|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 52/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
52
ketaman! O‘tir! — deb motor shovqini ostida yolvorardim unga.
Asal hech nima demadi, jiqqa yoshga to‘lgan ko‘zlarini jimgina chetga burib, «yo‘q», degandek
bosh chayqadi.
— O‘tiraylik, oyi! — deya uning qo‘lidan tortqiladi Samad. — O‘ynab kelamiz!
U o‘g‘lini siltab tashladi va uni qo‘lidan qo‘ymay nariga yetaklab ketdi. U boshini quyi solgancha
atrofga nazar tashlamay borardi. Samad esa orqaga tortqilar, ketgisi kelmasdi.
— Tayyor! — deb qichqirdi Boytemir kapotni yopib, keyin, asbob-uskunalarni menga uzatdi.
Yo‘lga tushdim. Yana qo‘lim rulda, yana yo‘l, tog‘-toshlar, mashina meni uchirib olib ketmoqda,
uning men bilan qanchalik ishi bor...
Asal bilan o‘g‘limni dovonda ana shu yo‘sinda topdim, biz shu xilda uchrashdik va ajrashdik.
Chegaraga bora-borguncha va qaytishda butun yo‘l bo‘ylab o‘ylab o‘yimga yeta olmadim. Cheki-
chegarasi yo‘q o‘y-xayollardan charchab ketdim... Endi bu yerlardan boshim oqqan tomonga qarab
bosh olib ketishim kerak edi, bu yerda qolishim mumkin emas edi.
Bunga men qat’iy qaror qildim, shu xayollar bilan orqaga qaytdim. Dovondan oshib o‘tdim va yo‘l
uchastkasidan o‘tib keta turib Samadni ko‘rib qoldim. U yo‘l yoqasida bir o‘g‘il bola va o‘zidan bir oz
kattaroq bir qiz bola bilan o‘ynab yurgan edi. Ular toshqo‘rg‘on o‘ynashardi, ya’ni toshlardan
hovlichalar va mollar uchun qo‘ralar qurishmoqda edi. Ehtimol, ilgarilari ham ularni yo‘l yoqasida
ko‘rgandirmanu, ammo taniy olmagandirman. Demak, deyarli har kuni o‘g‘ilchamning yonginasidan
o‘tib-qaytib yurganimni o‘zim payqamay yurgan ekanman. Mashinani to‘xtatdim.
— Samad! — deb chaqirdim men toychog‘imni. Ko‘rgim kelib ketdi. Bolalar menga qarab
chopqillab kelishdi.
— Amaki, bizni mashinada o‘ynatgani keldingizmi? — deb oldimga chopib keldi Samad.
— Ha, ozgina sayr qildirmoqchiman sizlarni! — dedim men.
Bolalar chuvillashib, hammasi birdaniga kabinaga chiqishdi.
— Bu bizning tanish amakimiz, — deb maqtanardi Samad o‘rtoqlariga.
Men ularni bir oz sayr qildirgandek bo‘ldim. Ammo shu bilan o‘zimni shu qadar quvnoq va shu
qadar baxtiyor his qilar edimki, bolalarning o‘zlari ham bunchalik huzur qilmagan bo‘lsalar kerak.
So‘ngra ularni mashinadan tushirdim.
— Qani endi uylaringga chopinglar! — Bolalar chopqillab ketishdi. Men o‘g‘limni to‘xtatdim:
— Shoshmay tur, Samad, senga ozroq gapim bor! — deb uni qo‘limga olib, boshim uzra yuqoriga
ko‘tardim, yuziga uzoq tikilib turdim so‘ngra ko‘ksimga bosib, o‘pib-o‘pib oldim-da, pastga tushirdim.
— Qilich qani, olib keldingizmi, amaki? — dedi Samad esiga tushib qolib.
— E, yodimdan ko‘tarilib ketibdi-ku, o‘g‘lim, endi kelasi safar olib kelaman! — deb va’da berdim
unga.
— Endi esingizdan chiqarmaysiz-a, amaki? Biz boyagi joyda o‘ynab yuramiz.
— Yaxshi, qani endi tezroq chop!
Avtobazada duradgorlik ustaxonasida yog‘ochdan uchta o‘yinchoq qilich yasab, o‘zim bilan birga
olib yurdim.
Bolalar haqiqatan ham meni kutib turishgan ekan. Men ularni mashinada yana bir oz aylantirdim.
O‘g‘lim va uning o‘rtoqlari bilan do‘stligimiz ana shunday boshlandi. Ular menga tez ko‘nikib
qolishdi. Uzoqdan ko‘zlari tushishi bilanoq bir-biridan o‘zishib chopib qolishardi.
— Mashina, mashinamiz kelyapti! — deb qichqirishardi.
Menga yana jon kirib, odambashara bo‘lib qoldim. Yo‘lda ketayotib ruhim tetik, dimog‘im chog‘
ketar va o‘zim bilan birga qandaydir noyob his-tuyg‘ularni eltib borardim. Yo‘l yoqasida meni o‘g‘lim
kutib turganini bilardim. Loaqal bir-ikki minut bo‘lsa-da, u bilan yonma-yon o‘tirish men uchun katta
baxt-ku. Endi butun fikr-u xayolim qanday bo‘lsa ham o‘g‘limning oldiga o‘z vaqtida yetib borish
tashvishi bilan band edi. Men hamma vaqt dovondan kunduzi o‘tishni mo‘ljallardim. Iliq bahor kunlari
edi, bolalar doim ochiq dalada o‘ynab yurishardi. Shuning uchun ham men ularni ko‘pincha yo‘l
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |