Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
nimani xohlayotganini aniq biladigan kishiga yordam beradi, degandi. U toshlardan: 
qariyaning menga bildirgan tilaklari hali o‘z ta’sirini yo‘qotgani yo‘qmi, deb so‘radi va 
qo‘lini to‘rvadan chiqardi: 
— Yo‘q, — javob qildi tosh. 
— Men xazinani topa olamanmi? — so‘radi Santyago. 
U yana to‘rvaga qo‘lini tiqdi va toshlarni aralashtirib javobni olaman deganida ikkala tosh 
ham to‘rvaning teshigidan tushib ketdi. Negadir u oldinlari to‘rvaning eskirib qolganini 
sezmagandi. Santyago toshlarni yerdan terib olib, ularni tag‘in yashirish uchun egilgan 
chog‘da miyasiga bir yangi fikr keldi: “Belgilarga e’tibor bilan qarashga va ularga 
ergashishga o‘rgan”, — degandi qariya. 
Belgi! Santyago kulib yubordi. Keyin darhol yerdan toshni olib, to‘rvasiga tiqdi. U 
to‘rvaning teshigini tikishni xayoliga ham keltirmaydi, chunki xohlagan damda toshlar 
to‘rvani tark etishi mumkin. U tushundi, dunyoda shunday narsalar borki, ular haqida 
so‘rab-surishtirish befoyda — bu o‘z taqdiringdan qochib qutila olmasligingga o‘xshaydi. 
“Axir, men qariyaga faqat o‘zim qaror qabul qilaman, deb va’da berganman-ku”, — dedi 
u ichida. 
Biroq toshlar unga qariyaning hali ham u bilan birga ekanidan ishora berdi va bu 
bo‘zbolada ishonch uyg‘otdi. U yana bo‘m-bo‘sh maydonga ko‘z yugurtirdi, biroq endi 
uning nigohi oldingiday umidsiz emas edi. U yot bir dunyoga kelib qolmagan, shunchaki 
yangi bir joyda edi. 
Axir, unga ayni shu — yangi joylarni ko‘rish yoqardi-da. Agar ehromlargacha yetib 
borish nasib etmasa-da, achinmaydi, chunki u har qanday cho‘pondan ham ko‘proq 
narsalarni ko‘rdi, bildi. 
“Ular bilsaydi, — o‘yladi bo‘zbola, — atigi ikki soatli yo‘l narisida hammasi mutlaqo 
boshqacha ekanini”. 
Yangi dunyo hozir uning ko‘z o‘ngida o‘lik maydonga aylanib yotardi, biroq haligina bu 
joyda hayotning qaynab-toshganini ko‘rishga u ulgurdi va endi buni hech qachon 
unutmaydi. U o‘zi ko‘rgan qilichni ham esladi: ha, ikki daqiqali tomosha uchun ko‘p 
pulidan ajrab qolishiga to‘g‘ri keldi, biroq bunday narsani u avval hech qachon 
ko‘rmagandi-da. Tuyqusdan Santyago dunyoga nafaqat tovlamachi va yaramas 
kimsaning qurboni bo‘lgan odam ko‘zi bilan, balki jasur xazina qidiruvchi va 
sarguzashtlar ishqibozining nigohi bilan ham qaray olishini anglab qoldi. 
— Men — jasur xazina qidiruvchi va sarguzashtlar ishqiboziman, — ming‘irladi u uyquga 
ketarkan.
Kimdir biqinidan turtganidan u uyg‘onib ketdi. Santyago qoq o‘rtasida tunagan bozor 
maydoni tong otishi bilan tag‘in jonlana boshlagan edi. 
Odatiga ko‘ra, qo‘ylarni ko‘rmoqchi bo‘lib alanglarkan Santyagoning uyqusi butkul ochildi 
va o‘zining yangi bir olamda ekani yodiga tushdi, esladi, biroq bundan ko‘ngli cho‘kmadi, 
aksincha, u baxtiyor edi. Endi qorin g‘amida tentirab yurmaydi — to‘g‘ri xazinaga yo‘l 
oladi! Garchi cho‘ntagida bir miri bo‘lmasayam, ertangi kuniga ishonchi bor, ko‘ngli to‘q. 
Kecha oqshom u sarguzashtlar ishqibozining taqdirini havas qildi, bunday qismatni o‘ziga 
tanladi: endi u bir paytlar kitoblarda o‘qigan qahramonlardan biriga aylanadi. 
Bo‘zbola shoshilmasdan qadam tashlab, bozor maydonining chetidan yurdi. Savdogarlar 
chodirlarini ocha boshlashgandi, u shirinliklar sotadigan bir savdogarga peshtaxtaga 
narsalarini terishga ko‘maklashdi.
Savdogar xursand bo‘lib kuldi; u o‘z hayotidan mamnun, nima uchun yashayotganini 
bilar va yangi ish kunini xush kayfiyat bilan qarshilashga hozirlanayotgan edi. Uning 
kulgisi bo‘zbolaga qariyani — sehrli podshoh Malkisidqni eslatdi.


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish