Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/67
Sana11.02.2024
Hajmi394,69 Kb.
#154681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim
АПЭиП 2022 Информационное письмо 1 2, 1.3 Reja O’quv mashg’ulotini loyihalashtirish, 1706378363, daftar yuzi tgfu, Mustaqil ish yuzi (2), 2.amaliy.ish, abbos
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
yurgandir... balki o‘shanda, xuddi hozirgidek, dasht ufqida shafaq sekin-asta och-sariq tusga kirib, 
so‘na borgan, tog‘ bag‘ridagi qor esa xuddi hozirgidek quyoshning so‘nggi shu’lalarini emib, pushti 
rangga kirgan-u yana darhol xiralashib so‘nib qolgandir. 
Deraza ortidan bog‘-rog‘lar, tokzorlar, qulf urib yotgan ko‘m-ko‘k makkajo‘xori dalalari o‘tib 
borardi. Yangi o‘rilgan barra yo‘ng‘ichqa ortilgan qo‘sh otli arava temir yo‘l chorrahasi tomon yo‘rtib 
borardi. U shlagbaum oldida to‘xtadi. Quyoshda qoraygan, rangi unniqib ketgan yirtiq mayka kiyib
ishtonini tizzasigacha shimarib olgan aravakash bola o‘rnidan turdi-da, poezd tomon havas bilan boqib, 
iljayganicha kimgadir qo‘l siltadi. 
Radiodan taralayotgan kuy poezdning taraqa-turug‘uga jo‘r bo‘lib, kishini hayratga solarli darajada 
bir-biri bilan uyg‘unlashib ketardi. Otning dukur-dukuri relslarning tutashgan joyiga urilayotgan 
g‘ildirak tovushi bilan almashingandek edi. Qo‘shnim bo‘lsa qo‘lini stolchaga tirab, ko‘zlarini hamon 
tashqaridan uzmay o‘tirardi. Nazarimda, u ham o‘zicha o‘sha tanho otliqning ashulasini unsiz 
kuylayotgandek edi. U xafami yoki biron narsani o‘ylayaptimi, harqalay, uning qiyofasidan boshida 
qandaydir chuqur qayg‘u, yuragida o‘chmas alam borligi sezilib turardi. U o‘zini shu qadar unutgan 
ediki, kupeda mening o‘tirganimni ham payqamasdi. Men uning yuzini ko‘rishga intildim. Qaerda 
uchratgan edim bu odamni? Hatto bug‘doyrang qo‘llari, uzun va baquvvat barmoqlari ham tanish 
ko‘rinadi. 
Nihoyat uni tanidim: bu meni mashinasiga olmagan o‘sha shofyorning xuddi o‘zginasi edi. «Biron 
yoqqa o‘z ishi bilan ketayotgan bo‘lsa kerak», — deb o‘yladim va shu bilan xotirjam bo‘ldim. 
Chamadondan kitob oldim. O‘zimni unga tanitishimning hojati bormidi? Ehtimol, u allaqachonlar 
unutib yuborgandir. Shofyorlarga yo‘lda ozmuncha yo‘lovchi duch keladi deysizmi? 
Shunday qilib, biz yana ancha vaqtgacha o‘zimiz bilan o‘zimiz ovora bo‘lib, jim ketdik. Kech 
kirib, qosh qoraya boshladi. Hamrohim chekmoqchi bo‘lib yonidan papiros chiqardi va gugurt chaqish 
oldidan chuqur xo‘rsinib qo‘ydi. So‘ngra boshini ko‘tardi-yu, hayratlanib menga qaradi va shu 
zahotiyoq qizarib ketdi. Tanidi. 
— Salom, og‘a! — dedi u aybdor kishidek kulimsirab. Men ham unga qo‘l cho‘zdim. 
— Uzoqqa ketyapsizmi? — deb so‘radim. 
— Ha... Uzoqqa! — dedi u papiros tutunini taratarkan va bir ozdan keyin qo‘shib qo‘ydi: — 
Pomirga. 
— Pomirga! Demak, hamroh bo‘lar ekanmiz-da. Men O‘shga ketyapman. 
— Men ham xuddi o‘sha tomonga. 
— Juda soz bo‘ldi, zerikmas ekanmiz. 
— Ehtimol, — deya ishonchsizlik bilan to‘ng‘illadi u. 
— Dam olganimi? Yoki o‘sha yoqqa ishga joylashmoqchimisiz? 
— Ha, shunga o‘xshashroq... Chekasizmi? — deb papiros uzatdi u. 
Biz papirosni tutatib, bir oz jimib qoldik. Dastlab boshqa hech qanday gapimiz qolmagandek 
tuyuldi. Hamrohim yana xayolga cho‘mdi. U boshini quyi solib, poezd harakatiga mos tebranib 
borardi. U, nazarimda, birinchi uchrashganimizdagiga qaraganda juda o‘zgarib ketgandek ko‘rindi. 
Ancha o‘zini oldirib qo‘ygan, peshonasidagi uch qator ajin yanada ichkariroq botib kirgan, chimirilgan 
qoshlari esa yuziga g‘amgin soya solib turgandek edi. U to‘satdan boshini ko‘tardi-da, qiyiq 
qo‘yko‘zlarini menga tikib: 
— Siz o‘shanda mendan qattiq xafa bo‘lgandirsiz-a, og‘a? — deb so‘radi ma’yus jilmayib. 
— Qachon? Negadir eslolmayapman, — men uning noqulay ahvolga tushib qolishini istamas edim. 
Rostini aytganda, o‘tgan ish xafa bo‘lishga arzimasdi ham. Lekin u menga shunday bir samimiyat bilan 
tikilib turardiki, mening tezda iqror bo‘lishdan boshqa ilojim qolmagan edi. — E, ha... unga ancha 
bo‘ldi-ku... Arzimagan gap edi, esimdan ham chiqib ketipti. Buning nimasi bor ekan. Yo‘lda har xil 
hodisa sodir bo‘lishi mumkin. Siz o‘sha uchrashganimizni hali eslab yuribsizmi? 
— Boshqa vaqtda bo‘lganda, ehtimol, unutib yuborgan ham bo‘lardim. Lekin o‘sha kunni 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 394,69 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc

Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish