Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana15.05.2024
Hajmi173,32 Kb.
#235876
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 10

 
10.5. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan
foydalanish samaradorligi. 
 
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Ular orasida 
asosiy kapitalning tarkibi, tarmoq va turlar bo‘yicha tarkibi; asosiy kapitaldan foydalanish va 
uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yo‘llari 
va usullari muhim ahamiyatga ega. 
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va 
kapitalning umumiy qiymatidan har bir tarmoqning hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy 
kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan 
tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. 
Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ularning umumiy qiymatida, har bir turlarining 
hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi. 
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir xil ro‘l 
o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab 
mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita tasir 
ko‘rsatsa, mehnat qurollari ishlab chiqarish jarayonida faol ro‘l o‘ynaydi va ishlab chiqarish 
samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Asosiy kapitalning mulk shakllari bo‘yicha tarkibi, kapitalning umumiy qiymatida har bir 
mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi. 
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ichki jarayonga: asosiy 
kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini 
jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi. 
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan foydalanish 
jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish 
hisoblanadi. 


Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, 
ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni 
vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday 
eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning 
harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy 
eskirishning ikki xil turi mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq qiladi. 
Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat 
unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan 
texnikalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi 
texnikalarning texnik darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan 
mehnat vositalarining keng qo‘llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat 
vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning 
ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy 
eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha 
samarali foydalanish hisoblanadi. 
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi 
amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab 
chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida 
mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg‘arish jarayonidan iborat.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital 
qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy 
normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq 
ravishda ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga, ya’ni qayta 
tiklashga, ikkinchisi ularni qisman qoplashga, ya’ni kapital ta’mirlashga mo‘ljallanadi. 
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (A
n
) belgilashda asosiy kapital 
qiymati (K
as
) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun 
sarflar (T
k
), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag‘ (M
t
) va shu vositaning 
xizmat davri (X
d
) hisobga olinadi:
%
100






Download 173,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan

Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish