|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 42/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
42
Kampir og‘iz ochirgani qo‘ymasdi. U meni og‘ziga kelgan achchiq so‘zlar bilan tinmay qarg‘ar
edi. Uning baqiriq-chaqirig‘ini eshitib, qo‘shni hovlilardan erkak-ayollar va bolalar to‘plana
boshladilar.
— Xaloyiqni chaqirmasimdan, bu yerdan tuyog‘ingni shiqillatib qol! Basharang qursin, turqingni
sira ko‘rmayin! — g‘azabga to‘lgan ona po‘stinini yerga uloqtirib tashladi-da, menga tomon xezlab
kela boshladi.
— Hoy, yaxshilikcha jo‘nab qol bu yerdan! — dedi allaqanday bir kishi yo‘lga tomon qo‘lini
ishora qilib dag‘dag‘a bilan.
Yo‘lga tushishdan boshqa iloj qolmagan edi. Axir meni Asal hatto ko‘rishni ham istamagandan
keyin ketish kerak edida. Mashinamga tosh va tayoqlar otila boshladi. Bolalar meni ovuldan ana
shunday haydab qolishdi. Nega shunday qilishdi ekan? Ehtimol, ular meni bu kampirni haqorat qilib,
xafa qilgan deb o‘ylashdimikin ? Yoki biron kallakesar deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak...
O‘sha tuni ko‘l bo‘yida uzoq daydib yurdim. Oy nurida jilolanayotgan ko‘l to‘lqin urib, o‘zini
qo‘yishga joy topa olmasdi. O‘, Issiqko‘l, mangu qaynoq ko‘l! O‘sha tun muzdek sovuq eding,
iltifotsizlik bilan qarshi olgan eding. Men to‘ntarilib yotgan qayiq ustida o‘tirarlim. Qirg‘oqdagi
sayozliklar sari o‘rkach-o‘rkach bo‘lib yopirilib kelayotgan to‘lqinlar zarb bilan etiklarimning qo‘njiga
urilar va pishqirib yana orqaga qaytar edilar.
So‘ng allakim menga yaqinlashib keldi-da, yelkamga sekingina qo‘lini qo‘ydi. Bu Xadicha edi.
* * *
Bir necha kundan keyin biz birga Frunze shahriga jo‘nab ketdik. Anorxoy dashti yaylovlarini
o‘zlashtirish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borayotgan ekspeditsiyaga men shofyor, Xadicha ishchi
bo‘lib o‘rnashdik. Mana shunday qilib yangi hayot boshlandi.
Ekspeditsiya bilan birgalikda Anorxoy cho‘lining ichkarisiga, naq Balxash bo‘ylarigacha yetib
bordik. Agarda undan ham olislarga borib qolganimizda ham baribir, orqaga qaytmagan bo‘lardim.
O‘tmish bilan aloqani uzadigan bo‘lgandan keyin bir umrga uzmoq kerak.
Dastlabki paytlarda dard-alamimni ish bilan yengdim. Ish esa istagancha topilardi. Uch yildan
ortiqroq vaqt ichida butun Anorxoy dashtini kezib chiqdik, quduqlar qazidik, yo‘llar o‘tkazdik, yo‘l
ustida bazalar qurdik. Xullas, hozirgi Anorxoy baland-past adirlardan iborat bo‘lib, yovshan bilan
qoplanib yotgan va hatto kishi kuppa-kunduzi adashib, boshi va oyog‘i qayoqda ekanligini topa olmay
haftalab, oylab tentirab yuradigan ilgarigi yovvoyi dasht emas. Hozir u yerlar madaniy dam olish
joylari, uylar va qo‘sharlari bo‘lgan chorvadorlar o‘lkasiga aylangan. Don ekishadi, hatto chorva uchun
pichan tayyorlashadi. To‘g‘ri, hali Anorxoyda qo‘l urilmagan ishlar ko‘p, biz shofyorlarni bo‘lsa
qo‘yavering, ularning ishi hamma vaqt boshidan ortib yotadi. Biroq men u yerdan qaytib keldim. Hali
ko‘p yerlari noobod, odamlar kam yashaydigan dashtda yashash og‘irligidan yoki bo‘ronli qishda,
yo‘lsiz cho‘lda tentirab yurish qiyin bo‘lganligi uchun emas. Bu qiyinchiliklarning bari vaqtinchalik
narsa, albatta. Agar inson mustahkam o‘rnashib olsa, cho‘lni o‘ziga bo‘ysundira oladi, u yerga o‘zi
ham ko‘nikib qoladi, cho‘lni ham o‘ziga moslashtira oladi. Xadicha ikkimiz qiyinchiliklardan
qo‘rqmasdik, turmushimiz ham yomon emas edi, bir-birimizni hurmat qilardik. Ammo hurmat boshqa-
yu, muhabbat boshqa. Agar biri sevib, ikkinchisi sevmasa, unda bu ham, menimcha, ko‘ngildagidek
haqiqiy turmush bo‘lolmaydi. Yo inson o‘zi shunday tuzilganmi, yo faqat men tabiatan shunaqamanmi,
bilolmadim, harqalay, menga doimo bir narsa yetishmasdi, uning o‘rnini ish bilan ham, do‘stlik bilan
ham, seni sevguvchi ayolga nisbatan e’tibor va g‘amxo‘rliging bilan ham almashtirib yoki o‘rnini
to‘ldirib bo‘lmasdi. Men Asalning oldiga borishga yana bir bor urinib ko‘rmay, shoshma-shosharlik
qilib ketib qolganim uchun ko‘pdan beri ich-ichimdan o‘kinib yurardim. Anorxoyda o‘tkazgan keyingi
yarim yil mobaynida bo‘lsa Asal va o‘g‘ilchamni sog‘inib yurak-bag‘rim ezilib ketdi. Tunlari uxlay
olmay chiqardim. Samadning kulib, nozik oyoqchalarida zo‘rg‘a tik turgani ko‘zimga ko‘rinaverardi.
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |