|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 35/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
35
ketgan bo‘lsa edi, hozir bu yerga jon deb kirgan bo‘lardim. Qani endi men ham kirib deraza
tokchasigami, boshqa yergami chiqib olib, oyoqlarimni chalishtirgancha papi-rosimni chekib, huzur
qilib o‘tirsam, yonimda o‘tirgan hamkasabalarim bilan u yoq-bu yokdan gaplashsam, ertalabki
naryadni eshitsam, shofyorlarning ish sohasidagi biror arzimagan narsa yuzasidan beg‘araz
so‘kishlarini va tortishuvlarini tinglab o‘tirsam... Shu paytgacha bular inson uchun shunchalik zarur,
shunchalik aziz ekanini hech tasavvur etmagan ekanman. Garchi shunday bo‘lsa-da, shofyorlarning
ko‘zlariga ko‘rinishga jur’at eta olmasdim. Ko‘rqqanligimdan emas, yo‘q, qo‘rqoqlik qilganim yo‘q.
Meni ko‘proq o‘sha muvaffaqiyatsizliqdan g‘azablanish, umidsizlikka tushish va ular oldida
behayolarcha ko‘rsatgan botirligim, ojiz qaysarligim tashvishlantirayotgan, yana bularning ustiga-
ustak, Xadicha bilan tasodifan tunab qolganim meni iztirobga solayotgan edi. Odamlar ham mening
qilmishimni hali-beri unutmaydiganga o‘xshaydi. Ichkarida xuddi mening haqimda so‘z borardi. Avval
ichkaridan eshitilib turgan gaplarga e’tibor bermadim. Ammo birdan kimningdir g‘azab bilan baqirib
gapirayotgan tovushi eshitila boshladi:
— Bu qanday bemazagarchilik! Uni sudga berish kerak, sizlar bo‘lsangiz uni xaspo‘shlab
o‘tiribsizlar! Tag‘in ba’zilar uyalmay-netmay, to‘g‘ri o‘ylabdi, deb uni himoya qilishyapti! Axir
pritsepni dovonga tashlab kelibdi-ku!..
Uni boshqa ovoz bo‘ldi:
— To‘g‘ri! Bunaqalarning ko‘pini ko‘rganmiz. Aql o‘rgatishga juda usta. Shuhrat orttirmoqchi
bo‘libdi, ko‘ngli mukofot istab qolibdi. Qarang, avtobazaga yaxshilik qilmoqchi emish! Biroq
hammasi chappasidan ketdi!
Odamlar tortisha boshladi. G‘ovur-g‘uvur zo‘rayib, hech narsani anglab bo‘lmay qoldi. Men nari
ketdim, tirqishdan gap poylashni o‘zimga ep ko‘rmadim. Yo‘llanma olish uchun dispetcherxonaga
qarab yo‘naldim.
— Men qayoqqa boraman? — deb so‘radim o‘sha kuni navbatchilik qilayotgan qizdan.
Hozircha meni avvalgi joyimda qoldirishibdi. Aftidan, hali mening masalam uzil-kesil hal
etilmagan ko‘rinadi.
Koridor bo‘ylab orqaga qaytdim. Shofyorlarning xonadan gur etib tashqariga chiqayotganlarini
eshitib, qadamimni tezlatdim. Ular hamon vag‘ir-vug‘ur gaplashishardi. Alibek yo‘l-yo‘lakay kimgadir
qizishib uqtirardi.
Pritsepga tormozlarni o‘zimizda o‘rnatamiz. Kompressorda shlangni sug‘urib tashlab, o‘rniga
kolodkani joylashtirish uncha qiyin ish emas-ku! Anovi Ilyosmi? Ilyos, to‘xta! — deb chaqirdi u meni.
Men to‘xtamay, garajga qarab ketaverdim. Alibek menga yetib oldi-da, yelkamdan ushlab tortdi.
— Uh, seni qara-ya! Tushunyapsanmi, axir ishontirdim-da! Tayyorgarlik qilaver, Ilyos! Sherik
bo‘lib borasanmi? Sinab ko‘ramiz! Pritsep bilan!
Mening dilim ranjidi: meni yomonotliqdan qutqarmoqchi bo‘libdi, omadsiz o‘rtog‘ini shatakka olar
emish! Sherik emish! Men uning qo‘lini yelkamdan siltab tashladim:
— Pritsepingdan o‘rgildim!
— Namuncha zarda qilasan. O‘zingdan ko‘r! Men senga shunchaki gapirayotganim yo‘q — biz
uncha-muncha narsalarni o‘ylab qo‘ydik, odamlar bilganlarini aytishdi, qolaversa, dovonda tashlab
kelgan pritsepingni o‘zim tortib kelganman... Biron ish chiqib qolsa kerak...
— Qilsang, o‘zing qilaver, meni o‘z holimga qo‘y, bor.
— Qo‘ysang-chi, shuncha jinnilik qilganing yetar. Ishni yarim yo‘lda tashlab ketish yaxshi emas!
Ha, rostdanam, unutayozibman. Volodka Shiryaev senga hech narsa demadimi?
— Yo‘q, uni ko‘rganim yo‘q. Nima edi?
— Iya, bu qanaqasi bo‘ldi! Qayoqlarda yuribsan o‘zing? Asal yo‘lga chiqib, kim ko‘ringandan seni
so‘raydi, xavotir olib o‘tiribdi! Sen bo‘lsang!..
Turgan yerimda oyoqlarim chalishib ketdi, yurak urishim xuddi to‘xtab qolayozgandek o‘zimni shu
qadar og‘ir sezdimki, hatto o‘limimga ham ming marta rozi bo‘ldim. Alibek bo‘lsa yengimdan tortib,
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |