|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 59/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
58
turmush qurib, o‘sha yerda, yo‘l uchastkasida qolib ishlay boshladik. Biz juda ahil va bir-birimizga
mehribon edik... Shuni ham aytish kerakki, ayniqsa tog‘ va dovonlarda yashovchi yo‘l tuzatuvchilar
uchun mustahkam oila — yaxshi xotin osh-nondek zarur. Men buni keyinroq o‘z hayotimda sinab
ko‘rdim. Agar men o‘z ishimni bir umrga jon-dilimdan sevib qolgan ekanman, bunda xotinimning
xizmati ham oz emas. Biz qiz ko‘rdik, keyin ikkinchisi dunyoga keldi, xuddi shu kezlarda to‘satdan
urush boshlanib qoldi.
Pomir yo‘li sharros quyib bergan jaladan keyingi daryo kabi chayqalib, to‘lqinlanib ketdi. Butun
xalq ana shu daryo singari pastga tomon oqa boshladi — ular armiyaga ketayotgan edi.
Nihoyat menga ham navbat keldi. Ertalab hammamiz boshlashib uydan yo‘l yoqasiga chiqdik.
Kichkina qizchamni qo‘limda ko‘tarib borardim, kattasi esa barimdan ushlab olgancha yonma-yon
borardi. Gulbaram, bechora Gulbaram! Uning qo‘lida mening safar xaltam, o‘zini dadil tutishga va
meni ham ovutib, tinchitishga urinardi. Ammo kimsasiz tog‘u toshlardagi yo‘l uchastkasida ikki yosh
bola-yu, yana xuddi o‘ziga o‘xshash ikki qo‘shni ayol bilan qolish unga naqadar og‘ir ekanligini butun
qalbimdan sezib turardim. Men ularni ovulga: qarindosh-urug‘larim oldiga jo‘natmoqchi bo‘ldim,
ammo Gulbara istamadi. Kunimizni bir amallab o‘tkazarmiz, seni kutamiz, yo‘lni ham qarovsiz
qoldirib bo‘lmaydi-ku, axir, derdi u. Men rafiqam va farzandlarim bilan so‘nggi marta yo‘l yoqasida
turib xayrlashdim. Biz Gulbara bilan u vaqtda hali juda yosh, hayotga endigina qadam qo‘ygan edik...
Men sapyorlar batal’oniga tushdim. Moskva ostonalaridagi ko‘pgina tankka qarshi qurilgan
to‘siqlarga mening ham qo‘lim tekkan. Keyin esa Don va Visla daryolarini kechib o‘tib, Dunayga
qarab ketdik. Urush maydonlarida biz qanchadan-qancha yo‘llar, kechuv joylari, ko‘priklar barpo
etdik. Qilgan ishlarimizni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi! Ba’zan shunday paytlar ham bo‘lardiki,
goh muzday suvda titrab-qaltiraysan, goh tutun va olov ichida yonasan, atrofingda snaryadlar betinim
portlaydi, kechuv joylarni ostin-ustin qiladi, qanchadan qancha odamlar qiriladi, tinka-madoring qurib,
o‘lishingga ham ming marta rozi bo‘lasan. Biroq shunday paytlarda tog‘-toshlarda yashab, xuddi
Xizrni yo‘qlagandeq meni intizorlik bilan kutayotgan bola-chaqamni eslasam va Pomirdek joydan bu
yerda, ko‘prik ostida bekordan bekorga o‘lib ketgani kelmaganimni o‘ylasam, kuch-qudratim shu
qadar ortib ketardiki, bir-biridan ajralib ketayotgan simlarni hatto tishlarim bilan burardim, hayotdan
voz kechgim, taslim bo‘lgim kelmasdi. Ana shu kuch bilan Berlin ostonalarigacha yetib bordim.
Xotinim tez-tez xat yozib turardi, yaxshiyamki, pochta ularning yonginasidagi yo‘ldan o‘tardi. U
hamma narsa haqida, shu jumladan, yo‘l haqida ham batafsil yozardi — u mening o‘rnimga master
bo‘lib qolgan edi. Unga juda og‘ir ekanligini bilardim: yo‘l ham uncha-muncha yo‘llardan emas,
Pomirda-ya! Buning ustiga, qo‘shnilar ham duch kelgan tomonga qarab ko‘chib ketishibdi.
Qirq beshinchi yilning bahoriga kelib to‘satdan xat kelmay qo‘ydi. Front pochtasida har xil
hodisalar bo‘lishi mumkin-ku, deb o‘ylab, o‘zimni o‘zim ovutardim. Kunlardan birida meni polk
shtabiga chaqirib qolishdi. Xo‘sh, gap shunaqa, starshina, urushib bo‘lding, yaxshi jang qilding,
tashakkur va mukofotlar ham olding. Endi uyingga qaytasan, u yerda sen hozir ko‘proq keraksan.
Ammo birinchi navbatda harbiy komissariatga kir, hujjatlaringni topshir, keyin uyingga jo‘na... Men
kutilmagan bu xabardan quvonib ketdim, albatta. Hatto uyga telegramma ham yubordim.
Men qadrdon joylarimga yetib keldim. Harbiy komissariatga esa kirib o‘tirmadim, ulguraman hali,
qayoqqa qochib ketardim! Uyga! Tezroq uyga yetib boray! Yo‘lovchi polutorka mashina uchrab qoldi,
men unda Pomir yo‘li bo‘ylab jo‘nab ketdim.
Qani endi qanotim bo‘lsa-yu, uchib borsam, frontdagi «Studebekker»larda yurib o‘rganib
qolibman, kabinaga engashib shofyorga qichqirardim:
— Tezroq hayda, oshna, shaldiroq aravangni muncha ayamasang! Uyimga ketyapman!
Mana, yaqinlashib ham qoldim. Muyulishdan o‘tish bilan mening uchastkam. Sabr-toqatim
chidamadi. Mashinaning yurib ketayotganiga qaramay, sakrab tushdim-da, safar xaltamni yelkamga
tashlab, yugurib ketdim. Shunday qilsam tezroq yetib boraman, deb o‘yladim. Chopyapman,
chopyapman, muyulishdan ham o‘tdim... O‘tdim-u, hech narsani taniyolmadim. Go‘yo hamma-
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |