38
O‘zgarmas tok mashinasining generator rejimda ishlash prinsipi. O‘T
mashinasining rotori birlamchi motor
bilan aylantirilganda yakor
chulg‘ami o‘tkazgichlari qo‘zg‘atgich chulg‘ami magnit maydonini kesib
o‘tishi tufayli ularning har birida elektromagnit
induksiya hodisasiga
binoan o‘zgaruvchan EYK hosil bo‘ladi. Uning oniy qiymati quyidagiga
teng:
e = B
l v,
(5.1)
bunda V – magnit maydon induksiyasi;
l – o‘tkazgichning uzunligi;
v – tezlik.
EYK ning yo‘nalishi «o‘ng qo‘l» qoidasi bilan aniqlanadi.
Yakorning burchak tezligi v (yoki
aylanish
chastotasi n) o‘zgarmas
bo‘lsa yakor chulg‘ami EYK ning kattaligi va yo‘nalishi mashina havo
oralig‘i magnit induksiyasining kattaligi va yo‘nalishi
bilan aniqlanar
ekan.
O‘T generatorining ishlash prinsipini eng oddiy O‘T generatori
misolida ko‘rib chiqamiz (5.9-rasm). Bunda mashinaning magnit qutblari
orasida erkin aylanadigan po‘lat silindrga ikkita («
ab» va «
cd»)
o‘tkazgichning ketma-ket ulanishidan hosil bo‘lgan bitta o‘ram o‘rnatilgan
bo‘lib, u yakor chulg‘amining eng oddiy bir qismidir. Yakor o‘ramining
uchlari 2 ta yarim halqaga ulangan. Yarim halqalarga 2 ta qo‘zg‘almas
cho‘tka tegib turadi. Yakor aylantirilganda yarim halqalar o‘tkazgichlar
bilan mos aylanadi. Mazkur yarim halqalar ko‘rilayotgan oddiy O‘T
mashinasining kollektoridir.
5.8-rasm. Нar xil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok mashinalarining
elеktr sxеmalari:
a) mustaqil; b) parallеl; c) kеtma-kеt; d) aralash; e) doimiy
magnitli
39
O‘tkazgichda hosil bo‘lgan EYK ning vaqt bo‘yicha o‘zgarish
grafigi
mashina havo oralig‘ida magnit induksiyaning taqsimlanish shakliga mos
keladi.
Yakor aylanganda uning chulg‘am o‘tkazgichlari («
ab»,«
cd»)
magnit
maydonda magnit induksiyaning kattaliklari har xil bo‘lgan holatlarni
egallaydi (5.9,
b-rasm). Bunda o‘tkazgichlar har xil magnit qutblar tagidan
o‘tgani tufayli unda hosil bo‘lgan EYK va, demak, yakor chulg‘amidagi
tok ham sinusoidal shaklda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yakor 180
ga
burilganda o‘ramdagi EYK (yoki tok) ning yo‘nalishi teskariga o‘zgaradi.
Lekin cho‘tkalar qutbiyligi (ishorasi) va zanjirning tashqi qismida tokning
o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan paytda cho‘tkalar
tagidagi kollektor
plastinalarining ham joyi almashinadi.