Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
hech qachon safarga chiqmagan ma’qulmikan?” — o‘yladi bo‘zbola, biroq u qo‘lida 
ushlab turgan toshlar g‘oyibdan unga keksa podshohning quvvati va qat’iyatini 
berayotganday edi. 
G‘aroyib tasodif tufaylimi yoki bu ham bir belgidan darakmi, ishqilib, u hozir Tanjerga 
kelgan birinchi kunda bosh suqqan yemakxonaga kirdi. Albatta, o‘shanda unga duch 
kelgan tovlamachining qorasi ko‘rinmasdi. Xo‘jayin choy keltirdi. 
“Cho‘ponlikka xohlagan paytim qaytaveraman, — o‘yladi Santyago. — Qo‘y boqishni, jun 
qirqishni eplayman va bu yumush bilan pul topa olaman. Biroq boshqa paytda 
ehromlarga borish uchun hozirgiday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Ko‘kragiga oltin sipar 
taqqan qariya mening butun o‘tmishimni bilardi. Menga haqiqiy podshoh va boz ustiga, 
donishmand uchragan edi”. 
Uni Andalusiya dalalaridan atigi ikki soatli yo‘l ajratib turardi, biroq ehromgacha bepoyon 
sahro yastanib yotibdi. Bunga boshqacha qarasa ham bo‘lishini u tushundi: hozir yo‘l 
olsa xazinagacha ketadigan vaqt ikki soatga qisqaradi, garchi u, bu orada, bir yilni 
yo‘qotgan esa-da. 
“Nega qo‘ylarimga qaytib borgim kelayotgani tushunarli: chunki ularni bilaman, yaxshi 
ko‘raman, ularning tashvish ham aytarli ko‘p emas. Biroq sahroga shunday mehr qo‘ysa 
bo‘larmikan? Axir, men intilgan xazinamni aynan sahro o‘z bag‘riga bekitgan-ku. Agar 
uni topolmasam — uyga qaytaman. Bo‘lganicha bo‘ldi, hozir pulim ham, vaqtim ham 
bor, nega bir urinib ko‘rmasligim kerak?” 
Shu daqiqada u juda sevinib ketdi. Cho‘ponlik doimo uning ilkida. Qolaversa, xohlagan 
paytda o‘zi ham billur savdosi bilan shug‘ullana oladi. Albatta, dunyoda xazinalar ham 
ko‘p, biroq boshqa birov emas, aynan uning o‘zi bir tushni ikki marta ko‘rdi va unga 
keksa podshoh duch keldi. 
U yemakxonadan dumog‘i chog‘ bo‘lib chiqdi. Xo‘jayiniga billur yetkazib turadigan, 
sahroda karvon bilan yuradigan bir savdogar yodiga tushdi. Santyago kaftidagi Urim va 
Tumimni siqdi — shu toshlar sharofati tufayli u yana o‘z xazinasini qidirib yo‘lga 
tushishga qaror qildi. 
“Men doimo o‘z Taqdiri yo‘lidan borayotganlar yonidaman”, — u Malkisidq so‘zlarini 
esladi. 
Bu juda oson: savdo omboriga borib, ehromlar bu yerdan uzoq deyishadi, shu rostmi, 
deb so‘rasa bo‘lgani.
Angliyalik o‘tirgan joy ko‘proq og‘ilni eslatardi, bu yerdan ter, chang va mol hidi anqirdi. 
“Mana shunday yovuqda yashash uchun o‘n yil o‘qish lozim bo‘ldi”, — o‘yladi u, kimyoga 
oid jurnalni parishonxotir varaqlarkan. 
Biroq ortga chekingani imkon yo‘q. Belgilarga ergashish kerak edi. U butun umrini bani 
bashar gapiradigan o‘sha yagona tilni topishga bag‘ishladi, shu uchun o‘qidi-izlandi. 
Dastlab u xalqaro sun’iy til — esperanto bilan mashg‘ul bo‘ldi, keyin dunyodagi dinlar 
bilan qiziqdi va nihoyat alkimyoga berildi. Mana endi esperantoda bemalol gapiradi, turli 
diniy e’tiqodlar tarixini puxta biladi, faqat hali alkimyogar bo‘la olgani yo‘q. To‘g‘ri, 
qandaydir sir-sinoatlarni kashf etdi, lekin ayni paytda bir nuqtada turib qoldi va o‘z 
tadqiqotlarida bir qadam ham oldga siljiy olmayotir. Qaysidir bir alkimyogardan ko‘mak 
topishga behuda urindi — ularning bari ichimdagini top deydigan, g‘alati fe’l-atvorli 
odamlar chiqdi, ularning bari faqat o‘zini o‘ylar, biror-bir ko‘mak yo maslahat olish 
dargumon edi. Ehtimol, bunday dargumonlik ularning har narsani oltin qiladigan 
afsonaviy tosh — Iksirning siriga baribir yetisha olmaganliklari tufaylidir. 
Angliyalik otasining merosidan bir qismini o‘zining samarasiz tajribalariga sovurib bo‘ldi. 
U dunyodagi eng boy kutubxonalarda izg‘idi, alkimyoga oid kamyob, o‘ta nodir kitoblarni 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish