Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Va u bo‘zbolani duo qildi. 
Shundan so‘ng Santyago o‘zi yotadigan xonaga kirdi va ul-bul narsalarini yig‘ishtirdi — 
lash-lushlari uch qop bo‘ldi. Eshikdan chiqayotib uy burchagida yotgan eski cho‘ponlik 
to‘rvasini ko‘rib qoldi, ko‘pdan beri ko‘zi tushmagani uchun to‘rvani yodidan chiqarib 
yuborgan edi. Uning ichida kamzuli va kitobi bor. U kamzulini, ko‘chada birorta bolaga 
sovg‘a qilarman, degan mo‘ljal bilan to‘rvadan chiqardi va shu payt bir juft tosh — Urim 
va Tumim yerga tushib dumalab ketdi. 
Shu damda bo‘zbola keksa podshohni esladi va qancha vaqtdan beri u haqda 
o‘ylamaganiga ajablandi. Axir, butun bir yil uzluksiz ter to‘kib mehnat qilishga to‘g‘ri 
keldi, chunki pul topish kerak, Ispaniyaga quruq qo‘l bilan so‘ppayib borib bo‘lmasdi-da. 
“Orzu-umidlaringdan hech qachon voz kechmagil, — degan edi unga Malkisidq. — 
Belgilarga ergash”. 
Bo‘zbola toshlarni terib oldi va shu payt uni yana g‘aroyib tuyg‘u chulg‘adi, go‘yo qariya 
yonginasida edi. Mashaqqatli mehnat bilan o‘tdi shu bir yil, endi esa belgilar bu yerdan 
jo‘nab ketishga ishora qilayotir. 
“Men yana avval qanday bo‘lsam, aynan o‘sha zaylimga qaytaman, — o‘yladi u, — biroq 
qo‘ylar meni arabcha gapirishga, baribir, o‘rgata olmasdi”. 
Biroq qo‘ylar unga muhim bir saboq bergan edi: dunyoda barchaga birday tushunarli 
so‘zsiz til borligini o‘rgatgandi. O‘tgan bir yil mobaynida savdo-sotiqni jonlantiray, deb 
Santyago ana shu — hammaga tushunarli tilda gapirdi. Bu g‘ayratbaxsh, zavq-shavqli til 
edi, ishni mehr-muhabbat va xohish-iroda bilan qiladigan, ishonchu xohishingga quvvat 
beradigan til edi. Tanjer endi unga begona joy emas, endi bo‘zbolaning dunyoni, xuddi 
bu shaharni zabt etganiday, zabt eta olishga ko‘zi yetib turardi. 
“Agar biror-bir narsani chin dildan orzu qilsang, butun Olam uning amalga oshishiga 
ko‘maklashadi”, — keksa Malkisidq shunday degan edi. 
Biroq qariya faqat orzu qilib, amalda uni chin dildan istamaydigan talonchilar, behudud 
sahro-yu odamlar haqida churq etmadi. U bo‘zbolaga ehrom deganlari shunchaki 
sangzor ekani, agar xohlasa har qanday odam chorbog‘ida bunday toshlar uyumini tiklay 
olishi haqida ham gapirmadi. Biroq keksa podshoh unga, agar orttirib qo‘y sotib olishga 
pul yig‘a olsa, bu qo‘ylarni u sotib olishi kerakligini aytib qo‘yishni unitgandi. 
Santyago to‘rvasini olib, boshqa lash-lushlariga qo‘shib qo‘ydi. Xo‘jayin xaridorlarga 
xizmat qilar, yana ikki nafar xaridor do‘kon ichida billur idishlarda choy ichishib, aylanib 
yurishardi. Bunday mahalda do‘konda, odatda, xaridorlar ko‘p bo‘lmasdi. Shu damda 
Santyago xo‘jayinning sochlari Malkisidqning sochlarini eslatishini payqadi. Tanjerdagi 
birinchi tong mahali uning yodiga tushdi, o‘shanda na boradigan joyi va na biror yeguligi 
bor edi; qandolatchining tabassumi ham yodiga tushdi va bu tabassum ham keksa 
podshohni esiga soldi. 
“Xuddi Malkisidq bu yerdan o‘tganday, hamma narsada o‘zining izini qoldirganday, — 
o‘yladi bo‘zbola. — Go‘yo bu odamlar o‘z hayotlarining qaysidir pallasida u bilan 
uchrashganday. Biroq u menga: kimki o‘z Taqdiri yo‘ldan borayotgan bo‘lsa, men unga 
ko‘rinaman, degan edi”. 
U xayrlashmay chiqib ketdi — begonalar oldida yig‘lashni or bildi. Biroq u bu joyni, mana 
shu makonda o‘rganib, odatlanib qolgan narsalarni qo‘msashini, sog‘inishini tushunardi. 
Bu joyda u o‘ziga ishonch va dunyoni zabt etguday ishtiyoq paydo qildi. 
“Axir, men qo‘y boqadigan tanish joylarga qaytayapman”, — o‘yladi u, biroq bunday 
xush xayol ham negadir uning ko‘ngliga chiroq yoqmadi. Orzuimni amalga oshiray deb 
bir yil ishladi, mana endi bu orzu ushalay deb turganda daqiqa sayin o‘zining jozibasini 
yo‘qota boshlayapti. Balki bu, umuman, orzu emasdir? 
“Ehtimol, billur sotuvchiga o‘xshagan bo‘lish kerakdir? U kabi bir umr Makkani orzu qilib, 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish