgan.
rasm. Zajigalka ko‘rinishidagi radioo‘rnashma.
rasm. Tanga ko‘rinishidagi radioo‘rnashma.
rasm. Oddiy ko‘rinishdagi radioo‘rnashma.
Radioo‘rnashmalar radiodiapazondagi elektromagnit to‘lqinlar yordamida axborotlarni uzatadi. Mazkur usuldan foydalanishda albatta qabul qiluvchi qurilma kerak bo‘ladi. Bunday qabul qiluvchi qurilma sifatida oddiy maishiy buyumlar (pleyer, musiqa markazi, magnitofon kabilar)dan foydalanish mumkin. Faqatgina bu yerda radioo‘rnashmaning qaysi chastotada ishlayotganini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu esa g‘arazgo‘y kimsaga qo‘l kelib, uni maxsus qabul qilish qurilmasini sotib olishga majbur qilmaydi. Shuningdek, bu holda ushbu signalni boshqa kimsalar ham tutib olish ehtimolini vujudga keltiradi.
Akustik axborotlarni tutib olish texnik vositalariga diktofonlar ham kiradi. Diktofon – tovushli axborotni tasmaga, ichki xotira mikro- sxemasiga qayd qiluvchi qurilma. Turli diktofonlarning yozib olish vaqti turlicha bo‘lib, u 15 minutdan 8 soatgacha bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy raqamli diktofonlar axborotni ichki xotiraga bir necha soat mobaynida yozib olish imkoniyatini beradi. Bu diktofonlar deyarli shovqinsiz bo‘lib, o‘z xotirasidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga o‘tkazish va keyinchalik uni qayta ishlashga sharoit yaratadi.
rasm. Edic-Mini Tiny B21 rusumli mini-diktofon.
Ko‘pchilik diktofonlarning elektr manbasi batareykalar bo‘lib, ularning og‘irligi o‘nlab yoki yuzlab grammlarni tashkil etadi. Shuning uchun zamonaviy diktofonlar juda ham kichik o‘lchamlarga (11-rasm) ega bo‘lib, ularni himoyalangan obyektning ixtiyoriy joyiga o‘rnatish mumkin. Bino yoki inshoatlarni qurish yoki ta’mirlash jarayonida ularga yashirin ravishda kichik o‘lchamli mikrofonlarni o‘rnatib qo‘yish mumkin. Mikrofonlar simlar orqali signalni qabul qiluvchi qurilmaga ulanadi va ular manbadan 7-10 metr uzoqlikdagi nutqlarning o‘rtacha tovushlarini qayd qila oladi. Bunda chastota diapazoni 20 – 100 Gs dan 6 – 20 kGs gachani tashkil etadi. Bunday mikrofonlar elektr manbaining doimiy kuchlanishi 9-15 voltga teng. Odatda mikrofon kuchaytirgich bilan ta’minlanadi. Axborotni uzatish va kuchaytirgichni elektr manbai bilan
ta’minlash uchun 2 yoki 3 talik simlardan foydalaniladi.
rasm. 3 ta simli Shorox-8 mikrofoni.
Akustik axborotlarni telefon tarmog‘i orqali uzatish uchun “telefon quloq” turidagi o‘rnashmalardan foydalaniladi. Ushbu qurilma telefon korpusiga yoki telefon rozetkasiga yashirin ravishda o‘rnatiladi (13-rasm). U kuchaytiruvchi qurilma va telefon liniyasiga ulanish imkonini beruvchi maxsus qurilmaga ega bo‘lgan elektret (qutblangan dielektrik) turidagi mikrofondan iborat.
rasm. TU-2 rusumli "Telefon quloq".
Himoyalangan obyektga fizik jihatdan kiritilishi talab etilmaydigan vositalar. Agar himoyalangan binoda deraza yoki fortochka ochiq bo‘lsa, u holda undan akustik axborotlarni tutib olishda yo‘naltirilgan mikrofon- lardan foydalanish mumkin. Yo‘naltirilgan mikrofonlar quyidagi turlarga ajratiladi: parabolik, trubkali, yassi va gradiyentli. Ular orasidan dastlabki uchtasi ko‘proq qo‘llaniladi.
|
| |