|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 49/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
49
Samad! — derdi u o‘g‘lini o‘pib va mo‘ylovi bilan uning bo‘ynilarini qitiqlab erkalab. Boytemirning
ovozida va o‘zini tutishida soxtalikdan asar ham yo‘q edi. Uning barcha hatti-harakatlari shunchalik
tabiiy ediki, go‘yo mening o‘rnimda mening rolimni ado etayotgandek edi. — Ha, toychog‘im, nega
uxlamayapsan? Hamma narsadan xabardor bo‘lsang-a, qani, o‘rningga chopqilla-chi!
— Oyim qani? — deb so‘radi Samad.
— Hozir keladi. Ana kelyapti. Bor endi, o‘g‘lim, uxla.
Asal jimgina yugurib kirdi va bizga sergaklik bilan tezgina nazar tashlab chiqdi-da, yodli
shishachani Boytemirga berib, o‘g‘lini olib ketdi.
Boytemir namlangan sochiq bilan yuzimdagi qonni artdi.
— Birpas chidaysan endi! — deb hazillashdi u shilingan joylarimga yod surarkan va jiddiy suratda:
— Bu ishing uchun seni o‘tda kuydirsa ham bo‘lardi-yu, mayli, endi, mehmonimizsan-da... Mana
tamom, qutulding, bitib ketadi. Asal, bizga choy qo‘yib yuborsang bo‘lardi.
— Hozir! — dedi Asal o‘g‘lini allalay turib. Boytemir polga yoyilgan kigiz ustiga ikki qavat
ko‘rpacha solib, yostiq qo‘ydi.
— Buyoqqa o‘tib o‘tir, — dedi u menga. — Yonboshla, bir oz damingni ol...
— Hechqisi yo‘q, rahmat! — deb g‘o‘ldiradim men.
— O‘tir, o‘tiraver, o‘z uyingdek bemalol o‘tiraver! — deb qattiq turib oldi u.
Bularning hammasi go‘yo tushimda bo‘layotgandek edi. Mana hozir hammasi oshkor bo‘ladi, qani
endi yer yorilsa-yu, yerga kirib ketsang, degan qo‘rquv va tashvishdan yuragim tars yorilib
ketayozgandek edi. Chunki men bu yerga naqadar ayanchli ahvolda: mast, iflos va qonga bo‘yalgan
holda kelganimni payqagan edim. Uf, onam nega tuqqan ekan meni-ya!
Asal bizga qaramaslikka harakat qilib, samovarni oldi-da, tashqariga olib chiqib ketdi.
— Men hozir senga yordamlashib yuboraman, Asal! — dedi Boytemir uning orqasidan. U
Asalning ketidan endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edi, Samad yana o‘rnidan irg‘ib turdi. Uning mutlaqo
uxlagisi yo‘q edi.
— Senga nima bo‘ldi, Samad! — deb mehribonlik bilan bosh chayqadi Boytemir.
— Amaki, siz to‘ppa-to‘g‘ri kinodan chiqdingizmi? — deb so‘radi o‘g‘lim jiddiy, oldimga
yaqinroq kelib.
Men uning nima hakda gapirayotganini tushunmadim, Boytemir bo‘lsa xaxolab kulib yubordi.
— Voy, tentag-ey, — deb kulardi Boytemir bolaning yoniga cho‘kkalab o‘tirganicha. — Toza
ichaklarni uzding-ku. Biz konga kino ko‘rgani borib turamiz! — dedi u menga murojaat qilib. — U
ham biz bilan birga boradi.
— Ha, men kinodan chiqdim! — deb umumiy kulgiga qo‘shildim.
Ammo Samad qovog‘ini solib oldi-da:
— Yolg‘on! — dedi.
— Nega endi yolg‘on bo‘larkan?
— Bo‘lmasa, anov urishadigan qilichingiz qani?
— Uyga tashlab keldim...
— Menga ko‘rsatasizmi, amaki? Ertaga ko‘rsatasizmi?
— Xo‘p, xo‘p, ko‘rsataman. Qani, buyoqqa kel-chi, sening oting nima, Samad-a, to‘g‘rimi?
— Samad. Sizning otingiz nima, amaki?
— Menikimi... — deya nafasim ichimga tushib ketdi.— Mening otim Ilyos amaki, — dedim zo‘r-
bazo‘r.
Boytemir shoshib qoldi:
— Sizlar bu yerda gaplashib o‘tira turinglar, biz hozir choy qaynatib kelamiz. — U ostonada
to‘xtadi. — Sen, Samad, borib yot, kech bo‘lib qoldi.
— Dada, yana ozgina o‘tira qolay! — deb yolvordi Samad.
— Ha, mayli! — deb rozi bo‘ldi Boytemir. Samad oldimga keldi. Men uning qo‘llarini siladim: u
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |