37
5.7-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining cho‘tka mеxanizmi:
a – travеrsa; b – cho‘tka tutqich va cho‘tkalar: 1 – cho‘tka
tutqichni
mahkamlash uchun izolyatsiyalangan barmoq; 2– barmoqni qisuvchi
kronshtеyn; 3 – chotkalarning kollektortordagi holatini belgilash
uchun
bolt; 4 – cho‘tka tutqich; 5 – sim; 6 va 7– cho‘tkani kollektorga
siquvchi qismlar; 8 – cho‘tka va kollektor orasidagi bosimni rostlash
uchun gayka; 9– prujina; 10 – cho‘tka; 11– cho‘tkani o‘rnatish uchun
moslama.
O‘T mashinasini sovitish uchun uning valiga ventilyator o‘rnatiladi.
Valning ikkala tomoniga podshipnik qalqonlari mahkamlanadi.
O‘T mashinalari qo‘zg‘atilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi
(5.8-rasm): mustaqil,
ketma-ket, parallel, aralash qo‘zg‘atishli va doimiy
magnitli O‘T mashinasining mustaqil qo‘zg‘atishli turida qo‘zg‘atish
chulg‘amiga tashqi O‘T manbayidan tok
berib asosiy maydon hosil
qilinadi (5.8,
a-rasm); parallel qo‘zg‘atishlida (5.8,
b-rasm) mashinaning
asosiy magnit maydoni qutb o‘zagidagi qoldiq magnit oqimi ta’sirida,
ya’ni o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish hodisasi tufayli hosil bo‘ladi;
ketma-ket
qo‘zg‘atishli turida (5.8,
c-rasm) mashinaning asosiy maydoni yuklama
ulangandan keyingina hosil bo‘ladi, chunki qo‘zg‘atish chulg‘ami
yakor
chulg‘amiga ketma-ket ulangan bo‘ladi; aralash qo‘zg‘atishli turida (5.8,
d-
rasm), salt ishlash rejimda mashinaning asosiy magnit maydonini parallel
qo‘zg‘atishli chulg‘am
hosil qiladi, yuklama bilan ishlaganda esa
qo‘zg‘atish maydonini parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlarining
natijaviy maydoni tufayli hosil bo‘ladi.
O‘T mikromashinalarining ko‘pchiligida
mashinaning asosiy maydoni
doimiy magnit vositasida hosil qilinadi (5.8,
e-rasm). Bu holda
mashinaning qo‘zg‘atish chulg‘ami vazifasini doimiy magnit bajaradi.