|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 27/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
27
ko‘rish kerak. Lekin sen aytgancha emas, Ilyos, pritsepni ulaymiz-u ketavermaymiz. Bunday qilish
yaramaydi, oldin bunga hozirlik ko‘rish, hammasini jiddiy o‘ylab chiqish, maslahatlashish va sinab
ko‘rish kerak. Quruq so‘z bilan hech narsani isbotlay olmaysan...
— Isbotlayman! — dedim men unga. — Sizlar o‘ylab, fol ochib bo‘lgunlaringizcha, men isbotlab
beraman! Ana o‘shanda ishonch hosil qilasizlar! — deb burilib mashina tomon yurdim va avtobazaga
jo‘nab ketdim.
Har kimning o‘z xulqi, fe’l-atvori bor. Ularni boshqarib turish kerak, albatta, biroq bunga hamma
vaqt ham muyassar bo‘lavermaydi kishi. Rul boshqarib borayotgan bo‘lsam ham na ostimdagi
mashinani, na yo‘lni his etardim. Dard-alam, xafagarchilik va asabiylik butun vujudimni egallab
olgandi. Boyagi so‘zlar borgan sari izzat-nafsimga qattiq tegib, yurakni o‘rtab tutaqtirayotgan edi.
Yo‘q, men sizlarga isbotlab berganim bo‘lsin! Odamning so‘ziga ishonish kerakligini isbotlab
beraman, uning ustidan kulish qandayligini ko‘rsatib qo‘yay, ehtiyotkorlik bilan orqa-oldingga qarab
ish ko‘rish qanaqa bo‘lishini bir isbotlab beray! Alibekka ham qoyilman: o‘yiab ko‘rish, tayyorlanish,
sinab ko‘rish kerakmish! U hamisha shunaqa aqlli, ehtiyotkor! Ammo men uchun bular bir pul! Men
bu ishni xamirdan qil sug‘urgandek bajarib, kimligimni ko‘rsatib qo‘yaman!
Mashinani garajga qo‘yganimdan keyin ham uning atrofida ancha vaqtgacha o‘ralashib yurdim.
Sirtdan qaraganda tinchlanib qolganga o‘xshasam ham ko‘nglim bezovta edi. Men faqat bir narsa
haqida — o‘zimning haq ekanligimni qanday qilib ertagayoq isbotlasam ekan, deb o‘ylardim. Fikrimni
isbotlash, so‘zlab berish uchun boshliqlar oldiga borishni, ularning e’tirozlarini tinglashni endi
xohlamas edim. Yo‘l bitta: pritsep bilan dovonga qarab jo‘nash. Men buni qanday bo‘lmasin,
bajarishim kerak edi. Ammo pritsepni menga kim berardi, uni avtobazadan Tyan-Shan yo‘liga olib
chiqishga kim ruxsat etardi?
Shunday o‘y-xayollar bilan garajdan chiqib, hovli bo‘ylab sekin yura boshladim. Kech kirib qolgan
edi. Faqat dispetcherxonada chiroq yonib turardi. Men to‘xtab qoldim: e, dispetcherchi. Dispetcher
hammasini to‘g‘rilab berishi mumkin-ku! Hamma ish uning qo‘lida. Men dispetcherxona tomon
shoshildim. Chamamda, bugun Xadicha navbatchilik qilayotgan bo‘lsa kerak. Shunday bo‘lsa yana
ham yaxshi. U mening iltimosimni rad etmaydi. Rad etishi ham mumkin emas. Rad etgan takdirda ham
axir men jinoyat qilmoqchi emasman-ku. Aksincha, u hamma uchun foydali, hamma uchun muhim
bo‘lgan ishni amalga oshirishda menga yordam beradi, xolos.
Dispetcherxonaga yaqinlashar ekanman, anchadan beri ilgarilardagidek eshikdan to‘g‘ri kirib
boravermayotganligim va tuynukcha orqali murojaat qilayotganligim esimga tushib, ikkilanib qoldim.
Shu payt eshik ochildi. Ostonada Xadicha turardi.
— Sening oldingga kelayotgan edim, Xadicha. Yaxshiyamki, shu yerda ekansan!
— Men ketyapman.
— Xo‘p, yur, uyinggacha kuzatib qo‘yaman.
Xadicha taajjublanib, menga shubhalanib qaradi-da, jilmayib:
— Ketdik, — dedi.
Biz tashqariga chiqib, ko‘cha bo‘ylab keta boshladik. Ko‘cha zim-ziyo qorong‘i edi. Ko‘l
tomondan to‘lqinlarning shovillagani eshitilib turar, izg‘irin shamol esardi. Xadicha qo‘ltig‘imdan
ushlab, sovuq shabadadan panalab pinjimga tiqila boshladi.
— Sovqotyapsanmi? — deb so‘radim.
— Sen bilan birga bo‘lsam sovqotmayman! — dedi u. Xadicha yana bir nima demoqchi bo‘lib
og‘iz juftladi-yu, biroq jim qolib, yana kiftimga ishqalana boshladi. Bunga qadar hayajonlanib turgan
edim, endi bo‘lsa negadir tinchlanib, o‘zimni erkin seza boshladim,
— Ertaga qay mahal navbatchilik qilasan, Xadicha?
— Ikkinchi smenada.
— Senda bir ishim bor. Juda muhim. Bari senga bog‘liq...
Yo‘lda unga hammasini aytib berdim. Avvaliga gapimga quloq solgisi ham kelmadi, biroq men uni
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |