Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
turmushda ham o‘rgansa bo‘lishiga tobora ishonch hosil qilardi. 
— Bundan tashqari, — davom etdi angliyalik, — Iksir g‘aroyib xususiyatga ega: uning bir 
ushog‘i ham xohlagan hajmdagi metalni oltinga aylantira oladi. 
Bu gapni eshitgandan so‘ng Santyagoning alkimyoga qiziqishi juda oshdi. Faqat ozgina 
sabr-toqat kerak, shunda xohlagan narsani oltinga aylantirsa bo‘ladi, deb o‘yladi u. Axir, 
u mana shu ishni uddalashgan donishmandlar: Gelvetsiy, Elias, Fulkanelli, Geber haqida 
o‘qigan, o‘qiganlari uni hayajonga solgan. Bu odamlar o‘z Yo‘llarini oxirigacha bosib 
o‘tishgan. Ular dunyo kezishgan, allomalar bilan uchrashishgan, olam sirini bilib 
bo‘lmaydi, degan skeptiklarni lol qoldirish uchun mo‘’jizalar yaratishgan, chunki — eng 
muhimi — ular oxir-oqibat Iksir va Obi-hayotni o‘z qo‘llariga olish imkoniga ega 
bo‘lishgan.
Biroq Santyago Ulug‘ Ijod nimaligini kitoblardan bilib olishga uringanida boshi berk 
ko‘chaga kirib qoldi: ular ko‘plab almoyi-aljoyi suratlardan tashqari, nuqul oldi-qochdi 
gaplar bilan ham to‘lib-toshgan edi.
— Nega alkimyogarlarning ishlari bu qadar chalkash-chulkash? — so‘radi bo‘zbola bir 
kuni oqshom o‘zining kitoblarini o‘qiy olmay zerikib o‘tirgan angliyalikdan. 
— Chunki ularni tushunish imkoni alkimyo bilan bog‘liq jarayonlarning butun 
mas’uliyatini anglaydigan kishilargagina berilgan. Tasavvur qilib ko‘r, agar xohlagan 
odam cho‘yanni oltinga aylantiraversa nima bo‘lishini. Tez orada oltinning qadri cho‘yan 
bilan tenglashadi. Qat’iyatli va bilimdonlargagina Ulug‘ Ijod sirlari nasib etdi. Shuning 
uchun men hozir bu yerda, sahroning o‘rtasidaman. Men sirli yozuvni o‘qiy oladigan chin 
alkimyogarni uchratishim kerak. 
— Bu kitoblar qachon yozilgan? 
— Ko‘p asrlar burun. 
— Axir, o‘sha paytlar bosmaxonalar bo‘lmagan-ku. Qadimda ham, hozir ham — baribir 
alkimyoni duch kelgan odam egallay olmagan. Shunday ekan, nima uchun bu kitoblar 
bunaqa murakkab tilda yozilgan, suratlari nega g‘alati? 
Angliyalik javob bermadi. Faqat keyincha, biroz jimlikdan so‘ng: necha kundan beri 
karvonni sinchiklab kuzatayapman, biroq hech qanday yanglikni payqamadim, dedi. 
Faqat qabilalar o‘rtasida janglar bo‘layotgani tez-tez quloqqa chalina boshladi. 
Oradan bir necha kun o‘tib, Santyago angliyalikka kitoblarini qaytardi. 
— Xo‘sh, nimalarni tushunding endi ulardan? — yarim hazil, yarim umid ilinjida so‘radi 
angliyalik: tashvishli o‘y-xayollardan chalg‘ishi uchun uning kim bilandir gurunglashgisi 
keldi. 
— Tushunganim shu bo‘ldiki, olamning qalbi bor ekan va kimda kim bu qalbga 
uyg‘unlasha bilsa, mavjudlikning tilini tushunarkan. Tag‘in shuni tushundimki, ko‘pgina 
alkimyogarlar o‘z Yo‘lini topishgan va Olam Qalbi, Iksir hamda Obi-hayotni kashf 
etishgan, — dedi Bo‘zbola va biroz jim turgach, qo‘shib qo‘ydi: — Eng muhimi, bular bari 
shu qadar oddiyki, hammasi jajji zumrad sathiga sig‘arkan. 
Angliyalikning kayfiyati buzildi. Na o‘zining uzoq vaqt o‘qiganiyu na timsollar, na dono 
kalomlaru na turli-tuman kimyoviy tajribada ishlatiladigan idishlar — birortasi 
Santyagoda hech qanday taassurot uyg‘otmagan edi.
“U juda sodda ekan, shu bois tushunmaydi”, — o‘yladi angliyalik, keyin kitoblarini yig‘ib, 
tuyaga ortilgan jomadonlariga joyladi. 
— Endi o‘zingning karvoning bilan shug‘ullanaver, — dedi u. — Menga ulardan, xuddi 
senga mening kitoblarimdan yuqmaganiday, zig‘ircha zang yuqqani yo‘q. 
Santyago tag‘in sahro sukunatini tinglamoqqa va qumning tuyalar tuyoqlarida 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish