Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi
nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning
salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish
koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining
aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:
n
a
360
.
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini
avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi Farmonining 3.2.-bandida, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirishda milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini
ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatilgan.
3.4.-bandida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya
qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
asosida:
-
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga
to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan
tamoyilni amalga oshirish;
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
-
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini
soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini
kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va
mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish yo‘nalishlari keltirilgan.