|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 51/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
51
o‘tgani eshitildi.
— Radiatorning suvini to‘kib qo‘ydilaringmi? — deb so‘radi u shivirlab. — Tag‘in muzlab
qolmasin...
— To‘kilgan, Kamol to‘kib tashladi! — dedi Boytemir ham shivirlab. — Mashina deyarli lat
yemagan... Ertalab yordamlashamiz...
Men esa mashina haqida o‘ylamabman ham: na radiator va na motor ko‘rinardi ko‘zimga.
Asal ko‘ylakni yuvib bo‘lib, uni pechka tepasiga yoyar ekan, chuqur xo‘rsinib qo‘ydi va chiroqni
o‘chirib, chiqib ketdi.
Uyni qorong‘ilik qopladi. Hammamizning ham uxlamay yotganimizni sezib yotardim. Har birimiz
o‘zimizcha yolg‘iz o‘y-xayollarimiz bilan edik. Boytemir o‘g‘li bilan bir karavotda yotibdi. U
nimalardir deb Samadni erkalar, uyqusida tipirchilab tepkilansa, ko‘rpani ustiga tortib yopib qo‘yardi;
Asal goho-goho og‘ir xo‘rsinib qo‘yardi. Uning qorong‘ida xuddi yomg‘irda qolgan toshdek
yiltirayotgan ko‘zlari menga ko‘rinib turardi... Ular balki yosh bilan to‘ladir. Nima hakda, kim haqida
o‘ylayotganikin? Endi u bir emas, uch kishi haqida qayg‘urishi kerak edi... Ehtimol, u ham xuddi men
singari bir-birimizni bog‘lab turuvchi o‘sha o‘tmish kunlarni, lazzatli va iztirobli damlarni xotiridan
bir-bir o‘tkazayotgandir. Ammo endi uning visoliga yetolmayman, shuningdek, uning o‘y-fikrlarini
ham bilolmayman. Keyingi yillar ichida Asalning o‘zi ham, ko‘zlari ham o‘zgarib ketgan edi... Endi bu
ko‘zlar avvalgi, ishonch bilan boqib, mehr, soddadillik bilan porlab turuvchi g‘uborsiz ko‘zlar emas
edi. Ular vazmin va jiddiylashgan edi. Biroq Asal men uchun hamon o‘sha dasht quchog‘ida yayrab
o‘sgan sarvqomatligicha qolgan edi. Uning har bir xislat, xususiyat va xatti-harakatlari men uchun
tanish va qadrdon edi. Bu esa bir alamimni ikki qilib, qalbimni o‘rtab tirnardi. Alamimdan yostiq
burchagini tishlaganimcha g‘ing demay yotardim. Tonggacha mijja qoqmadim.
Derazadan ko‘kda suzib yurgan oy bulutlar orasidan yog‘du sochar, dam-badam o‘z jamolini
ko‘rsatib qo‘yardi.
Erta tongda Asal bilan Boytemir xo‘jalik ishlari bilan hovliga chiqib ketganlarida men ham
o‘rnimdan turdim. Jo‘nash kerak edi. Sekin odimlab borib Samadni o‘pdim-da, tezda xonadan chiqib
ketdim.
Asal hovlida tosh o‘choqqa o‘rnatilgan katta qozonda suv isitmoqda edi. Boytemir o‘tin yorardi.
Biz u bilan birga mashina tomon ketdik. Jimgina papiros chekishib borardik.
Mashina kechasi yo‘l chekkasidagi betonli ustunchalarga urilgan ekan. Ulardan ikkitasi tag-tugi
bilan qo‘porilib yotardi. Mashinaning chirog‘i singan, qanoti va oldingi qismi pachaqlangan, g‘ildiragi
bir tomonga xiyol qiyshayib ketgandi. Biz bularning hammasini lom va bolg‘a bilan ozmi-ko‘pmi
tuzatdik. So‘ng motorni yurgizolmay uzoq vaqt azob cheqdik. Motor dovonda muzlab qolgan edi.
Karterni mash’al yoqib qizdirdik, keyin ikki kishilashib ruchkani aylantira boshladik. Yelkalarimiz
to‘qnashib, kaftimiz ruchka dastasini aylantiraverib qizib ketdi, bir-birimizning yuzimizga iliq
nafasimiz urilardi, ikkalamiz ham bir ishni bajarar edik, ehtimol, o‘y-xayollarimiz ham bir yerdan
chiqar.
Motorning o‘t olishi juda qiyin bo‘ldi. Ikkalamiz ham hansiray boshladik. Shu orada Asal ikki
chelak issiq suv keltirdi va ularni jimgina oldimga qo‘ydi-da, o‘zini chetga olib turdi. Suvni radiatorga
quydim. So‘ngra yana Boytemir bilan birgalikda ruchkani bir-ikki aylantirib yuborgan edik, nihoyat
motor ishlab ketdi. Men kabinaga o‘tirdim. Motor notekis, uzilib-uzilib ishlardi. Svechalarni tekshirish
uchun Boytemir kapot ostiga kirdi. Shu chog‘ paltochasining tugmalari qadalmagan Samad
hansiraganicha chopqillab kelib qoldi va mashinaning atrofidan g‘izillab chopa boshladi. Chunki u
mashinaga minib sayr qilish ishtiyoqida edi. Asal uni tutib oldi-da, qo‘lidan mahkam ushlab olgancha,
kabinaning yoniga o‘tib turdi. U menga ta’na qilgandek, shunaqa ham alam va achinish bilan
termildiki, o‘z gunohimni yuvish va ularni yana o‘zimga qaytarish uchun shu damda lozim bo‘lsa har
narsa qilishga tayyor edim. Men kabinaning ochiq eshigidan engashib qaradim:
— Asal! o‘g‘limizni olib o‘tir! O‘tgan galgidek mashinaga o‘tqazib olib ketaman, bir umrga olib
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |