Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/67
Sana11.02.2024
Hajmi394,69 Kb.
#154681
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
o‘rnimdan turib ishga jo‘nardim, shu ketganimcha to tunga qadar uyga qaytmasdim. Shu tariqa men 
so‘qqabosh bo‘lib qolgandim. To‘g‘ri, ahyon-ahyonda: «Ehtimol, hali yana baxtli kunlarga 
erisharman», degan hazin o‘y xayolimga kelib qolardi. 
Nihoyat juda og‘ir, iztirobli va cheksiz mashaqqatli bu baxt men kutmagan bir paytda kelib qoldi. 
Bundan to‘rt yilcha muqaddam tugab borayotgan qish kunlarining birida qo‘shnimning bemor 
onasini oblast kasalxonasiga olib borgan edim. Qo‘shnimning o‘zi bo‘lsa uydan bo‘shab chiqa 
olmasdi. Bir yoqda ish, oila, bir yoqda bolalari... Kampirning ahvoli esa kun sayin og‘irlashib 
bormoqda edi. Men uni vrachlarga ko‘rsatishga ahd qildim. Shu kun uchastkamizga yo‘l 
boshqarmasidan mashina kelib qoldi. Unda nimadir keltirishgan edi. Biz ana o‘sha mashinada oblast 
markaziga bordik. Kampirni vrachlarga ko‘rsatdim. Vrachlar kampirni kasalxonaga yotqizish kerak, 
yotqizilma-sa bo‘lmaydi, deb maslahat berishdi. Kampir kasalxonaga birinchi marta tushganidan, 
yotmayman, deb qaysarlik qilib turib oldi, o‘lsam o‘lamanki, ammo kasalxonada qolmayman, derdi u. 
Qaytarib olib ket, bo‘lmasa qarg‘ishimga qolasan. Shuncha qilsam ham uni ko‘ndira olmadim. Yana 
qaytarib olib ketishga to‘g‘ri keldi. Turli-tuman doridarmonlar olib, orqaga qaytdik. Vaqt allamahal 
bo‘lib qolgan edi. Avtobazaning dovondagi bazasidan o‘tib ketdik. Bir payt shofyor mashinasini 
shartta to‘xtatdi, men uning: 
— Qayoqqa borasiz? — deb so‘rayotganini eshitdim. 
Allanima deb mujmalgina javob qaytargan ayol kishining ovozi quloqqa chalindi va uning nari 
ketayotgan odim sharpasi eshitildi. 
— Chiqa qoling! — dedi shofyor unga. — Nega unday qilasiz? — deb mashinani unga yaqinroq 
haydab bordi. 
Qo‘lida bola, tuguncha ko‘tarib olgan yoshgina ayol mashina bortiga yaqinlashdi. Men ayolning 
kuzovga chiqib olishiga yordamlashdim, kabina orqasidagi shamol tegmaydigan pana joyni unga 
bo‘shatib berib, o‘zim burchakka o‘rnashib oldim. 
Biz yo‘lga tushdik. Kun sovuq, rutubatli shamol esardi. Bola yig‘lay boshladi. Ayol bolani 
ovutishga har qancha urinmasin, u sira tinchlanadiganga o‘xshamasdi. Toza chatoq bo‘ldi-ku! 
Kabinaga o‘tqazay desak, u yerda chalajon kampir o‘tirardi. Shunda men ayolning yelkasidan 
sekingina turtdim: 
— Qani, menga bering-chi, ehtimol, tinchib qolar, o‘zingiz sal egilibroq o‘tiring, shamol tegmasin. 
Men bolani kalta po‘stinim bilan o‘rab oldim-da, bag‘rimga bosdim. U tinchib, pishillab nafas ola 
boshladi. Juda do‘mboq, o‘ziyam o‘n oylik chamasi jajjigina bola ekan. Men uni chap bag‘rimga olib 
o‘tirardim. Birdan yuragim gupillab, xuddi otib tushirilgan qush kabi tipirchilay boshladi. Nega 
ekanligini o‘zim ham bilmayman. Qalbim ham qayg‘u, ham quvonchli tuyg‘ularga to‘lgan edi. «Eh, 
nahotki hech qachon otalik baxtiga muyassar bo‘lolmasam-a», deb o‘ylardim men. Bola esa bag‘rimda 
issiqqina yotardi. Unga boshqa hech narsaning keragi ham yo‘q edi. 
— O‘g‘ilmi? — deb so‘radim. 
Ayol bosh irg‘ab qo‘ydi. Ko‘rib turibman, bechora sovqotib qolgan, egnida yupqa palto. Men 
bo‘lsam qishda ham kalta po‘stin ustidan plash kiyib yuraman: bizning ish sharoitimizda busiz mumkin 
emas. Bolani bir qo‘limda ushlab turib, unga ikkinchi yengimni cho‘zdim. 
— Plashimni yeching. Bunaqada shamollab qolasiz. 
— Yo‘g‘-e, qo‘ying, ovora bo‘lmang, — deb ko‘nmadi u. 
— Torting, tortavering! — deb turib oldim men. — Yopinib oling. 
U plashga o‘ralib oldi, shamol kirmasin deb etaklarini oyog‘i ostiga qistirib qo‘ydim. 
— Biroz isidingizmi? — deb so‘radim men. 
— Ha, isidim. 
— Yo‘lga namuncha kech chiqdingiz? 
— Shunday bo‘lib qoldi, — dedi u ohistagina. Shu payt biz daradan ketayotgan edik. Bu yerda 
konchilar posyolkasi joylashgan edi. Hamma uyquga ketgan, derazalarda bironta chiroq ko‘rinmasdi. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 394,69 Kb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc

Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish