|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 25/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
25
— Ko‘ryapsanmi, butun yo‘l yoqalari yukka to‘lib ketibdi. Hali yana keladi. Bularni qachon tashib
ulguramiz? Bu haqda o‘ylayapsanmi? Odamlar bizga ishonib, u yokda kutishmoqda!.. Ularga har bir
kun g‘animat.
— Sen bularni nega menga gapiryapsan? Mening bu ishlarga nima daxlim bor?
— Nima daxlim bor?! Bu nima deganing, yo boshqa mamlakatdan kelganmisan? Yoki bizga
naqadar muhim ish topshirilganini tushunmaysanmi?
— Azbaroyi xudo, aqldan ozibsan! — deb ajablanib, o‘zimni chetga oldim.
Shu payt yashiklar orqasidan ovozlar eshitilib qoldi. Avtobazamiz boshlig‘i Omonjo‘lov ko‘rindi.
U kamzulining etagi bilan shamolni to‘sib, pana qilib papiros tutatdi-da, so‘ngra indamay
hammamizga bir-bir nazar tashlab chiqdi.
— Gap mana bunday, o‘rtoqlar, — dedi u, — ministrlikka telefon qylib ko‘raman, balki yordam
berishar. Ammo bunga orqa qilish kerak emas. Nima qilish kerakligini hozircha o‘zim ham bilmay
turibman.
— Buni uddalash qiyin, o‘rtoq Omonjo‘lov! — dedi kimdir. — Yuklar juda og‘ir, qo‘pol, ortishga
ham, joylashtirishga ham noqulay. Kuzovga ikki-uchtadan ortig‘i sig‘maydi. Mabodo kechayu kunduz
ishlaganimizda ham, xudoga shukur, ko‘klamgacha yetadigan ish bor.
— Hamma gap shunda-da, — dedi Omonjo‘lov. — Ammo ilojini topishimiz kerak. Xo‘p, hozircha
uy-uyimizga tarqalaylik. Sizlar ham o‘zlaringizcha o‘ylab ko‘ring!
U «Gazik»ka o‘tirib jo‘nab ketdi. Shofyorlardan birontasi ham joyidan qo‘zg‘almadi. Ular negadir
shoshilmasdilar. Qorong‘i burchakda o‘tirgan allaqanday kishi, hech kimga murojaat qilmay, o‘zicha
do‘rillab gapirdi:
— Bo‘lmag‘ur ish! Ikki oyoqni bir etikka tiqib bo‘lmaydi! Bu haqda ilgariroq o‘ylash kerak edi! —
deb o‘rnidan turib, papiros qoldig‘ini o‘chirdi-da, mashinasi tomon ketdi.
Uni boshqa shofyor quvvatladi:
— Bizda doim shu ahvol, ish qistalang keldimi, bo‘ldi, qutqaringlar, jon og‘aynilar, deb darhol
shofyorlarga osilishgani osilishgan.
Odamlar unga o‘shqirib berishdi:
— Bu xalqaro ish-ku, Ismoil, sen bo‘lsang bozorchi shallaqi xotinlarga o‘xshab vaysayapsan-a!
Men munozara-tortishuvlarga qo‘shilmay turardim. Ammo birdan miyamga bir fikr kelib qoldi:
dovonda mashinani qanday shatakka olganim yodimga tugndi. Chidab tura olmadim-da, har
vaqtdagidek qizishib ketib:
— O‘ylab o‘tirishning nima keragi bor! — deb o‘rtaga otilib chiqdim. — Mashinalarga pritsep
ulash kerak!
Hech kim qimir etmasdi. Ba’zilar hatto menga qayrilib qaramadi ham. Bunday fikrni faqat
telbalargina aytishi mumkin edi.
Jontoy sekingina hushtak chalib qo‘ydi:
— Ko‘rdinglarmi!
Men uning ovozidan tanidim. Turgan yerimda har tomonga alanglayman, bo‘lgan ishni birma-bir
so‘zlab bergim kelyapti. Ammo qandaydir so‘loqmonday yigit yashik ustidan tushib, qo‘lqopini
yonidagi sherigiga berdi-da, oldimga yaqin kelib, yoqamdan ushlab, o‘zi tomon tortib:
— Qani, «uff» de-chi! — dedi.
— Uff! — deb pufladim men.
— Kayfi yo‘q! — dedi u yoqamni bo‘shatarkan, hayron bo‘lib.
— Bo‘lmasa, jinni-minni bo‘lgandirda, — dedi haligi yigitning sherigi uni quvvatlagandek va
ikkalasi ham mashinalariga o‘tirishib, jo‘nab ketishdi. Boshqalar ham ketishga hozirlanib, o‘rinlaridan
jimgina qo‘zg‘alishdi. Hech qachon bunchalik kulgi, bunchalik mulzam bo‘lmagan edim! Yer
yorilmadi-yu, yerga kirmadim.
— To‘xtanglar! Qayoqqa ketyapsizlar! — deb shofyorlar orasida alanglab, u yoqdan-bu yoqqa
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |