Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
kishnab yubordi, qum zarralari qurol-yarog‘ga urilib g‘ichirladi. 
Harbiy sardorlardan biri qabila boshlig‘i tomon burilib dedi: 
— Yetarli bo‘ldi, chamamda? 
Ular Santyagoni ko‘rmasdi. Yuzlari oq ro‘mol bilan ko‘zlarigacha burkangan, ko‘zlarida 
qo‘rquv qotib qolgan. 
— Buni to‘xtatish kerak, — dedi boshqa bir harbiy sardor. 
— Mayli, Olloh o‘zining jamiki qudratini namoyon etsin, — javob qildi qabila boshlig‘i. — 
Men odam qanday qilib shamolga aylanishini ko‘rishni istayman. 
Biroq qo‘rqqanini sezdirganlarning ismini u eslab qoldi. Va shamol tingach, ikkalasini 
ham mansabidan olib tashlashga qaror qildi, zero, sahroda qo‘rqish yaramaydi. 
— Shamol menga seni sevgini biladi deb aytdi, — Quyoshga murojaat qildi Santyago. — 
Shunday bo‘lsa, Olam Qalbini ham bilishing kerak — axir, Olam Qalbi sevgidan bino 
bo‘lgan. 
— Bu joydan menga Olam Qalbi ko‘rinib turadi, — javob qildi Quyosh. — U mening 
qalbimga murojaat etadi va biz birgalikda o‘t-o‘lanni o‘sishga, qo‘ylarni esa soya joylarni 
qidirib topishga majbur etamiz. Bu joyda turib — bu joy sizlarning dunyongizdan juda 
olisda — men sevishga o‘rgandim. Bilaman, agar Yerga ozgina yaqinlashsam, jamiki 
jonzot halok bo‘ladi va Olam Qalbi barham topadi. Va biz uzoqdan bir-birimizga 
termilamiz, uzoqdan turib bir-birimizni sevamiz. Men Yerga hayot va issiqlik 
bag‘ishlayman, Yer esa — mavjudligimning mohiyatini ta’minlaydi. 
— Sen sevgini bilasanmi? — takror so‘radi Santyago. 
— Olam Qalbini ham bilaman, chunki koinotni tinimsiz kezib, biz u bilan ko‘p 
gaplashamiz. U menga o‘zining asosiy muammosini gapirib berdi: hozirgacha faqat 
toshlar va giyohlar olamdagi hamma narsalarning yagonaligini tushunadi. Shu bois 
temirning misga o‘xshashi, misning esa oltindan farq qilmasligi talab etilmaydi. Bu 
yagona olamda har narsaning o‘zining aniq vazifasi bor va agar bularni bitgan Qo‘l 
Ijodning beshinchi kunida to‘xtaganida, barisi bir yagona Simfoniyaga uyg‘unlashardi. 
Biroq oltinchi kun ham bor edi. 
— Sen donosan, — javob qildi bo‘zbola, — chunki hammasini uzoqdan ko‘rib turasan. 
Biroq sen sevgi nimaligini bilmaysan. Agar odam paydo bo‘lmaganida Ijodning oltinchi 
kuni ham bo‘lmasdi. Mis misligicha qolaverardi, qo‘rg‘oshin — qo‘rg‘oshinligicha. Ha, har 
narsaning o‘z Yo‘li bor, biroq bu yo‘l payti kelib bosib o‘tiladi. Shuning uchun nimagadir 
aylanmoq kerak, yangi Yo‘lni boshlash lozim. Va olam Qalbi chindan yaxlitlik kasb 
etguncha yo‘lni davom etish zarur. 
Quyosh bir zum o‘ylanib qoldi va yorqin nur socha boshladi. Bu suhbatdan huzur tuygan 
shamol ham, Santyagoning ko‘zini qamashtiradigan nurlardan asrab, kuchli esa 
boshladi. 
— Alkimyoning mavjudligi shundanki, — davom etdi Santyago, — har kim o‘z xazinasini 
qidirsin va topsin, shundan so‘ng burungisidan ko‘ra yaxshi bo‘lishni xohlasin. 
Qo‘rg‘oshin o‘z vazifasini dunyoga kerak bo‘lgunigacha ado etadi, shundan so‘ng u 
oltinga aylanishi lozim. Alkimyogarlar shunday deyishadi. Va ular shuni dalillab 
berishadiki, biz oldingidan ko‘ra yaxshi bo‘lishga intilgan vaqtda tevarak-atrofimiz ham 
yaxshi bo‘lib boradi. 
— Mening sevgini bilmasligimni qayoqdan olib aytayapsan? — so‘radi Quyosh. 
— Chunki sevganingda bir joyda, sahroga o‘xshab, turib bo‘lmaydi, dunyo bo‘ylab, 
shamolga o‘xshab izg‘imaydi, senga o‘xshab hamma narsaga uzoqdan qaramaydi. Sevgi 
— bu kuch, u Olam Qalbini yangilaydi va yaxshilaydi. Men ilk bor unga 
uyg‘unlashganimda, u menga mukammal bo‘lib ko‘rindi. Keyin men ko‘rdimki, u — 
bizning barimizning aksimiz ekan, unda o‘z ehtiroslarimiz jo‘sh urarkan, o‘z urushlarimiz 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish