Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Qariya biroz sukut saqlab, javob qildi: 
— Payg‘ambarimiz bizlarga Qur’onni berdi va zimmamizga besh farzni qo‘ydi, ularni biz 
umrimiz mobaynida ado etmog‘imiz lozim. Eng muhimi — Ollohning borligi va birligi — 
shuni yodda tutib yashamoq. Qolgan to‘rtta shart — bir kunda besh vaqt namoz o‘qish, 
Ramazon oyida ro‘za tutmoq, beva-bechoralarga xayr-ehson qilmoq... 
U yana jimib qoldi. Payg‘ambarni tilga olayotib uning ko‘zlari namlandi, garchi u foniy 
dunyoda yashayotgan, betoqat va qiziqqon banda esa-da, baribir musulmonchilikning 
qonun-qoidalariga, payg‘ambar Muhammad buyurganlariga amal etib yashayotgan edi. 
— Xo‘sh, beshinchi shart-chi? — so‘radi Santyago. 
— O‘tgan kuni sen menga, tushingizga biror marta uzoq begona yurtlar kirmagan ekan, 
deding. Bilib qo‘y, har bir musulmonning zimmasidagi beshinchi farz — haj safarini 
amalga oshirmoqdir. Bizlarning har birimiz umrimizda bir bor bo‘lsa-da muqaddas Makka 
shahrini ziyorat qilishimiz shart. Bu shahar ehromlardan ham uzoqda. Yoshligimda ozroq 
pul topib, mana shu do‘konni olgan edim. O‘ylardim: boyib ketsam, albatta, Makkaga 
boraman, deb. Keyin qo‘lim pul ko‘rdi, mol-dunyo orttirdim, biroq savdoni hech kimga 
ishonolmadim, chunki men sotadigan buyumlar juda nozik. Va har kuni haj safariga 
otlanganlarga ko‘zim tushadi, ularning orasida badavlatlari bor — o‘nlab xizmatkorlariyu 
butun bir tuya karvoni ularni kuzatib boradi, biroq yo‘l olganlarning ko‘pchiligi mendan 
ko‘ra kambag‘al bandalar. Men ularning nechog‘li xushbaxt bo‘lib qaytib kelishganini va 
uylarining eshigiga Makkaga hajga borishganidan darak beradigan belgi qo‘yishganini 
ham ko‘rganman. Ularning biri, eski poyafzallarni yamaydigan etikdo‘z menga sahroda 
bir yil yo‘l yurdik, biroq Tanjerda qo‘shni mahallaga ko‘n olgani borganimda charchab 
qolardim, haj safarida hecham toliqmadim, deb aytdi. 
— Nega hoziroq to‘g‘ri Makkaga yo‘l olmaysiz? — so‘radi Santyago. 
— Chunki men haj safari umidi bilan tirikman. Bo‘lmasa, men ikki tomchi suvday mana 
shu yakrang, zerikarli kunlarga, buyumlarim terib qo‘yilgan bu o‘lik jovonlarga, har kuni 
qatnaydigan o‘sha kir-chir yemakxonaga — shu turush-turmushga chiday olarmidim. 
Qo‘rqaman, nasib etib umid-orzuim ro‘yobga chiqquday bo‘lsa, undan keyin hayotda 
tayanib yashaydigan boshqa ilinjim qolmaydi. Sen esa bosh-qachasan, menga 
o‘xshamaysan, o‘z orzu-niyatingga yetishishga ishtiyoqing zo‘r. Mening faqat Makka 
xayoli bilan yashagim bor. Sahroni kezib o‘tishim, muqaddas tosh turgan maydonga 
borishim, uning tevaragini yetti bor aylangach, tavof olishimni minglab marta ko‘z 
oldimga keltirganman. Biroq qo‘rqaman umidsiz bo‘lib qolishdan, shuning uchun orzu-
niyatimdan ayrilib qolmay deyman. 
Shu kuni u Santyagoga do‘kon tashqarisida yangi peshtaxta taxlashga ruxsat berdi. 
Hamma bir xilda orzu qilib, bir xil tush ko‘rmaydi. 
Oradan tag‘in ikki oy o‘tdi — tashqariga qo‘yilgan peshtaxta juda qo‘l keldi: do‘kondan 
odam arimay qoldi. Santyago chamalab ko‘rdi: ishlar shu zaylda ketsa yarim yildan 
so‘ng u Ispaniyaga qaytadi, boz ustiga, oltmish emas, yuz yigirma bosh qo‘y sotib oladi. 
Bir yil ichida suruviga suruv qo‘shiladi va u arablar bilan savdoni boshlab yuboradi, 
chunki endi ularning tilida gapirishga baharnov o‘rgandi. Bozordagi o‘sha voqeadan beri 
u to‘rvasidan Urim va Tumim toshchalarini qaytib olmagandi, boisiki, Misr uning uchun, 
xuddi xo‘jayiniga Makka safari ushalmas orzuga aylanganiday, qo‘l yetmas yulduz bo‘lib 
qoldi. Yumushi uni qoniqtirar va doim xayolida kemadan Tarifga g‘olib sifatida tushib 
kelishini tasavvur qilardi. 
“Yodingda tut: hamma vaqt aynan nimani istashingni aniq bilgin”, degan edi Malkisidq. 
Bo‘zbola bilardi va ko‘zlagan maqsadiga yetishish uchun ter to‘kardi. Ehtimol, begona 
yurtga kelib qolish, bu joyda aldoqchiga yo‘liqish, keyin esa bir pul sarflamay suruvini 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish