|
Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 32/67 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 394,69 Kb. | | #154681 |
Bog'liq Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarimwww.ziyouz.com kutubxonasi
32
Pritsep orqasidan o‘zim ham ertalab avtobazaga yetib keldim. Shu kunlar ichida qorayib ketibman,
kabina yoniga qadab qo‘yilgan kuzatuv oynachasiga qarab o‘zimni o‘zim tanimay qoldim.
Avtobazada hayot odatdagicha edi. Faqat mengina, go‘yo begona kishilardek, mashinani darvoza
tomon iymanibgina haydab kelib, sekingina hovliga kirib bordim va mashinani garajdan narirokda, bir
chekkada to‘xtatdim-da, kabinadan chiqmay o‘tiraverdim. Atrofga ko‘z yugurtirib chiqdim. Odamlar
ishlarini yig‘ishtirib qo‘yishib, har tomondan menga qarab tikilib turishardi. Eh, qani endi lip etib
qayrilsang-u boshing oqqan tomonga qochib qolsang. Biroq hech yoqqa qochishning iloji yo‘q edi.
Kabinadan chiqishga to‘g‘ri keldi. Bor jasoratimni to‘plab, hovlidan yurib, dispetcherxona tomon yo‘l
oldim. O‘zimni xotirjam tutishga, shaxdam qadam tashlashga urinar-dim, ammo aslida esa saf tortib
turgan kishilar oldidan o‘tayotgan gunohkor soldatdek yurib borardim. Hammaning meni xo‘mrayib
kuzatib turganini sezib turardim. Hech kim meni chaqirmadi ham, men bilan salomlashmadi ham.
Ularning o‘rnida bo‘lganimda, ehtimol men ham shunday qilgan bo‘lardim.
Ostonaga qoqilib ketdim. Go‘yo yuragim ham qoqilib ketgandek bo‘ldi: eh, Xadicha haqida
o‘ylamabman, uni sharmanda qildim! Endi nima deyman unga?
Koridorda nafasimni rostlab, peshonamdagi terni artdim. Boshimni ko‘tarib, u yoq-bu yoqqa
qarasam, ro‘paramda devoriy gazetamiz «Chaqmoq» sahifasidagi plakat menga tikilib turardi. «Uyat
senga!» deb yirik harflar bilan yozib qo‘yilgan so‘zlar ostida tog‘ orasida qoldirib ketilgan pritsep
tasvirlangan edi...
Men teskari o‘girildim. Yuzlarim shapaloq yegandek lovillab yonardi. Dispetcherxonaga kirdim.
Xadicha telefonda nimanidir gaplashayotgan edi. Meni ko‘rib gapidan to‘xtab, trubkani joyiga osib
qo‘ydi.
— Ma! — deb badbaxt yo‘llanmani stolga otdim. Xadicha achingan qiyofada menga qaradi. Faqat
shallaqilik qilib yig‘lab yubormasa bo‘lgani deb o‘yladim.
«Hozir emas, keyin, bo‘lak biror yerda!» — deb yolvordim ichimda. U ham meni tushundi, hech
narsa demadi.
— Shovqin ko‘tarishdimi? — deb so‘radim sekin. Xadicha bosh irg‘ib qo‘ydi.
— Hechqisi yo‘q! — dedim g‘ijinib, uning ruhini ko‘tarish uchun.
— Seni katta yo‘ldan olishdi, — dedi u.
— Olishdi? Butunlaymi? — dedim kulimsiragan bo‘lib.
— Butunlay olishmoqchi edilar — remontga... Ammo yigitlarimiz sening yoningni olishdi.
Hozircha ichki reyslarga o‘tkazishdi. Boshliqqa uchra, seni chaqirtirishgan edi.
— Bormayman! Mensiz o‘zlari hal qilishaversin. Pushaymon qilmayman...
Men xonadan chiqdim. Boshimni quyi solganimcha, koridordan arang chiqib ketdim. Kimdir
menga peshvoz kelardi. Men unga yo‘l berib, o‘zimni chetga oldim. Bu Alibek edi. U moyga belangan
qo‘llarini ham artmay garajdan kelayotgan ekan. Men uning yonboshidan o‘tib ketmoqchi edim, ammo
Alibyok yo‘limni to‘sdi.
— Yo‘q, shoshma! — deb meni burchakka qisdi. Ko‘zlarimga tikilib, g‘azab bilan shivirladi: —
Xo‘sh, ishlar qalay, azamat? Isbotladingmi? Itfe’lligingni ko‘rsatding!
— Ishimiz jo‘nashib ketsin devdim-da, — deb po‘ng‘illadim men.
— Yolg‘on!
— Nima yolg‘on?
— Yolg‘iz o‘zing shuhrat qozonmoqchi bo‘lding! O‘zing uchun tirishding! Biroq muhim ishni
barbod qilding. Mana endi, shulardan keyin ham pritsep bilan yurish mumkinligini isbotlab ko‘r-chi!
Ahmoq! Shuhratparast!
Ehtimol, bu so‘zlar mening o‘rnimda boshqa odam bo‘lganida aqlini yig‘ib olishga majbur
etarmidi, ammo menga endi baribir edi: o‘z fikrimni hali ham isbotlab, maqsadga erishishim
mumkinmi, yo‘qmi, bunga befarq qarardim. Agar men shu paytgacha o‘zimcha ich-etimni yeb yurgan
bo‘lsam, endi shu daqiqadan boshlab kishilarning achchiq tazyiqlarini va menga nafrat bilan
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
|
| |