|
Axborotni chiqib ketish radioelektron kanallari
|
bet | 17/44 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #249215 |
Bog'liq Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)Axborotni chiqib ketish radioelektron kanallari. Radioelektron kanallar demaskirovka belgilariga ko‘ra axborotni tutib olishning asosiy kanali hisoblanadi.
Radioelektron vositalar va elektr qurilmalari faoliyat ko‘rsatish jarayonida ular atrofida yondosh elektromagnit maydon nurlanishi yuzaga kelib, ular himoyalangan axborotni o‘zida saqlashi mumkin. Aksariyat hollarda statik va dinamik zaradlarga ega bo‘lgan elektr toki zanjirlari ana
shunday nurlanish manbalari bo‘ladi. Elektr zanjirida axborotni bevosita qayta ishlash jarayonida axborotni o‘zida aks ettiruvchi yondosh nurlanishlar vujudga keladi.
Elektromagnit maydonning nurlanish turi va uning tarqalish xusu- siyati maydonning tebranish chastotasi va nurlantirgich turiga bog‘liq. Bunga asoslangan holda past chastotali va yuqori chastotali xavfli nurlanishlar farqlanadi.
Tovush kuchaytiruvchi qurilmalar (mikrofon, audiomagnitofon, telefon apparati, ularni bog‘lovchi kabellar va shu kabilar)dan tarqaluvchi tovush diapazonidagi nurlanishlar past chastotali hisoblanadi.
Radioelektron vositalar zanjiridan nurlanuvchi, yuqori chastotali signallar tarqatuvchi elektromagnit maydonlar yuqori chastotali xavfli nurlanishlarga taalluqli bo‘lib, ular o‘zida himoyalangan axborotni mujas- samlaydi. Audio- va videomagntofonlarning o‘chirish va magnitlash gene- ratorlari, monitor va televizorlarning elektron-nur trubkalari, kompyuter- ning yuqori chastotali signallar bilan ishlovchi elementlari kabilar bunday nurlanishlarni tarqatuvchi qurilmalarga misol bo‘lishi mumkin.
Real hayotda elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishiga to‘siqlarning ko‘pligi sababli ularning tarqalish xususiyati juda ham murakkab hisoblanib, ularni aniq bir matematik ifodalashning imkoni yo‘q.
Radiosignallarni tutib olish vositalari. Elektromagnit, elektr, magnit maydonlarni hamda axborotga ega bo‘lgan elektr signallarini tutib olish radio- yoki radiotexnik razvedka deb ataladi. Uning asosiy bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
muhitda tarqaluvchi signallarni topish;
signallarni kuchaytirish;
qabul qilinayotgan signallarni tahlil qilish va ulardan axborotni yechib olish;
signal manbai joylashgan manzilni aniqlash.
Radiosignallarni tutib olishning namunaviy kompleksiga quyidagi- larni kiritish mumkin:
qabul qiluvchi antenna;
radiopriyemnik;
signalning texnik xususiyatini tahlil qiluvchi qurilma – analizator;
radiopelengator;
ro‘yxatga oluvchi qurilma.
Radio- yoki radiotexnik razvedka vositalariga quyidagilar kiradi:
portativ skanerlovchi priyomniklar (qabul qiluvchi qurilmalar), spektrning raqamli analizatorlari, radiotesterlar va boshq.;
radiotelefonlar va uyali aloqa vositalarini nazorat qiluvchi maxsus vositalar;
skanerlovchi priyomniklar asosida qurilgan dasturiy-apparat komplekslar;
portativ radiopelengatorlar va boshqalar.
Skanerlovchi priyomniklar radiorazvedkalarni o‘tkazishda keng qo‘llanilib, ular o‘lchami va vazniga ko‘ra portativ (qo‘lda olib yuruvchi) va tashib yuriluvchi turlariga bo‘linadi. Portativ skanerlovchi priyomnik- larning vazni 150-350 grammni tashkil etib, ular avtonom tok manbaiga ega bo‘ladi. O‘zining ixchamligi va yengilligiga qaramay bunday priyom– niklar 100-500 kGs dan 1300 MGs gacha, ayrimlar hatto 2060 MGs (“HSC-050”) bo‘lgan chastota diapazonidagi razvedkani olib borish imkonini beradi. Portativ skanerlovchi priyomniklar 100 dan 1000 tagacha xotira kanallariga ega bo‘lib, bir soniyada sozlashning 50-500 Gs dan 50- 1000 kGs gacha chastota qadamida 20 dan 30 tagacha kanallarni skanerlash tezligini ta’minlaydi. Bunday priyomniklarning ayrimlarini, masalan AR-2700, AR-8000, IC-R20, IC-R10 rusumlilarini kompyuter yordamida boshqarish mumkin. AR-8000 va IC-R20 rusumidagi portativ skanerlovchi priyomniklarning umumiy ko‘rinishlari 4-rasmda keltirilgan. Icom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan IC-R20 rusumidagi portativ skanerlovchi priyomnigi o‘zining mukammalligi bilan ajralib turadi. Ushbu priyomnik signallarni qabul qilishda yuqori sifatni kafolatlash bilan birga bir vaqtning o‘zida ikki xil chastotada kuzatish olib borish imkonini
beradi. Uning og‘irligi 320 grammni tashkil etadi.
AR-8000 rusumidagi portativ skanerlovchi priyomnik.
IC-R20 rusumidagi portativ skanerlovchi priyomnik.
rasm. Portativ skanerlovchi priyomniklar.
Tashib yuriluvchi skanerlovchi priyomniklar portativ skanerlovchi priyomniklardan o‘zlarining katta hajmi va og‘irligi bilan farqlanadi. Ular- ning og‘irligi 1,2 kg dan 6,8 kg gacha bo‘lishi mumkin. Hajm va massaning ortishi bilan priyomniklarning funksional imkoniyatlari ham ortib boradi. Tashib yuriluvchi skanerlovchi priyomniklarning deyarli barchasi kom- pyuter yordamida boshqarilishi mumkin. AR-3000A rusumli tashib yuriluv- chi skanerlovchi priyomnikning umumiy ko‘rinishi 5-rasmda keltirilgan.
rasm. AR-3000A rusumli tashib yuriluvchi skanerlovchi priyomnik.
Har ikki turdagi skanerlovchi priyomniklar quyidagi rejimlardan birida ishlashi mumkin:
berilgan chastota diapazonida avtomatik skanerlash rejimi;
fiksirlangan chastota bo‘yicha avtomatik skanerlash rejimi;
qo‘lda boshqarish rejimi.
Radiotexnik razvedkalarda skanerlovchi priyomniklar bilan bir qatorda spektr analizatorlaridan ham foydalanish mumkin.
Spektr analizatorlari juda keng chastota diapazonidagi signallarni qabul qilish va ularning tuzilishini tahlil qilish imkonini yaratadi. Portativ analizatorlar o‘rtacha 9,5 dan 20 kg gacha og‘irlikka ega bo‘lishi mumkin. Bunday qurilmalarning signal kattaliklarini o‘lchash aniqligi juda ham yuqori bo‘lib, sezgirligi 125-145 Db ni tashkil etadi. Shu sababli ham ular qimmatbaho hisoblanadi. Tektronix firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan RSA5103A rusumli analizatorning umumiy ko‘rinishi 6-rasmda keltirilgan.
rasm. RSA5103A rusumli spektr analizatori.
|
| |