Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/67
Sana11.02.2024
Hajmi394,69 Kb.
#154681
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Bog'liq
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
qarashlarini butun vujudim bilan his qila boshladim. Men go‘yo ularning ko‘ziga o‘zimning shon-
shuhratimni orttirishga urinuvchi shuhratparast bir kimsa bo‘lib ko‘rinayotgan edim. Haqiqatda esa bu 
mutlaqo shunday emasdi. Ammo fakt faktligicha qoladi. 
— Chetroq tur! — deb nariga itardim Alibekni. — Sensiz ham yuragim siqilib turibdi! 
Eshikka chiqdim. Sovuq, izg‘irin shamol hovli sahnidagi qorni uchirib o‘ynardi. Odamlar men 
tomonga ko‘z qirini tashlashib, yonimdan jimgina o‘tib ketishardi. Nima qilish kerak? Mahkam 
tugilgan mushtlarimni cho‘ntagimga tiqib, darvoza tomon yurdim. Muzlab qolgan ko‘lmakchalar oyoq 
ostida oyna singari chirsillab sinardi. Oyog‘imga tavot moyidan bo‘shagan bankacha to‘g‘ri kelib 
qoldi. Jonim boricha uni darvozadan ko‘cha tomon tepib yubordim-da, o‘zim ham ortidan boraverdim. 
Kun bo‘yi shaharcha ko‘chalari bo‘ylab daydib yurdim, kimsasiz huvillab yotgan pristanda 
tentiradim. Issiqko‘lda po‘rtana quturib, qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yilgan barjalar suv betida chayqalib-
qalqib yotardi. 
Bir mahal qarasam, suv transporti boshqarmasining choyxonasiga kelib qolibman. Yolg‘iz o‘zim 
deraza yoniga borib o‘tirdim. Oldimda — stol ustida og‘zi ochilgan bir shisha aroq bilan tarelkada 
qandaydir gazak turardi. Birinchi stakanni ichishim bilanoq kayfim taraq bo‘lib, oyog‘im ostiga anqov 
kishilardek termilib o‘tirardim. Mening ko‘nglim ham zangori tutunga cho‘mib, mast-alastlarning pala-
partish gaplariga to‘lgan shu choyxona singari xira va g‘ash edi. 
— Nega g‘amgin ko‘rinasan, yigit? — bexosdan boshim uzra kimningdir yoqimli va xiyol istehzoli 
ovozi eshitildi. Boshimni arang ko‘tardim. Yonimda Xadicha turardi. 
— Ha, bir o‘zing icha olmayapsanmi? — deb iljayib yonimga o‘tirdi u. — Qani, birga ichaylik 
bo‘lmasa! 
Xadicha stakanlarga aroq quyib, bittasini menga surib qo‘ydi. 
— Ol! — dedi u, go‘yo biz bu yerga anchayin o‘tirish va ichish uchun kelgandek, g‘urur bilan 
hayosizlarcha ko‘z qisib. 
— Sen nimaga suyunyapsan o‘zi? — deb so‘radim norozi ohangda. 
— Nima, yig‘laymi bo‘lmasa? Sen turganda menga boshqa narsaning keragi yo‘q, Ilyos! Men seni 
sabrli, chidamli deb o‘ylagan edim. Kel, nima bo‘lsa bo‘lar! — deb sekingina kulib qo‘ydi u va 
yonimga yaqinroq surildi, qop-qora nozli ko‘zlarini suzib, qo‘lidagi stakanni cho‘qishtirdi. 
Biz ichdik. Men papiros tutatdim. Ko‘nglim bir oz yorishgandek bo‘ldi: kuni bo‘yi birinchi marta 
jilmayishim edi. 
— Qoyilman senga, Xadicha! — dedim va uning qo‘lini qisdim. 
Darvoqe, Xadicha o‘sha kecha juda ochilib ketgan edi. 
Keyin ko‘chaga chiqdik. Qosh qorayib qolgan edi. Ko‘l tarafdan esayotgan sho‘x shamol 
daraxtlarni va chiroqlarni tebratib o‘ynardi. Oyoq ostimizdagi yer ham unga taassuf qilgandek 
chayqalardi. Xadicha qo‘ltig‘imdan tutib, meni yetaklab borardi, u mehribonlik bilan yoqamni ko‘tarib 
qo‘ydi. 
— Men sening oldingda aybliman, Xadicha! — dedim o‘z gunohim va minnatdorchiligimni 
yashira olmay. — Ammo shuni bilib qo‘y, men seni hech kimga xafa qildirib qo‘ymayman... 
Hammasiga o‘zim javob beraman... 
— Bularni unutib yuborasan, jonginam! — dedi u. — O‘zing ham tinib-tinchimagansan-da... Doim 
qayoqqadir yelib yugurganing-yugurgan. Men bo‘lsam senga achinaman. O‘zim ham ilgari shunaqa 
edim. Hayotdan ilgarilab keta olmaysan, undan nasib qilganini ol... Taqdir bilan o‘ynashib nima 
qilasan... 
— Bu har kimning tushunchasiga bog‘liq! — deya e’tiroz bildirdim, so‘ngra o‘ylab ko‘rib: — 
Ehtimol, sen haqdirsan... — deb qo‘ydim. 
Biz Xadicha yashaydigan uyning shamolga teskari tomonida to‘xtadik. 
— Mana, uyga ham yetib keldim! — dedi u. 
Men ketmoqchi bo‘lardimu, biroq u yerdan sira jilolmasdim. Endi ikkimiz o‘rtamizda bir-birimizni 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 394,69 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc

Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish