36
kamayadi. Yakor pazlaridagi chulg‘am seksiyalarini maxsus ponalar bilan,
pazdan tashqari qismlarini esa bandaj (kamar)lar bilan mahkamlanadi.
Kollektor (yig‘uvchi) sovuq holda jo‘valangan qattiq mis-dan tayyorlangan
ponasimon kesimli plastinalardan silindr shaklida yig‘iladi. Plastinalar bir-
biridan mikanit qistirmalar bilan izolyatsiyalanadi. Kam va o‘rta quvvatli
O‘T mashinalarida kollektor plastinalari va mikanit qistirmalar plastmassa
yordamida presslab mahkamlanadi (5.6,
b-rasm).Yig‘ilgan kollektor
qizdirilgan holda valning yakor chulg‘ami yoniga joylashtirib
mahkamlanadi. Kollektor plastinalarining yakor chulg‘ami tomonidagi
chiqib turadigan qismiga chulg‘am seksiyalari kavsharlanadi. Kollektor
plastinalari yakor chulg‘ami o‘ramlarini ketma-ket ulaydi. Kollektor yakor
chulg‘ami bilan birga aylanadi, uning yuzasida chulg‘amni tashqi elektr
zanjiri bilan bog‘lovchi cho‘tkalar traversaga (yoki podshipnik qalqoniga)
mahkamlangan cho‘tka tutqichlar yordamida qo‘zg‘almas holatda tutib
turiladi.
Traversa – zarurat tug‘ilganda cho‘tkalar sistemasini mashina
qutblariga nisbatan siljitish imkonini beruvchi qurilmadir (5.7-rasm).
Cho‘tkalar va qo‘zg‘atish chulg‘amidan chiqqan simlar maxsus klemma
(qisqich)lar taxtachasiga chiqarilgan bo‘ladi