Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/67
Sana11.02.2024
Hajmi394,69 Kb.
#154681
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Bog'liq
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
— To‘xta, to‘xta, Alibek! To‘xta! — deb qichqirdim. 
Rulni boshqarib borayotgan navbatchi yigit Alibekka savol nazari bilan qaradi. Alibek esa 
xo‘mrayganicha teskari burilib oldi. Mashina to‘xtamasdan o‘tib ketdi. Mashina g‘ildiraklaridan 
ko‘tarilgan qor to‘zoni orasida qolib, ancha vaqtgacha qo‘limni ko‘targancha turib qoldim. So‘ngra 
yuzimni artdim. Mayli, olmoqning bermog‘i bor-ku, axir! Biroq hozir undan xafa bo‘ladigan darajada 
emas edim. Demak, Asal ularnikiga bormapti. Bu ko‘nglimni battarroq g‘ash qila boshladi. U o‘z 
ovuliga ketgan bo‘lsa kerak, boshqa boradigan joyi yo‘q. U ota-onasi oldiga qaysi yuz bilan bordiykin 
va nima dedi ekan ularga? 
Tezda ovulga jo‘nashim kerak. 
Yukni tushirgach, avtobaza hovlisiga kirib o‘tirmadim. Mashinani ko‘chada qoldirib, hujjatlarni 
topshirish uchun dispetcherxonaga yugurib ketdim. Borayotib yo‘lakda Jontoy bilan to‘qnashib 
qoldim. Uning yonidan o‘tib ketdim, u bo‘lsa ortimdan jirkanch va hayosizlarcha tirjayib qoldi. 
Halloslab dispetcherxonaning tuynukchasiga boshimni suqdim-da, Xadichaning oldiga yo‘llanmani 
tashladim. U menga g‘alati qilib bir qarab qo‘ydi. Uning ko‘zlaridan qandaydir bezovtalik va o‘zini 
gunohkordek sezayotganligi nogoh sezilib ketdi. 
— Tezroq olsang-chi! — dedim men. 
— Biron nima bo‘ldimi? 
— Asal... uyda yo‘q, ketib qolibdi! 
— Rostdanmi? — dedi ranglari oppoq oqarib ketgan Xadicha va o‘rnidan turdi-da, lablarini 
tishlab: — Kechir, kechir meni, Ilyos! Hammasiga men, men... — deya boshladi. 
— Nimaga men-menlab qolding! Tushuntiribroq gapirsang-chi, qani, ayt barini! — deb 
despetcherxo-naning eshigiga qarab otildim. 
— Bularning hammasi qanday bo‘lganini o‘zim ham bilmay qoldim, gaplarim rost, Ilyos. Kecha 
yo‘lakda turuvchi qorovul tuynuk eshikchasini taqillatib, bir qiz kelib, seni so‘rayapti, dedi. Qorovul 
uni bu yerga chaqirdi-da, o‘zi chiqib ketdi. Men uni darhol tanidim. U «jimgina menga tikilib qaradi: 
«Shular hammasi rosti?»— deb so‘radi. Men, men esa dovdirab qolib, qo‘qqisdan: «Ha, rost. Hammasi 
rost. U men bilan birga!»— deb yuboribman. U cho‘chib ketib, tuynukchadan boshini shartta tortib 
oldi. Men esa oshimni stolga shilq etib tashlaganimcha, jinnilarga o‘xshab: «Meniki u! Meniki!» — 
deb ho‘ngrab yig‘lab yubordim. U koridordan yugurib chiqib ketdi, keyin uni ko‘rmadim... Kechir 
meni... 
— Shoshma-shoshma. U qayoqdan bildiykin? 
— Jontoy aytgan. O‘sha, u menga ham do‘q qilib yurardi. Uning ablahligini bilmaysanmi axir! 
— Bilaman. Biroq u bu gal haqiqatni aytibdi. 
— Sen, Ilyos, bor, uni qidirib top. Men endi sizlarga xalaqit bermayman. Biron yoqqa bosh olib 
ketaman... 
Mashina meni qishki cho‘l bag‘ridan olib borardi. Yo‘lni qalin, ko‘kimtir muz qoplab yotardi. 
Shamol qor uyumlarining yo‘llarini tarab, ariq bo‘ylaridagi qorlarni quyun qilib uchirib, o‘zi bilan olis-
olislarga olib ketardi. Uzoqdagi tog‘ etaklarida shamolda nuragan devorlar va yaproqlari to‘kilib ship-
shiydam bo‘lib qolgan ovul bog‘lari elas-elas qorayib turardi. 
Kolxozga kechqurun yetib keldim. Mashinani menga tanish bo‘lgan xonadon oldiga kelib 
to‘xtatdim, nafasimni rostlab olish uchun papiros tutatdim so‘ng uning qoldig‘ini o‘chirib tashladim-
da, signal bera boshladim. Ammo Asal o‘rniga yelkasiga po‘stin tashlab olgan onasi chiqdi. Men 
kabina eshigini ochib, zinaga tushdim va sekingina: 
— Salom, opa! — dedim. 
— Ha-a, senmiding! — deb g‘azab bilan javob qildi u. — Qilar ishni qilib qo‘yib, tag‘in meni opa 
deyishga qanday tiling bordi? Yo‘qol bu yerdan, basharang qursin. Sayoq, muttaham, lo‘li! Bolamning 
bosh-ko‘zini aylantirib olib qochibdi-da, yana uyalmay-netmay burnini tortib kelganini qara-ya! 
Benomus! El-yurt oldida sharmandai sharmisor qilding... 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 394,69 Kb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc

Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish