Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Ishni tugatib, Santyago xo‘jayindan ovqat so‘radi. 
— Yurchi men bilan, — dedi unga javoban xo‘jayin. 
Eshikka “Tushlik payti” deb yozilgan lavhachani ilib, u Santyagoni tor ko‘chaning baland 
joyidagi yemakxonaga olib bordi. Ular bu yerdagi yagona stol-ga kelib o‘tirishdi. 
Billur sotuvchi kuldi:
— Idishlarni tozalashingga hojat yo‘q edi. Qur’onda och odamning qornini to‘ydirish 
buyurilgan. 
— Nega siz meni to‘xtatmadingiz? 
— Chunki idishlar kir edi. Qolaversa, ikkalamiz ham miyamizni keraksiz lash-lushlardan 
tozalashimiz zarur-ku. 
Ovqatlanib bo‘lishgach, savdogar dedi: 
— Sen mening do‘konimda ishlasang deyman. Bugun, sen idishlarni artib 
tozalayotganingda ikkita xaridor keldi —bu xayrli alomat. 
“Odamlardan belgi-alomatlar haqida tez-tez eshitasan, — o‘yladi cho‘pon bola, — biroq 
ular o‘zlari aytishayotgan gaplarining fahmiga borishmaydi. O‘zim-chi, o‘zim ham, 
ma’nisiga bormay necha yil qo‘ylarim bilan so‘zsiz tilda gaplashib yurdim-ku”.
— Xo‘sh, nima deysan — tiqilinch qildi savdogar. — Mening do‘konimda ishlaysanmi? 
— Tong otguncha hamma idishlarni yuvib tozalayman, — javob qildi 
bo‘zbola. — Haqiga menga Misrga yetib olishimga yetarli pul berasiz. 
Savdogar chol yana kulib yubordi. 
— Mening do‘konimda yil bo‘yi billur idishlarni yuvib, buning ustiga 
har bir sotilgan idish pulidan yaxshigina foiz olib tursang ham 
Misrgacha yetadigan pul topolmaysan, baribir qarz ko‘tarishingga 
to‘g‘ri keladi. Tanjer bilan Misr orasi — minglab kilometr sahro.
Bir daqiqa og‘ir jimlik cho‘kdi, go‘yo butun shahar uyquga 
cho‘mganday bo‘ldi. Bozorlar, o‘z molini maqtab yotgan savdogarlar, 
minoraga chiqib azon aytayotgan kishilaru, dastasi hashamli qilichlar — bari g‘oyib 
bo‘ldi. Umid va sarguzashtlar ishtiyoqi, keksa podshoh va Taqdir Yo‘li, xazina va 
ehromlar o‘z-o‘zidan yo‘qoldi-yitdi. Dunyoni o‘lik sukunat o‘z zabtiga oldi. Chunki 
Santyagoning ruhi tamom cho‘kib ketgan edi. U na og‘riqni, na azobni va na afsus-
nadomatni his etar, nigohi yemakxonaning ochiq eshigiga qarab qotib qolgan va faqat 
juda-juda o‘lgisi kelar, hammasi hozirning o‘zidayoq butkul yo‘q bo‘lishini istardi.
Savdogar unga qarab qoshini kerdi — ertalab, haligina bu bola quvnoq ko‘ringan edi. 
Endi qovog‘idan qor yog‘ayapti: quvnoqligidan asar ham qolmadi.
— Men senga, o‘g‘lim, vataning-ga borib olishing uchun yetadigan pul bera olaman, — 
dedi savdogar. 
Bo‘zbola indamadi. Keyin o‘rnidan turdi, kiyimlarini tortib to‘g‘riladi va to‘rvasini qo‘liga 
oldi. 
— Men do‘koningizda qolib ishlayman, —dedi u. 
Va biroz sukut saqlab, qo‘shib qo‘ydi:
— Menga pul kerak, to‘rt-beshta qo‘y sotib olishim uchun. 

Download 308,52 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish