Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc




Download 0,89 Mb.
bet20/44
Sana21.05.2024
Hajmi0,89 Mb.
#249215
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)

Parabolik mikrofon markazida oddiy mikrofon joylashgan, parabola shaklidagi optik jihatdan yaltiroq yoki yaltiroq bo‘lmagan materialdan iborat 20-30 sm diametrga ega bo‘lgan tovushni qaytaruvchi moslamadan iborat (14-rasm).



  1. rasm. Parabolik mikrofon sxemasi.

O‘q yo‘nalishidagi tovush to‘lqinlari parabolik oynadan qaytib, A fokus nuqtasida faza bo‘yicha jamlanadi. Bu yerda tovush maydonining kuchayishi sodir bo‘ladi. Parabola oynasining diametri qancha katta bo‘lsa, qurilma tovushni shuncha katta kuchaytirish imkonini beradi. Agar kela- yotgan tovush to‘lqinining yo‘nalishi o‘q yo‘nalishiga mos kelmasa, u holda A nuqtaga yig‘ilayotgan signallar yig‘indisi bir fazaga jamlanmaydi va oqibatda kuchaytirish kam natija beradi. Kelayotgan tovush signali va o‘q yo‘nalishi orasidagi burchak ortib borgani sari kuchaytirish tobora kama-


yib boradi. Shunday qilib qurilmaning burchakli tanlash vaziyati yuzaga keladi. Parabolik mikrofonlarning tashqi ko‘rinishi 15-rasmda keltirilgan.



  1. rasm. "Super Uxo 100" rusumli parabolik mikrofon.

Yassi mikrofon tuzilishi fazalangan akustik panjara shaklida bo‘lib, uning tugunlarida mikrofonlar joylashtiriladi. Ulardan kelayotgan signallar jamlanib, kuchaytiruvchi qurilmaning kirishiga uzatiladi. Bunday qurilma kelayotgan tovush yo‘nalishiga perpendikular joylashtirilgan biror tekislikning aniq bir nuqtalarida tovush to‘lqinini qabul qilish g‘oyasiga asoslangan. Agar tovush to‘lqini o‘q yo‘nalishiga mos ravishda kelsa, ya’ni panjara sirti tekisligi tovush yo‘nalishiga perpendikular joylashsa, qabul qilinayotgan signallarning fazalari mos keladi va tovush maksimal darajada bo‘ladi. Aksincha, panjara sirti tekisligi tovush yo‘nalishiga perpendikular joylashmasa, bunda turli mikrofonlarda qabul qilinayotgan signallar fazasi orasida farq yuzaga keladi. Shu sababli, tovush yo‘nalishi va panjara sirti tekisligi orasidagi burchak qanchalik ortib borsa, signalning kuchaytirilishi shunchalik kamayib boradi.



  1. rasm. G.R.A.S. firmasining yassi mikrofoni.

Akustik razvedkalar uchun mo‘ljallangan yuqoridagi kabi qurilmalar- dan foydalanishda g‘arazgo‘y kimsalardan alohida bilim darajasi talab etiladi. Mini-diktofon yoki mikrofonni o‘rnatib, undan yopiq bino ichida foydalanish uchun avvalo, qurilmalar ishlashining fizik mohiyatini yaxshi bilish zarur. Akustik razvedka uchun u yoki bu vositani tanlash birinchi galda egallanmoqchi bo‘lgan axborotning qiymatiga bog‘liq. Har qanday holatda ham axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis axborot himoya obyektlarini joylashishi va faoliyatini samarali tashkil etishi uchun axbo- rotni noqonuniy egallab olishning qanday tahdidlari mavjudligini bilishi lozim.



Download 0,89 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Download 0,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc

Download 0,89 Mb.