Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
“shunday bitilgan” degani. 
U chilimning cho‘g‘larini o‘chira turib, Santyagoga ertadan boshlab billur idishlarda choy 
sotishing mumkin, dedi. Hayot daryosini to‘xtatishning iloji yo‘q. 
Odamlar mashaqqat chekib qiyalikdan yuqoriga o‘rlar va tuyqusdan tepada ro‘paradagi 
do‘konga ko‘zlari tushib qolar, bu joyda ularga bejirim billur idishlarda yaxna xushta’m 
chanqovbosdi choy taklif etishardi. Shunday damda do‘konga bosh suqmay, choydan 
ichmay bo‘ladimi?! 
“Bu mening xotinimning yetti uxlab tushiga ham kirmaydi!” — dedi bir nechta billur idish 
xarid qilgan kishi: shu kuni kechqurun unikiga mehmon keladigan va u ana shu chiroyli 
billurlar bilan ularning ko‘nglini ovlamoqchi edi. 
Boshqa bir xaridor billurda ichilgan choyning ta’mi zo‘r bo‘ladi, choy billurda 
xushbo‘yligini saqlaydi, dedi. Yana biri esa Sharqda azaldan billurda choy ichish an’anasi 
borligini yodga oldi, chunki billur sehrli xususiyatga ega, dedi u. 
Tez orada bu hojatbarorlik ixtirosi hammaning qulog‘iga yetdi va xaloyiq ko‘hna hunarga 
qanday qilib yangidan jon kiritish mumkinligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish ishtiyoqida qirga 
o‘rlab kelaverdi. Bu orada billur idishlarga choy quyib beradigan boshqa qo‘nalg‘alar ham 
paydo bo‘ldi, biroq u joylarga terlab-pishib, mashaqqat chekib o‘rlab borilmasdi, shu bois 
ular bo‘m-bo‘sh edi. 
Ko‘p o‘tmay do‘konga yana ikki nafar dastyor yollashga to‘g‘ri keldi. Endi bu yerda billur 
sotishdan tashqari, yangilikka ishqiboz bo‘lib kelgan son-sanoqsiz kishilarga tinimsiz 
choy ulashilardi. 
Shu taxlit yarim yil o‘tdi. 
Quyosh chiqmay turib Santyago uyg‘ondi. Afrikaga ilk bor qadam bosganidan beri o‘n bir 
oy-yu to‘qqiz kun o‘tibdi. 
U oq matodan tikilgan, atay bugungi kunga deb xarid qilingan arabcha burnusni kiydi, 
boshini ro‘mol bilan yopdi va ustidan tuya terisidan qilingan halqani solib tortdi-da 
shippakni oyog‘iga ilib, ovoz chiqarmay pastga tushdi. 
Shahar hali uyquda. Santyago murabbo bilan bir to‘g‘ram non yedi, billur stakanda 
qaynoq choy ichdi. Keyin do‘konning bo‘sag‘asiga o‘tirib chilim chekdi. 
U shu taxlit yolg‘iz o‘zi xayoliga hech nimani keltirmay, sahro hidini ufirib bir tekis, 
tinimsiz esayotgan shamol sasiga quloq tutib chekib o‘tirdi. Chekib bo‘lib, qo‘lini 
cho‘ntagiga tiqdi — bir necha daqiqa cho‘ntagidan olgan narsaga qarab turdi. 
Uning barmoqlari bir siqim pulni siqib ushlab turardi — bu pullarga qaytish uchun patta 
olsa ham bo‘ladi, yana yuz yigirma bosh qo‘y va tag‘in hozir o‘zi turgan mamlakat bilan 
Ispaniya o‘rtasida savdo qilish uchun ruxsatnoma xarid qilsa ham bo‘ladi. 
Santyago xo‘jayinning uyg‘onib, do‘konni ochishini toqat bilan kutdi. Keyin ular 
birgalikda yana choy ichishdi. 
— Bugun men jo‘nayman, — dedi bo‘zbola. — Endi menda qo‘y sotib olishga, sizda esa 
Makkaga borishga yetarli mablag‘ bor. 
Xo‘jayin sukut saqladi. 
— Meni duo qiling, — jiddiy ohangda dedi Santyago. — Siz meni qo‘lladingiz. 
Qariya hanuz churq etmay choy qaynatish bilan mashg‘ul edi. Nihoyat u bo‘zbola tomon 
burildi. 
— Men sen bilan faxrlanaman. Sen do‘konimni jonlantirib yubording. Biroq bilgin: men 
Makkaga bormayman. Yana shuni ham bilib qo‘ygin: sen qo‘y sotib olmaysan. 
— Kim aytdi sizga buni? — hayron bo‘lib so‘radi Santyago. 
— Maktub, — qisqa javob qildi billur sotuvchi Savdogar. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish