Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.05.2024
Hajmi173,32 Kb.
#235876
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 10

10.4. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. 
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u 
uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, 
yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi. 


Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag‘larning 
aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, iste’molda bo‘lgan xom ashyo va materiallar qiymati, 
bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha 
doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi. 
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga 
bo‘linadi. 
Asosiy kapital-ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida 
qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga yoki xizmatga bo‘lib-bo‘lib 
o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi. 
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining 
qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham 
yo‘qotadi. 
Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi. 
1.
Ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
harakat 
qilish 
xususiyatlari. 
Asosiy 
kapital 
tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr, masalan 
texnika va texnologiya 10 yil, bino 50-100 yil davomida faoliyat qiladi, o‘zining oldingi 
natural-buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, 
aylanma capital, masalan paxta, jun, metall har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste’mol 
qilinadi, o‘zining ashyoviy-buyum shaklini yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi. 
2.
Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o‘tkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab 
chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning qiymati tovarlarga qisman 
o‘tib boradi. Xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi aylanma kapital elementlari 
har bir doiraviy aylanishda to‘lig‘icha unumli iste’mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va 
xizmatlar qiymatiga to‘lig‘icha o‘tadi.
3.
Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo‘yicha asosiy kapital 
qiymati ikkiga bo‘linadi. Qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga 
muomalada bo‘ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi hamda 
qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg‘ariladi. Mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish 
doirasida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol qilingan 
mehnat predmetlari qiymati to‘la-to‘kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.
4.
Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish 
natijlariga o‘tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o‘z ichiga olgan 
muayyan davr davomida edirilib, ishdan chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital 
shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin ashyoviy-buyum 
shaklida qaytib tiklanadi. 
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib 
o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (A
v
) ishlab chiqarish vaqti (I
v
) va muomala vaqti (M
v

yig‘indisidan iborat: 
v
v
v
M
I
А



Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish 
vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo‘lgan davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, 
muomala jarayonida bo‘lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor 
tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi: 
1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (I
d
); 
2) turli tanaffuslar davri (T
d
); 
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zahiralaridagi davri (Z
d
). 


d
d
d
v
Z
T
I
I




Ish davri-ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot 
mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot 
xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog‘liqdir. 
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatish zarurligi va 
tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada 
uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo‘ladi. 
Buning natijasida muayyan foydali samaraga erishiladi yoki iste’mol qiymatlarining shakli 
o‘zgaradi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa 
davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, 
shuningdek ishlab chiqarishni tashkil kilish xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarish vositalarning zahira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti-bu ularning ishlab 
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davrdir. 
Texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi 
tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport 
shaxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab 
chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini 
qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. 
Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning 
uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n. 

Download 173,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital

Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish