|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 56/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
56
deb chalqancha o‘ytab yotardim. Ammo u hadeganda kupega qaytib kelavermadi. «Mayli, dam
olvolsin, ertaga aytarman», degan qarorga keldim. Aytmay yaxshi qilgan ekanman, chunki ertasiga
yana o‘ylab ko‘rib, bu fikrimdan qaytdim.
Men yo‘l masteri Boytemir bilan deyarli o‘sha kezlarda — Ilyos Asal bilan o‘g‘lining dovonda
yashayotganligidan xabar topgan chog‘larda tanishgan edim. Pomirda Qirg‘iziston yo‘l ishchilarining
o‘zaro tekshirish va tajriba almashish bo‘yicha delegatsiyasini kutishayotgan edi. Shu munosabat bilan
Tojikiston respublika gazetasi qirg‘izistonlik tog‘ yo‘li ishchilari haqida ocherk yozib berishimizni
iltimos qilgan edi.
Delegatsiya orasida eng yaxshi yo‘l masterlaridan biri Boytemir Qulov ham bor edi.
Men Boytemir bilan tanishish maqsadida Do‘langa keldim.
Biz u bilan qo‘qqisdan uchrashib qoldik va bu uchrashuv men uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Dovonga yetay-etay deb qolganimizda avtobusimizni qo‘lida qizil bayroqcha tutgan ishchi to‘xtatdi.
Bilsak, yo‘lda hozirgina tog‘ o‘pirilishi yuz berib, yo‘l tuzatuvchilar uni tozalayotgan ekan. Men
avtobusdan chiqib, o‘pirilish yuz bergan joyga qarab ketdim. Tog‘ tepasida pastga qarab tosh aralash
yer ko‘chib, yo‘lga qulab tushibdi-da, o‘zi bilan birga yo‘lning bir chekkasini to‘sib qo‘yilgan beton
ustunchalarni ham qo‘shib tik qiyalik bo‘ylab jarlikka qarab o‘pirib ketibdi. Yo‘lning bu qismi taxta
qoliplar yordamida qaytadan tiklanayotgan edi. Buldozer uyilib qolgan tuproqni pastlikka surib
tushirardi. Buldozer yurolmaydigan joylarni esa ishchilar belkuraklar bilan tozalab, shibbalashardi.
Brezent plash va kirza etik kiyib olgan kishi buldozer bilan yonma-yon yurib, traktorchiga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatmoqchi edi:
— Xiyol chaproqqa bur! Yana biroz ichkariga! Taxta qoliplar ustidan hayda! Ha, shunday! To‘xta!
Orqaga!..
Yo‘l deyarli tozalab bo‘lingan edi. Shofyorlar ikkala tomondan tinmay signal berishib, soqchi
ishchilarni so‘kib, yo‘lni ochishni talab qilishardi, ammo plashli kishi bularga parvo qilmasdi. U
buldozerni mo‘ljallangan yerdan yurishga va qoliplar ichidagi tuproqni yaxshilab shibbalashga qayta-
qayta majbur etardi. «Boytemir deganlari shu bo‘lsa kerak. U o‘z ishining ko‘zini bilarkan!» — degan
qarorga keldim men. Ha, yanglishmabman, bu ayni shu kishining o‘zi ekan. Nihoyat, yo‘l ochilib,
mashinalar harakatga tushib qolishdi.
— Siz nima qilib turibsiz, avtobusingiz ketib qoldi-ku? — dedi menga Boytemir.
— Men siz bilan uchrashgani keldim. Boytemir taajjublanmadi ham. Men bilan oddiygina qo‘limni
mahkam qisib ko‘rishdi.
— Mehmondan qochmaymiz, xursand bo‘lamiz.
— Sizda ishim bor edi, bake, — dedim uni hurmatlab. O‘zimni ham tanitdim. — Yo‘l
tuzatuvchilarimizning Tojikistonga borishidan sizning xabaringiz bormi?
— Ha, eshituvdim.
— Gap bunday. Pomirga ketishingiz oldidan siz bilan gaplashib olmoqchi edim.
Men kelishdan maqsadimni asta-sekin tushuntirar ekanman, borgan sayin Boytemirning qovog‘i
osilib, dag‘al va qo‘ng‘ir mo‘ylovini o‘ychan silay boshladi.
— Kelganingiz-ku juda yaxshi bo‘libdi, — dedi u menga, — lekin Pomirga men bormayman,
mening xususimda yozib o‘tirishingizning hojati ham yo‘q.
— Sababini bilsak bo‘ladimi? Ishlar ko‘pmi? Yoki uyda biron kori hol bo‘ldimi?
— Ish ham yetarli, har qalay yo‘l-da, o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Uyda deysizmi? — u papiros ola
turib biroz jimib qoldi. — Uyda ham... albatta, hamma oilalarda bo‘ladiganidek ozmi-ko‘pmi ishlar
bor... Ammo Pomirga bormayman.
Men unga o‘xshagan yo‘l tuzatuvchilarning delegatsiya sostavida borishining qanchalik muhim
ekanligini tushuntirishga va ko‘ndirishga kirishdim. Ammo Boytemir ko‘proq hurmat yuzasidangina
menga quloq solar edi, men uni har qancha tashviqot qilsam ham bari bir ko‘ndira olmadim.
Men juda xafa bo‘ldim va birinchi galda o‘zimdan o‘pkaladim. Jurnalistlik sezgirligim bu safar ish
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |